Prkent Hayoti joylashgan ziyoratgohlar Kumushkon, Parkent tumani Kumushkon qishlog‘i «Chashma» mahallasining eng yuqori qismida joylashgan. Dastlab 1982-yilda Kumushkon qishlog‘i aholisi tomonidan hashar yo‘li bilan 1 ta xonaqoh va 1 ta ayvon barpo etilgan. 2010-yilda mahalliy ustalar tomonidan qaytadan ta’mirlangan. Ziyoratgohda 3 ta xonaqoh, 1 ta ayvon mavjud. Qishloq odamlarining rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimizning kuyovlari Hazrati Ali shu joyda namoz o‘qigan emish. Ayrim rivoyatlarga ko‘ra, uning qamchisidan, yana ba’zi birlarida qayd etilishicha, hassasidan chinor daraxti ko‘karib chiqqan. Bu chinor hozir ham yashnab turibdi. Ushbu muqaddas joyda 5 ta buloq bor. Buloqlardan chiqayotgan suv kumushga to‘yingan bo‘lib, tarkibidagi 60 dan ortiq mikroelementlar oshqozon-ichak kasalliklari uchun shifo sanaladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrat Alini juda yaxshi ko‘rganlar. Buning isboti o‘laroq, Payg‘ambar alayhissalomning qizlari Fotimani u zotga jufti halollikka berganlari va o‘zlarining ahli bayt lari deb ataganlarini keltirish mumkin. Bu turmushdan Hasan, Husayn, Muhassin ismli o‘g‘illar hamda Zaynab va Ummu Kulsum ismli qiz farzandlar dunyoga kelgan.
Hazrati Ali kambag‘alliklari sababli na Fotimaga va na boshqa bir ayolga uylanish to‘g‘risida fikr ham qilib ko‘rmasdilar. Kunlardan bir kuni singillari: Abu Bakr bilan Umar Rasulullohning oldilariga alohida kelib Fotimani so‘rashibdi, biroq Rasululloh rozilik bermabdilar. Mening o‘ylashimcha, Rasululloh Fotimani sizga saqlab tursalar kerak, vaqtni o‘tkazmay sovchi bo‘lib boring - dedilar. Bunga javoban Ali: Fotimaga uylanishlik uchun nimam bor? Rasululloh menga Fotimani berishlari mumkinligini kim aytdi , dedilar. Shunda singillari: Men buni o‘zim sezib yuribman, siz tez boravering , dedilar. Shundan so‘ng, hazrat Ali Rasulullohning uylariga bordilar va duduqlana-duduqlana: Fotimani bir eslab keluvdim , dedilar. Rasululloh u kishiga boqib: Xush kelibsiz dedilar, xolos. Ali esa Rasulullohning ishlaridan hayratga tushib qaytib ketaverdilar. Mehribon ota qizlarining yonlariga borib tabassum ila boqib: Ey Fotima, sizni haqiqatda Alloh hamda uning Rasuli erga beryapti , deganlarida, Fotima: Unday bo‘lsa, men Alloh va Rasuli buyurgan kishini qabul qilaman , dedilar. Shundan keyin Rasululloh Alini chaqirtirib kelib: Biror narsangiz bormi? deb so‘radilar. Ali esa Qalqonimdan o‘zga hech narsam yo‘q , dedilar. Bo‘lmasa qalqoningizni sotib keling deb buyurdilar. Ali qalqonlarini sotib, pulini Rasulullohning oldilariga qo‘ydilar. Rasululloh puldan bir necha tangani olib bozordan atir-upa, kelinchakka taqinchoqlar sotib olib keltirdilar.
Zarkent ota ziyoratgohi Parkent tumanidagi Zarkent qishlog‘ining yuqorisida – Chotqol tog‘ yon bag‘rida joylashgan «Zarkent bobo», «Qush qo‘nmas avliyo» nomlari bilan mashhur bo‘lgan ziyoratgoh. Bu yerdagi tabiiy buloq Zarkent qishlog‘ini ichimlik suv bilan ta’minlaydi. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, ushbu ziyoratgohning o‘ziga xos noyob xislati mavjud. Birinchisi, bu joydagi daraxt va butalarga bulbuldan boshqa qush qo‘nmaydi. Rivoyat qilinishicha, asli Shomda tug‘ilgan va zamonasining ilmli kishisi bo‘lgan Sayid Ja’far G‘oziy Zarkentga keladi. Bu yerda u kishiga Hizr alayhissalom uchraydi. Sayid Ja’far G‘oziyning tashnaligini qondirish uchun hassasini toshga uradi va buloq paydo bo‘ladi. G‘oziy dushmanlari ta’qibidan xalos bo‘la olmagach, ushbu buloq atrofidagi butazorga kirib ketgan va qaytib chiqmagan. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, bu buloq suvidan ichgan odamlar bo‘qoq kasali bilan deyarli og‘rimas ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |