DAHSHATLI FITNA
Hazrati Usmon xalifaliklarining yarmiga qadarli davr ichida musulmonlarning sevikli
xalifalari va butun Islom olami rozi bo‘lgan shaxs sifatida hukm surdilar. Musulmonlar
hazrati Usmonning yumshoq ko‘ngil, xushfel bo‘lganliklari sababli doimiy xalifalik
etishlarini orzu etardilar. Xususan, u kishi qattiqqo‘l Umar xalifaliklaridan keyin davlatga
rahbarlik qilganliklari uchun odamlarga juda ham yoqqan edilar. Hazrati Umar
musulmonlarni qattiq intizomda saqlar hamda ularni shaharlarga safar etishlikdan man
etgan va katta qasr va hashamatli imoratlarga ega bo‘lishlikdan tiygan edilar. Buning
sababi musulmonlar dunyo matolariga aldanib, natijada fitna kelib chiqmasligi uchun
edi. Davlat hukmronligi Usmon qo‘llariga o‘tgach, odamlar benihoya shodlanib xalifalikda
yuritgan ishlaridan rozi bo‘ldilar. Xalifalik mansabiga mingan vaqtlarida yoshlari
yetmishda bo‘lgan. U kishi, tabiiyki, yoshliklaridan ko‘rkam hayotga odatlanib katta
bo‘lgan edilar.
U janob Abu Bakr kabi va Umari odil kabi qattiqqo‘l emasdilar. Bunday sifatlar Islom
davlati kabi bepoyon mamlakatni boshqarishlikda hokimiyat tepasida turgan hukmronga
lozim bo‘ladigan sifatlardan edi. Xususan arablar oddiy, qashshoq hast kechirishlik
davridan dabdabali va mo‘lko‘lchilik davriga o‘tayotgan davrlarida boshchilik qilayotgan
hukmronga mana shunday jasurlik, qattiq qo‘llik kabi sifatlar zarur bo‘lardi. Usmon (r.
a.) kibor sahobalarga chet mamlakatlarga safar otishga va u yerlarga borib mol-dunyo
ortdirishga yo‘l qo‘ydilar. Ular esa qanday istasalar shunday ado etadigan bo‘ldilar.
Madina va Makkaga har tomondan kelib to‘plangan boyliklar avvalda bunday mo‘l-
ko‘lchilikka odatlanmagan arablar ruhida o‘z ishini ko‘rsatadi. Bunday katta boylik ularni
asta-sekin dabdaba va isrof yo‘llarida foydalanish darajasiga yetkazdi. Avvallarda
Madinada noma’lum bo‘lgan har xil behuda o‘yinlar, kaptarbozlik kabi lavh ishlar
shaharda tarqala boshladi. Hatto ish shu darajaga yetdiki, oxirida Usmon (r. a.) bunday
behudagarchiliklar bilan shug‘ullanadigan kimsalarni jazo choralari belgilab tiyib
qo‘yishlikka majbur bo‘lib qoldilar. Birinchi bo‘lib Ka’b ibni Zulxayqani noo‘rin harakati
uchun jazoladilar. Bundan achchig‘i chiqqan Ka’b o‘zining bir necha oshna-og‘aynilari
hamda o‘g‘illarini ishga solib, o‘zi bilan birga achchiqlangan holda Shomga ko‘chirib olib
chiqib ketdi. Shuningdek, behuda o‘yin-kulgi va ichkilik ichgani uchun Zobi ibni Xorisni
hibs etishga buyurdilar.
Qufada bir necha jamoat to‘plangan bo‘lib ichlarida Ashtar va Zayd ibni Sujon ham bor
edi. Ular ham Usmonga qarshi fitnagarlik qilishga urindilar. Ular: «agar modomiki
Usmon hokimiyat tepasida turarkan, hech kimning boshini ko‘targani ham qo‘ymaydi»
deb fitna, ig‘vo, qutqu-gaplarni tarqatdilar. Bunday ig‘vogorona gaplardan junbushga
kelgan Zobi va Kuxayl ibni Ziyod kabi befarosat kimsalar esa «biz Usmonni albatta
o‘ldiramiz», deyishgacha bordilar. Tabariyning rivoyat etishlariga qaraganda, hazrati
Usmonga qarshi fitna chiqib, juda qattiqlashib ketgan paytda Umayr avvalda qilgan
qasdidan qaytadi, ammo Kuxayl esa o‘ldiraman, degan qasdida mahkam turdi. Hatto,
Usmonning oldilariga tajovuzkorlar bostirib kirgan paytida o‘ldirgani jasorat etib harakat
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |