www.ziyouz.com kutubxonasi
57
bu haqda maslahat qildilar. To‘planganlar Afrikaga qarshi yurish qilish uchun Abdullohga
ruxsat berishlik kerak degan ittifoqga keldilar. Qaror qabul qilingandan so‘ng Usmon (r.
a.) Abdullohga madad uchun katta qo‘shin tayyorlab Madinadan jo‘natdilar. Qo‘shin
ichida bir necha adat ulug‘ sahobalar ham hamroh bo‘ldilar. Qo‘shin Afrikaga qarab yo‘l
oldi. Oradan ancha vaqt o‘tgach, Afrikaga jo‘natilgan qo‘shindan hech qanday xabar
kelmay qoldi. Bundan tashvishga tushgan xalifa bir necha kishilar bilan Abdulloh ibni
Zubayr janoblarini qo‘shinlarining ahvollarini bilib kelishlik uchun Afrikaga jo‘natdilar.
Abdulloh ibni Zubayr Afrikaga yetib keldilar, kelganlaridan keyin Abdulloh ibni Sarhni
urush rejasini tekshirib chiqib, uni xatoga chiqardilar. Chunki bu rejaga ko‘ra qo‘shin
ertalabdan to kech peshinga qadar dushmanga qarshi jang qilar, kech peshin bo‘lgach,
jangni to‘xtatib, ertasiga qadar hech qanday hujum uyushtirmas edi, Abdulloh ibni
Zubayr buni dushman qo‘shinlariga qayta tayyorlanish uchun berilgan fursat deb
topdilar. Bunday fursatdan ularni mahrum etishlik uchun ibni Sarhga qo‘shinni ikkiga
bo‘lishlikni tavsiya qildilar. Ertalabdan to peshinga qadar birinchi qismdagi jangchilar
bilan urishib turadilar. Ikkinchi qismdagi askarlar esa dam oladilar. Peshindan so‘ng esa
birinchi qism jangchilar dam olgani to‘xtadilar. Bu payt ikkinchi qismdagi askarlar
behosdan dushman ustiga hujumga o‘tadilar. Bunday qilish bilan dushman qayta
tartibga kelish fursatidan, imkoniyatidan mahrum etiladi. Ushbu usulga ertasidan
boshlab amal qilgan askarlar peshinga qadar birinchi qism bilan urishib keyin o‘z
manzilgohlariga dam olish uchun qaytib kelgan dushman ustiga birdan kutilmaganda
hujum qilib qoldilar. Bunday bo‘lishni kutmagan dushman askarlari sarosimaga tushib,
betartib ravishda mudofaaga o‘tishdi. Biroq, biroz fursat ham o‘tmay qo‘shin ichida
mutlaqo tartib qolmagani tufayli Islom lashkarlari buyuk g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Dushman qo‘shinlari qo‘mondoni Jirjis ham mana shu jangda musulmonlar qo‘lida
halok bo‘ldi. Islomning shonli askarlari Abdulloh ibni Zubayrga va u janobning xayrli
maslahatlariga amal qilganliklari tufayli dushman ustidan to‘la g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Mazkur jangda musulmonlar dushmanlaridan juda ko‘p g‘animatlarni qo‘lga kiritdilar.
Bilozariy «Futuxi Buldon» nomli kitoblarida va Kinday «Alv Lot» nomli kitoblarida
yozishlariga qaraganda, bitta otliq askarning mana shu g‘animatdan nasibasi uch ming
dinorga, piyoda askarlarning esa ming dinorga yetgan edi.
Jang tugab, g‘alaba qo‘lga kirganidan keyin Abdulloh ibni Zubayr janoblari Madinaga
qaytib ketdilar. Xalifa Usmon hazratlariga xushxabarni yetkazdilar. Xalifa ushbu
xabardan benihoya sevinchga to‘ldilar. Abdulloh ibni Zubayrdan ushbu quvonch xabarini
odamlarga masjidda xutba o‘qib eshittirishlarini iltimos etdilar. Abdulloh ibni Zubayrda
«bunday xushxabarni odamlarga o‘zingiz yetkazing», deb Usmonga aytdilar. Usmon (r.
a.) odamlar o‘rtasida turib ushbu sevinchli xabarni uzun xutbaning ichida ularga
eshittirdilar.
Bundan keyin ibni Sarh Nubilga qaytdilar. U yerda Nubil bilan yangidan g‘azot qildilar.
31-yili hatto Dungolo nohiyasiga qadar yetib bordilar. U srning aholisi ibni Sarhga
qarshilik ko‘rsatgani tufayli ular bilan mislsiz jang qildilar. Biroq ibni Sarh, ular ustidan
butunlay g‘alabaga erisha olmadilar. O’rtada yarash sulhi tuzildi. Ibni Sarh Misr bilan
Qubil o‘rtasida yarim iqtisodiy shartnoma o‘rnatdilar. Bu shartnomaga ko‘ra Misr Nubilga
urug‘lik bug‘doy va sabzavotlar yuborib turdi. Nubil esa o‘z navbatida un mahsulotlarini
jo‘natadigan bo‘ldi.
34-yili Iskandariya yaqinida, O’rta Yer dengizi havzasida musulmonlar bilan rumliklar
o‘rtasida urush olovi yoqildi. Rum qo‘shinlariga qirol Konstantinning o‘zi rahbarlik qilardi.
«Suvoriylar jangi» deb nom olgan mazkur urushda arablar rumliklar ustidan ajoyib
g‘alabani qo‘lga kiritdilar. Dengiz jangida arablarning qo‘lga kiritgan harbiy kemalari,
birinchi Islom Flotini barpo etishlikda juda qo‘l keldi. Barpo etilgan mana shu flot
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |