Usmon (r. a.) xalifalik davrlarida ham Umar Foruq davrlarida boshlangan chet
davlatlarni fath etishlik zanjiri uzilib qolmadi. Usmon fathlarni kelgan yeridan yana
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
55
boshlab yuborganlar. Usmon (r. a.) hukmronlik davrlarida Armaniya, Afrika va Kipr
davlatlari fath etilgan. Tabariston viloyati Said ibni Osning qo‘llarida fath etilgan 31-yilda
Xuroson aholisi Usmonga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targanlar. Ularni bostirishlik uchun Basra
vyuoyatidan hukmdorlari bo‘lgan Abdulloh ibni Omirni katta qo‘shin bilan yuborganlar. U
yerda Abdulloh to‘la muvaffaqiyatga erishganlar. Keyin esa Ahmad ibni Qaysni katta
qo‘shin bilan Tabariston tomon yo‘naltirdilar. Tabariston qo‘shinlari bilan qattiq
janglardan keyin g‘alabaga erishdilar. Bu yerdan chiqib yo‘lda uchragan shaharlarni sulh
tuzib fath etganlar. Keyin Xorazmni ham fath etishga kirishganlar. Biroq bunga erisha
olmaganlar. Orqalariga qaytib Amudaryoni kechib o‘tdilar. Movarounnahrdagi
shaharlarga yetib kelganlar, ular bilan sulh tuzdilar. Shuningdsk, Usmon ba’zi bir Islomiy
davlat qo‘l ostida yashayotgan qo‘zgolonchilarni ham shafqatsiz ravishda bostirganlar,
Qufaga Valid ibni Ukbani voliy qilib tayinlagan edilar. Vaqtiki, Ozarbayjon viloyati
juz’ya berishdan bosh tortgan vaqtida va Arman davlati Islom hukumatiga itoat etishdan
bo‘yintovlik qilgan vaqtida Valid ibni Uqbani Usmon (r. a.) ularga qarshi yuborganlar.
Valid u yerga borib ularni butunlay tor-mor keltirib tashlaganlar. Muoviya ibni Abu
Sufyon Umar xalifalik davrlaridan Shom viloyatida voliy edilar. Muoviya (r. a.) harbiy
daryo floti tuzgan edilar. Ularning yordamida Vizantga qarshi urush qilardilar. Hatto
kichik Osiyoni ichkarisiga kirib ketgandilar. Shu kabi yana Kipr va Rodos orollarini hamda
juda ko‘p qit’alarni fath etgandilar.
Kipr oroli O’rta Yer dengizidagi eng katta orollardan bo‘lganligi sababli uning fath
etilishining alohida ahamiyati bor edi. Orolning fath etilishi 28-hijriy yilida ro‘y bsrdi.
Zsro, Muoviya (r. a.) Kiprga qarshi urushni Umar ibni Hattob zamonlarida fikr qilgan va
bu to‘g‘rida Umardan izn so‘raganlar. Xims qo‘rg‘onidan rumliklarga qarshi O’rta Yer
dengizidan kirib urush qilishga ijozat so‘ragandilar.Umarga shunday degandilar: Ey
amiral mo‘‘minin, Ximsning qishloqlarida yashovchi rumliklar itlarining vovullashini,
xo‘rozlarining qichqirishini eshitib turadilar». Bu gapdan keyin Umar ibni Osga dengizni
va unda bo‘lgan kemalarni ta’riflab berishliklarini so‘rab xat yozgandilar. Hali u vaqtda
musulmonlarning dengiz flotlari mavjud emasdi. Amr ibni Os Umar hazratlariga O’rta Yer
dengizi nihoyatda katta ekanligini va u yerda qudratli flotga ega bo‘lgan qal’alar
borligini, musulmonlarga ular bilan urishishlik uchun imkon yo‘qligini ko‘rsatib javob xati
yozgandilar. Mazkur javobni olganlaridan so‘ng Umar (r. a.) dengizda urush qilishlikka
ruxsat bermagandilar. Shu bilan Kiprga qarshi yurish to‘xtab qolgan edi. Usmon (r. a.)
xilofot masnadiga jonishin bo‘lganlaridan so‘ng yana Muoviya (r. a.) u kishiga Kiprga
qarshi yurish boshlashga izn so‘rab bir necha marta xatlar yozib ijozat so‘raydilar. Oxiri
Usmon (r. a.) ijozat beradilar. Biroq dengizda qilinadigan janglarda qatnashishlik uchun
musulmonlarni majbur qilmaslik, balki har kimning ixtiyoriy o‘ziga berishlikka shart
etdilar. Kiprga qarshi urush qilish uchun Abdulloh ibni Qays qo‘mondonligi ostida birinchi
musulmonlar dengiz flotini jihozlatgan edilar. U kishiga Iskandariya portidan suzib
kelgan kemalar bilan Abdulloh ibn Said ham kelib qo‘shildilar. Kipr yaqinida har ikki flot
qo‘shildi.
Ular Kipr aholisi bilan har yili rumliklarga to‘lab kelishayotgan 7000 dinor to‘lashlik
barobariga sulh tuzdilar. Shunday qilib, musulmonlar osonlikcha Kipr orolini egallab
oldilar. U yerda masixiylarni himoyachilari juda oz bo‘lganligi sababli ular musulmonlarga
qarshi urishishga yarolmadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: