Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 

53

to‘rtinchi kuni xalifa saylangan bo‘linishi shart. O’rtada fitna tug‘ilib, ixtilof kuchayib 



ketmasligi uchun Abdurahmon ibni Avf bo‘lgan tomondagi shaxsni xalifa etib saylashga 

qolgan boshqa guruh qarshilik ko‘rsatsa, qilichdan kechiringlar. Uch kunga qadar Suxayb 

kishilarga namozda imom bo‘lib tursin, deya vasiyat etaman, dedilar. 

Umar (r.a.) vafot etganlaridan so‘ng yuqoridagi nomlari kechgan kishilardan Talxa ibni 

Ubaydullohdan boshqalari Misvar ibni Maxrajning hovlilariga to‘plandilar. Talxa ibni 

Ubaydulloh bu vaqtda Madinada emasdilar. Tezda o‘rtalarida tortishuv kelib chiqdi. Lekin 

Abdurahmon ibni Avf tortishuvning alanga olib ketishidan saqlab qoldilar. Ularga qarab 

shunday taklif kiritdilar: «Sizlardan kimki o‘zini saylashlaridan bosh tortsa — o‘sha 

sizning eng afzalingizdur!» Hech kim bu taklifga javob bermadi. Shunda o‘zlari «Men 

o‘zimni saylashlaridan voz kechdim», dedilar. Alidan boshqa hammalari rozi bo‘ldilar. 

Abdurahmon: «Ey Abu Hasan, siz nima demoqchisiz?» deb so‘radilar. Ali (r. a.) 

Abdurahmonga qarab: «Siz menga faqat haqni tanlayman, xohishimga ergashmayman, 

men qarindoshlarni qarindosh bo‘lganliklari tufayli boshqalardan ko‘ra xosroq 

etmayman, deb so‘z bering», dedilar. Abdurahmon hammalariga qarab: «Sizlar menga 

kimni o‘zgartirsam va almashtirsam mening bilan birga bo‘lishlikka hamda Ollohga ont 

ichib, qarindoshimni xos qilmayman deb bergan ahdimga ko‘ra, men kimni sizlarning 

ichingizdan xalifalikka tanlasam rozi bo‘lmoqlikka so‘z beringlar», dedilar. Keyin 

Abdurahmon ulardan bir-bir ahd oldilar. O’zlari ham ularga ahd berdilar. Shundan so‘ng 

u zot sahobalar va harbiy boshliqlar va katta kishilar bilan nomzodlar o‘rtalarida 

xalifalikka qay birlari loyiqroq bo‘ladilar, deya maslahatlasha boshladilar. Ba’zilari 

Usmonni ko‘rsatishdilar. Abdurahmon Ali (r. a.)dan «Agar siz bu ishga saylanmay 

qolsangiz kimning bo‘lishiga rozilik berardingiz»? deb so‘radilar. Hazrati Ali «Usmonning 

bo‘lishiga rozilik berardim» deb javob berdilar. Shuningdsk Zubayr va Sa’d (r.a.) dan 

so‘raganlarida ular ikkovlon «Usmonga rozi bo‘lardik», deb javob berishdi. Usmonning 

o‘zlaridan so‘raganlarida «men Alining bo‘lishlariga rozi bo‘lardim», deb javob berdilar. 

Oxirida xalifalikka saylanishlik Ali bilan Usmon o‘rtalarida xos bo‘lib qoldi. Hazrati Umar 

shart etgan to‘rtinchi kun yetgach, Abdurahmon (r. a.) odamlar ichlarida yurib voqeani 

o‘rganganlaridan keyin tong namozi paytida masjidga kirdilar va o‘rinlaridan turib: «Ey 

odamlar, kishilar o‘zlarini saylagan kishilarini bilishlikni istaydilar», dedilar. Ammo ibni 

Yosir o‘rinlaridan turib: «agar odamlar ixtilof qilishmasun, desangiz Alini saylang», 

dedilar. Miqdod ibni Asvad ham Ammorning gaplarini qo‘llab-quvvatladilar. Abdulloh ibni 

Sarh esa o‘rinlaridan turib: «agar qurayshlar o‘rtasida ixtilof kelib chiqmasun, desangiz 

tezdan Usmonni saylangda, ikki firqa o‘rtasidagi janjalni, toki ularni bo‘lib tashlamay 

turib, pasaytirib qo‘ying», dedilar. Said ibni Abu Vaqqos Abdurahmonga qarab: 

«odamlar fitnaga tushmay turib ishni hal etib qo‘ya qoling,» dedilar. Bu gaplarni tinglab 

bo‘lganlaridan keyin Abdurahmon «men tekshirib chiqdim va kengashdim, sizlar 

janjallashmay turinglar», dedilar. 

Bir vaqt Alini chaqirib: «Ey Ali, OLLOHning kitobi va Rasulining sunnati hamda u 

zotdan keyingi ikki xalifalarning siyratlari bilan amal qilaman, deb OLLOHga qasam 

ichishingiz lozim bo‘ladi», dedilar. Ali ham «men kuchimni yetganicha, bularga amal 

etaman, deb umid qilaman», dsya javob berdilar. Keyin Usmonni ham chaqirib Aliga 

aytgan gaplarni qaytarib aytdilar. Usmon ham shunday qilishlikka qat’iy so‘z berdilar. 

Abdurahmon shu onda Usmonni xalifalikka saylab bay’at qildilar. Shuning bilan saylov 

nihoyasiga yetdi. Usmon (r. a.) xalifa etib saylandilar. 

Usmon (r. a.) bay’at berilgan vaqtidan boshlab musulmonlar o‘rtalarida umaviylarga, 

hoshimiylarga, alaviylarga taqsimlanish yuz berganligini mulohaza etamiz. 

 

 



Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin 

 

 




Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish