www.ziyouz.com kutubxonasi
60
ham qiladi. O’ldirgani payt poylab Usmonga tashlangan vaqtida hazrati Usmon u
beadabni musht bilan urib yubormaganlarida, balki u befarosat hazrati Usmondek
oliyjanob bir sahobani shahid etgan bo‘lardi. Fitnaning boshlanishi yoki ahvolning
o‘zgarishi mana shu nuqtadan boshlangan edi. Bunga qo‘shimcha yana ba’zi bir kibor
sahobalar bilan Abdulloh ibni Mas’ud, Abu Zar G’ifforiy va Ammor ibni Yosir kabi hurmatli
sahobalar bilan hazrati Usmon o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchiliklar ham fitnaning
kuchayishiga sabab bo‘ldi. Bu ishdan ibni Mas’ud qattiq ranjidilar. Ibni Mas’udni hazrati
Usmon taraflaridan ozorlanganliklarini ko‘rib u kishiga tarafdor bo‘lgan bani Xuzayl va
Bani Zuhro urug‘i Usmon hazratlarini juda yomon ko‘rib qoldilar. Abu Zarning
achchiqlanganlarini ko‘rib G’iffor va ularga ittifoqchi bo‘lgan urug‘lar ham Usmondai
g‘azablanib qolishdi. Bani Maxzum urug‘i esa xalifa Usmon (r. a.) Ammor ibni Yosirni
ixonat etganliklari uchun unga qarshi bo‘lib qoldilar, bularning barchalari hazrati
Usmonga qarshi isyonga chaqirayotganlarga tezlik bilan javob beradiganlar edilar. Juda
ko‘p odamlar ochiqdan-ochiq u kishining tutayotgan ishlaridan norozi bo‘lishar va
yurg‘izayotgan siyosatlaridan xafa bo‘lib tanqid etardilar. Misol uchun siz hazrati
Usmonning avvalgi ikki xalifa davrlarida bo‘lmagan ishlarni yangadan paydo
qilganliklarini olib ko‘ring. U kishi takbirda eng birinchi ovozlarini past etgan va eng
birinchi bo‘lib zakot berishlikni odamlarning o‘zlariga topshirgan va eng birinchi bo‘lib
otlardan zakot olgan va eng birinchi bo‘lib chorvador boqishligi mumkin bo‘lmagan
chegara to‘siqlarini yo‘qotgan kimsa bo‘ldilar. Shuningdek, Usmon hazratlari amakilari
Hikam ibni Os hamda bola-chaqalarini Madinaga qaytarib olib kelganlari uchun ham
odamlarning achchig‘i kelib qoldi. Hikam vafot etganda hazrati Usmon qabrning ustiga
chodir tiktirdilar. O’g‘lini esa Madinadagi bozorga oqsoqol saylab qo‘ydilar. Bozorga
oqsoqol bo‘lib olganidan so‘ng uning fe’li o‘zgardi, asta-sekin mol jamg‘arishga tushib
qoldi. Shu kabi boshqa amakivachchalari bo‘lgan Mavlon ibni Hikamni juda iltifot
ko‘rsatib o‘zlariga vazir hamda maslahatchi qilib oldilar. Noto‘g‘ri maslahatchi bo‘ldi.
Shuningdek, musulmonlar hazrati Usmonning Umar tayinlagan voliylarini birin-ketin
ishdan olib, ularning o‘rniga o‘z qarindosh-urug‘larini tayinlab qo‘yganlari uchun xafa
bo‘lib qolishdi. Bular Madinada bo‘layotgan ishlar edi. Ammo Madinadan tashqarida esa
hazrati Usmonning siyosatlariga qarshi turganlarga qo‘shimcha yana yallig‘lanib yonay
deb turgan ikki tabaqa ham mavjud edi. Bir tabaqa behisob boyliklardan xohlaganicha
foydalanayotgan holda ikkinchi tabaqa esa hayot go‘zalliklaridan butunlay mahrum
bo‘lgan bechorahollar edilar. Mana shu ishlar Islom davlatini o‘zgartirib yubordi. Ushbu
o‘zgarishlik esa xalifaning siyosatiga qarshilikni kuchaytirdi. Davlat ishlarida
yurgizayotgan tartiblariga kishilar noroziligini tug‘dirdi. Madinada va qolgan boshqa
o‘lkalarda xalifa siyosatiga qarshilik ko‘rsatish harakatini yuzaga keltirdi. Mana shunday
g‘azab va nafrat bilan to‘lgan holat esa Abdulloh ibni Sabo’ hamda unga ishonib
ergashganlar da’vatini qabul qilishga imkoniyat yaratib berdi. Ibni Sabo’ odamlarni xalifa
Usmonga qarshi qo‘zg‘agan eng birinchi shaxslardan va hamda ushbu ulug‘ sahoba
OLLOH jannat bilan bashorat bergan buyuk zotni o‘ldirishlik fitnasiga boshchilik qilgan
odam edi.
Abdulloh ibni Sabo’ning xalifa Usmonga qarshi yuritayotgan g‘alamislik chaqirig‘i
Basrada juda keng tusda qabul etila boshladi. Ishning bunday keng tus olayotganini
hamda katta bir xatarning kelib chiqishini sezgan Basra voliysi ibni Sabo’ni shahardan
badarg‘a qildirdi. Ibni Sabo’ Basradan quvilganidan keyin Qufa viloyatiga keldi. U yerda
odamlarni xalifa hamda voliyga qarshi g‘azabini qayrashga kirishdi. Odamlar Qufada
voliyga nisbatan qattiq nafratda edilar. Ular Balko va Iroq chegaralarida joylashgan Sivor
nomli o‘rinda yashayotgan qurayshlarni badnom etib, obro‘larini to‘ka boshladilar.
Qo‘zg‘olonchilar Sivorda qurayshlarga tegishli bo‘lgan bog‘larni ulardan tortib olib
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |