Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 

54

USMONNING BIRINCHI XUTBALARI 

 

Usmon Zinnurayn saylov tugab, xalifalik mansabiga ega bo‘lganlaridan keyin asta 



minbarga ko‘tarilib, odamlarga qarata mana bu mazmundagi nutqni so‘zladilar: 

«Ey odamlar, albatta sizlar hozir vaqtinchalik kulbadasizlar. Muddatli umrni 

yashaysizlar. Shunday bo‘lgach, vaqtlaringizni iloji boricha yaxshi amallar qilish bilan 

o‘tkazinglar, dunyodan ertalab kelib, yo peshinda, yo esa kechqurun ketgandek 

ketasizlar. Ogoh bo‘linglarki, dunyo kishini aldovchi narsadur. Sizlarni dunyoda tirik 

turishingiz aldab qo‘ymasun. OLLOHning yodidan bir nafas ham beparvo qilib 

qo‘ymasun. Uzlaringizdan avvalgi yashab o‘tgan avlodlaringiz holidan ibrat oling. Keyin 

esa jiddiy harakatga tushing, g‘aflat ila aziz umringizni behudaliklar yo‘lida o‘tkazib 

yubormang. Zotan, amal sizdan hargiz g‘olib qolmagay. Aytingchi, qani bu dunyoni aziz 

ko‘rib jon-dillari ila mehr-muhabbat qo‘yib yashaganlar, ularni ham dunyo o‘z og‘zidan 

tupurib tashladimi? Dunyoni OLLOH qaerga otgan bo‘lsa, sizlar o‘sha yerga yetinglar-da, 

oxirat hastini istaydigan bo‘linglar. Zero, Olloh taolo oxirat hayotini dunyo hastidan ko‘ra 

yaxshiroq deb ta’rifladi. Dunyo hayoti haqida sha’ni buyuk OLLOH mana bunday dedi: 

«Dunyo hayotini ularga zarbulmasal qilib bering, u go‘yoki biz suvni yerga tushirdik, 

keyin u suv yordamida yerda o‘simliklar o‘sdi, keyin esa shamol uchiradigan xazonga 

aylandi». OLLOH narsani o‘lchovli qilgandur. Mollar va farzandlar dunyo hayotining bir 

ziynati xolos. Abadii qoladigan yaxshi amallar esa OLLOH oldida savobi ulug‘ va 

yaxshiligi umidliroq», deya so‘zlarini tugatdilar. Ushbu xutbalaridan ko‘rinib turibdiki, 

Usmonning hech qanday amaliy yo‘llarining siyosatini bayon etuvchi bir reja emas, 

siyosatga hech qanday aloqasi yo‘q bo‘lgan xolis diniy nasihatdangana iboratdur. Go‘yoki 

Usmon o‘zlarining musulmonlarini va hamda boshqa islomiy davlatda yashovchi 

aholilarni xotirjam etadigan biror xos siyosat bilan bog‘lanishlikni xohlamadilar. Biroq u 

zot tezdan ommaviy va siyosiy ishlarning tadbirini ko‘rgani kirishib ketdilar. Viloyat 

hokimlariga, askar boshliqlariga va xiroj yig‘uvchi amaldorlarga, hamda shaharlardagi 

umum musulmonlarga xatlar yubordilar. Yozgan maktublarida ularni amru-ma’ruf 

qilishlikka, naxiy-munkar etishlikka, ahli zimmiylarga shafqat bilan muomala 

qilmoqlikka, xirojni adolat bilan yig‘ib olishga tavsiyalar berardilar. Xiroj yig‘uvchi 

amaldorlarga mana bu mazmundagi xatlarni jo‘natgandilar: «Albatta, OLLOH 

mahluqotlarni haqlik-la yaratdi. Shu sababli OLLOH faqatgina haqni qabul qiladi. Sizlar 

ham haqli yerdan olinglar va xaqli yerga beringlar. Omonatni haqlik bilan saqlanglar. 

Sizlar xoinlardan bo‘lib qolmanglar. Va’dalaringizga vafo etinglar. Yetimlar haqqiga va 

hamda ahdlashganlar haqqiga zulm etmanglar. Zotan Olloh taolo ularga zulm etganlarga 

dushmandur». 

Naqadar ma’naviy axloq cho‘qqisiga yetgan, o‘z qo‘l ostidagilarga haqlik bilan 

muomala qilishlikka tavsiya etuvchi maktub. Bunday tavsiyali maktublar faqat 

qog‘ozdagina qolib ketmadi, balki amaliy hastda ham o‘z aksini ko‘rsatdi. Islom 

amaldorlari mana shunday oliy janob ko‘rsatmalarga amaliy jihatdan faollikda 

bo‘lganliklari tufayli tarixan juda qisqa davr ichida Islom yer yuziii juda ko‘p 

mamlakatlariga o‘z qanotini yozdi. Bashar tarixida bunga o‘xshagan voqea bo‘lganligi 

ma’lum emasdur. 

 

 


Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish