www.ziyouz.com kutubxonasi
63
balqi qiyomatgacha, davom etadigan kulfat va baxtsizlik boshlandi. Yillar o‘tar, asrlar
o‘tar, zamonlar o‘zgarar, hokimlar yangilanar, ammo ushbu jinoyatning qora dog‘i Islom
tarixidan aslo yuvilib ketmagay. Rasulullohning xalifalarini, ikki muborak qizlarining
erlarini va rumo arig‘ini qazitgan kimsani, askarlarni g‘azotga jihozlagan kimsani,
sanoqsiz shaharni fath etgan zotni, birinchi Islom harbiy flotini tashkilotchisi, qolaversa
saxiy, mehribon, hayoli kishini o‘ldirishlikka qanday jur’at etildi?! Nechun shunday ulug‘
zot o‘ldirilarkan, axir, yagona nushaga umum musulmonlarni amal qilishga jamlagan
kishini va Islomga kirgan kundan boshlab butun umri davomida benihoyat manfaatlar
yetkazgan kimsaga qo‘l ko‘tarish mumkinmidi? Qanday qilib, qaysi vijdon, qaysi qo‘l
bilan o‘ldirilarkan shunday sifati oliylarga ega bo‘lgan kishi?! Muncha jinoyat nima uchun
qilindi va nima uchun shunday zotga ko‘rildi. Ba’zi bir kamchiliklarni qildilar debmi? Yoki
bir necha qarindoshlarini ishonib ishga qo‘yganlari, ular esa Rabbilaridan hayiqmay
ishonib ish topshirgan kimsaga hiyonat etganlari uchunmi? Ular razil vazirlar, badbaxt
maslahatchilar bo‘lganligi uchun isyonchilar o‘zlarini hakam deb o‘ylab, qutqaruvchilar
deb o‘ylab, mehrobda shahid bo‘lgan kimsaga hujum qilib uni jinoyatkorona tarzda
uldirdilarmi? Mol-mulklarini beibona taladilarmi? Xosxonalariga xiyonatkorona bostirib
kirdilarmi?
Ey, pok parvardigor! Albatta, bu narsa sen rozi bo‘lmaydigan jinoyatdur, lekin sening
ulug‘ qudrating va oliy azamatingdur. Buni albatta, bizning aqllarimizdan maxfiy bo‘lgan
sening o‘zingga xos hikmatlari bor. Ey bor xudoyo! Zulmona, jabrona o‘ldirilgan,
mehrobda shahid bo‘lgan zotdan rozi bo‘lgin. Shunday zotni o‘ldirishga jur’at etib qo‘l
ko‘targan jinoyatchi xoinlardan, qotillardan intiqom olgin.
Zotan, sen hokimlarning eng adolatlisi, odillarning eng hikmatlirog‘idursan. Albatta,
ssn «agarchi ko‘knor urug‘i vaznida biror ish qilingan bo‘lsa, uni hisobga olgaymiz, biz
har narsani hisobini olishga yaraymiz», deb va’da bergansan. Albatta, sening va’dang
barhaq. Demak, hech qanday arzimas, oz deb gumon etilgan jinoyat ham, yaxshilik ham
buyuk Ollohning oldida, uning nazaridan chetda qolmas ekan-da. Parvardigor! Qilgan
xatoliklarimizni avf etgin. Zero, sen arxamar roximinsan. Omin va rabbil olamin.
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |