www.ziyouz.com kutubxonasi
64
TO’RTINCHI HALIFA
HAZRAT ALI (raziyallohu anhu) DAVRLARI
HAZRATI ALI KARRAMALLOHU VAJXAHU
XALIFALIK DAVRLARI TO’G’RISIDA
QISQACHA MA’LUMOT
IKKI SHAHIDNING SHAHID OTALARI
Tong otib, olamga quyosh charog‘on nurlarini yoygan pallada quraysh shayxlaridan
bo‘lgan Abu Tolibning ayoli Asadning qizi Fotima Makka ahlining kunlik odatlariga ko‘ra
qiladigan ibodatlari bo‘lgan Ka’bai musharrafani tavof qilish uchun bordilar. Yetib kelib
hanuz bir necha martaba ham qa’bai muazzamni aylanib chiqmagan edilar. Birdan qattiq
og‘riq tutib qoladi. Shunchalik og‘riq tutadiki, hatto tavofni nihoyasiga yetkazishdan ham
to‘xtatib qolgudsk bo‘ladi. Lekin o‘zlarini mahkam tutib, og‘riqqa ham e’tibor etmay tez-
tez aylanib tavofni oxiriga yetkazishga shoshiladilar. Birdan og‘riq qattiq tutib
ketganidan madad istagan holda Ka’baning pardapushlariga osilib atrofga qarab, erlari
Abu Tolibni istashga tushadilar. Abu Tolibni topib o‘zlari tushib qolgan holatdan yordam
olmoqchi bo‘ladilar. Biroq bexosdan to‘lg‘oq tutib qoladi. Atrofdagilarning ko‘zlari tushib
qolishidan uyalib Ka’baning pardapushiga o‘ralib olgan holda orqasiga o‘tib bekinib
oladilar.
Mana shu holda Ka’ba pardapushiga o‘ralib odamlar ko‘zidan bekinib turadilar. Bir
necha daqiqalar o‘tib-o‘tmay Fotima Ka’ba pardapushiga o‘ralgan bolani ko‘tarib
zohir bo‘ladilar. Bu tug‘ilgan bola shunday ulug‘ sharafli makonda, shunday
ulug‘ sharafga ega bo‘lgan birinchi bola edi. Bundan avval ham, bundan keyin ham
biror bola bunday yuksak sharafga noil bo‘lolmagandur. Olloh taolo quraysh
shayxini hamda Islom dini zohirga kelgan paytda ikkinchi ayol bo‘lib dinni qabul qilgan
onasini shunday ikromga vosil etdi. Onalari bolaning nomini o‘tgan bobolarining
nomini eslab turish-lik uchun Haydar deb qo‘ymoqchi bo‘ldilar, lekin otalari Abu Tolib
bolaning yuksak oliy bir maqomda tug‘ilish sharafiga noil bo‘lganligini ko‘rib
nomlarini Ali deb qo‘yganlar.
Mana shunday buyuk bir sharafli holatda Hasan va Husaynning otalari ahli baytning
vakili bo‘lgan Ali ibni Tolib melodning 601 yilida dunyoga keldilar. Ota-onalarining
qo‘ynida sakkiz yoshga qadar (ba’zi rivoyatlarda esa to‘qqiz yoshga qadar) tarbiya
topdilar. To‘qqiz yoshga yetgan paytlarida Rasululloh hazratlari Ali ibni Tolibni o‘z
tarbiyalariga oladilar. Ibni Ishoq bu voqeani kitoblarida shunday deb rivoyat
etadilar:
Quraysh aholisining qattiq qahatchilik balrsi yetganligi aslida Ali ibni Tolibga Ollohning
cheksiz in’omi va unga Olloh, yetkizgan yaxshiliklarni iroda etganligi bo‘ldi. Qurayshga
ocharchilik yetgan edi. Abu Tolib serbola odam edilar. Shu sababli bir kuni Rasululloh
hazratlari amakilari Abbosga qarab: «(Abbos qurayshlarningboyrohlaridan edilar) «Ey
amaki, birodaringiz Abu Tolib serbola odam, ahvolini ko‘rib turibsiz, hamma yoqda
ocharchilik, yuring, borib biroz bo‘lsa-da, bolalaridan yengillataylik. Men bittasini olay,
siz ham bittasini oling, sal unga yengillatib qo‘yaylik», dedilar. Abbos «xo‘p bo‘lmasa,
shunday qilaylik, yuring», deb ikkovlon Abu Tolibning oldilariga kelib, muddaolarini
aytdilar. Abu Tolib ularning gaplarini tinglab, «mayli ixtiyor o‘zlaringda», deya javob
berdilar. Shundan keyin Rasululloh bolalarning ichidan Alini olib ketdilar. O’z
uylarida to Olloh taolo va taborak olamga payg‘ambar qilib yuborgunga qadar birga
saqlab yurdilar. Olloh taolo va taqaddus u zot insoniyatni baxt-saodat yo‘llariga yo‘l
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |