Mana shu Kipr uchun bo‘lgan janglarda ulug‘ sahobai muhtaram, sahoba Ubodat ibni
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
56
Ummu Xirom Islomga birinchilar qatori kirgan ansoriylardan edilar. Rasululloh hazratlari
u kishining hovlilariga ziyorat etgani keladilar. Masjidil
Qubo yaqinidagi xonalarida
peshin vaqtlarida uxlab istirohat etardilar. Kunlardan bir kuni Rasululloh hazratlari
Ummu Xiromning uylarida kunduzi uxlab dam olayotgan edilar. Uygonib tabassum qilgan
holda: «Men tushimda bir guruh ummatimni O’rta Yer dengizida kemada suzib
yurganlarini ko‘ribman», dedilar. Ummu Xirom shunda: «Yo Rasululloh, duo qiling, Meni
ham OLLOH o‘shalardan qilsun», dsdilar. Rasululloh hazratlari «Sen o‘shalar bilan bir
bo‘lasan» dedilar. Keyin yana yotib uxladilar. Bir ozdan so‘ng kulgan hollarida
uyg‘ondilar. Kulganlarining sababini Ummu Xirom so‘ragandilar, Rasululloh.: «men
tushimda ummatimdan bir guruhining O’rta yer dengizida suzib yurganlarini ko‘ribman»,
deb javob berdilar. Shunda Ummu Xirom: «Yo Rasululloh, duo qiling men ham
o‘shalardan bo‘lay», deganlarida, Rasululloh «albatta, ssn birinchilardan bo‘lasan»,
dedilar. Ubodat ibni Sobit u muhtaram aslga uylandilar. Keyin o‘zlari bilan birga birinchi
dengiz jangiga boshlab chiqdilar. Qirg‘oqqa yetganlarida Ummu Xirom bir eshakka minib
olib qirg‘oq bo‘ylab ketardilar. Yo‘lda eshak yerga yiqitib urdi va o‘ldirib qo‘ydi. Mana shu
sababli Ummu Xirom Kipr uchun bo‘lgan janglarda eng birinchi shahid bo‘ldilar. U aziza
aslning qabrlari Kipr butunlay turk musulmonlari qo‘l ostida bo‘lgan vaqtda musulmonlar
ziyorat qiladigan mazor bo‘lib turdi. Keyinchalik Kiprga Markos prezident bo‘lib
saylangach, orol ikkiga taqsim qilindi. Ummu Xiromning qabrlari bo‘lgan mavzu nasroniy
taqsimiga o‘tib qoldi. Nasroniylar endilikda musulmonlarga mazkur ulug‘ yodgorlikni
kelib ziyorat etmoqlikni ma’n etib qo‘ydilar. Endi Misrda bo‘lib o‘tgan voqealarga kelsak,
rumliklar bilan bo‘lgan o‘rtadagi ahd buzilgan edi. Iskandariya xakimlari o‘zlarining xorlik
chekayotganlarini shikoyat qilib va Iskandariyani bosib olish yo‘llarini ko‘rsatib, qirol
Konstantinga maktub yo‘lladilar. Iskandariyada musulmonlarning himoyachilari oz sonli
qo‘shindan iborat edilar.
Konstantin lashkarboshisi Emannuel boshchiligida juda katta qo‘shinni Iskandariyani
bosib olishga yubordi. Ular osonlikcha bosib oldilar. Kibtiylar rumliklarni yana qaytadan
Iskandariyani bosib olganliklardan g‘azablanib xalifaga Amr ibni Osni urushmoq uchun
bosh qo‘mondon qilib tayin etishlarini so‘rab xat yozdilar. Usmon Amr ibni Osni
hokimiyatdan chetlatgan edilar. Yana qaytadan tayinlab rumliklarga qarshi urishishlikka
ijozat etdilar. Amr ibni Os bilan rumliklar o‘rtasida quruqlikda va dengizda juda qattiq
dahshatli janglar davom etdi. Ancha davom etgan shiddatli janglardan keyin
musulmonlar dushman ustidan to‘la g‘alabaga erishdilar. Dushmanni Iskandariyaga
qadar quvlab borib qaqshatgich zarba berib, butunlay tor-mor keltirdilar. Urush
musulmonlar g‘alabasi bilan tugagach, Amr jangni to‘xtatishga buyurdilar. Bo‘lib o‘tgan
buyuk voqeadan nishona bo‘lib qolishligi uchun «Masjidi rahmat» deb nom qo‘yilgan
masjidni qurishlikka amr etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: