"TASDIQLAYMAN"
8-DMTT direktori
___________Matqosimova M.M.
Ohangaron tumani MTT tasarrufidagi
8-sonli davlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti guruhlarda o’tkazilgan sport o’yin faoliyati.
Mavzu: “Sog’ tanda – sog’lom aql”
Jismoniy tarbiya yo’riqchisi: Diniyeva Sh.K.
Mavzu: “ Sog tanda – sog’ aql “ mashg’uloti.
Ta’limiy maqsad: Bolalarni qish fasliga oid bilimlarini
oshirish . Odam organizmi, uning salomatigi, gigiena va
turli kasalliklar haqida ma’lumot berish. Kiyimlarning
xar-xil turlari borligini o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: Salomatlikka va atrof-muxitga nisba-
tan to’g’ri munosabatni tarbiyalash. Mavsumga moslab,
toza va ozoda kiyinishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalar nutqini, gavda, gigiena,
salomatlik, atrof-muhit kasalliklarini bilishda faollikni ri-
vojlantirish.
Kerakli jihozlar: Monitor, mavzuga oid slayd, taqdimot,
fasllarga oid rasmlar, meva va sabzavot mulyajlari, al’bom
varag’I, buyoq, akvarium, baliq, lego to’plami.
Markazlar: Til va nutq , qurish -yasash , san’at’, ilm-fan.
Faoliyatning borishi: Tashkiliy qism:
Tarbiyachi: Bolajonlar, bugun kayfiyatlaringiz qanday?
Men sizlarni bunday kayfiyatda kurib turganimdan behad
xursandman. Qaranglar, bizning guruxga mehmonlar tash-
rif buyurishibdi. Kelinglar ular bilan salomlashamiz.
Bolalar: Tashrif buyuribsiz bizning guruxga,
Assalomu – aleykum deymiz sizlarga.
Mamnun buldik tashrifingizdan ,
Bahra oling bilimimizdan.
Tarbiyachi: Endi men sizlarning biliminizni sinab kuraman va sizlarga topishmoq aytaman.
Yozda bezar keng o’rmonni ,
Qishda esa uy maydonni,
Toping-chi do’stlar qani,
Nima ekan uning nomi?
Qorni ta’riflab bering? (oppoq, yumshoq, engil, aylanadi)
Qor qaysi faslda yog’adi?
Qish faslida tabiyatda qanday uzgarishlar ro’y beradi?
(havo sovuq buladi, hashoratlar daraht kovaklari orasiga
yashirinib oladi, qushlar issiq mamlakatlarga uchib ketadi).
O’lkamizda qaysi qushlar qishlab qoladi?
Qaysi daraht qish faslida ham yam –yashil bo’lib turadi?
Arhca qanday daraht? (manzarali)
Bolalar hozir men sizlarga, qish fasli haqida yoqimsiz
sozlarni aytqman, sizlar esa yoqimli sozlarni aytasizlar.
Qishda qor yogadi- lekin mazza qilib qorbobo yasaymiz;
Qishda hamma yoq muz bilan qoplanadi -lekin mazza qilib
chanada uchamiz;
Qishda sovuq shamol esadi, lekin mazza qilib qorbo’ron
o’ynaymiz
Bolalar savatchalarda sovg’alar yuborishibdi.
Bu savatchalarda nima bor ekan?
Bu rasmda qaysi fasli tasvirlangan? (kuz fasli)
K uz fasli qaysi rangni yaxshi ko’radi? (sariq, jiggarrang, oltin)
Bu nima? (sariq rangli barglar )
Vaqti-soaing etib ,
Tark etding o’lkamizni.
Yomg’irlarni yog’dirding,
Barglarni tukdirding .
Bu rasmda qaysi fasl tasvirlangan? (qish fasli)
Qish fasli qaysi rangni yahshi koradi? (oq)
Bu nima? (qor).
Laylak qor yog’di,
Soyni muz bosdi.
Shamol tinmadi,
Keldi qish fasli.
Sizlarga topshiriq doskaning o’ng tomoniga kuz fasliga oid
Suratlarni chap tomoniga qish fasliga oid suratlarni qo’yib
chiqing. Rahmat bolalar, topshiriqni ziyraklik bilan baja-
rishga harakat qildingiz , endi men sizlarga hikmatli so’z
aytaman.
Asosiy qism:
Nutq va til markazi:
’’Sog’lom tanda-sog’ aql’’.
Bu iborani qanday tushunasiz? (sog’ bo’lsak mashg’ulotlarda
yaxshi qatnashamiz).
To’g’ri bolajonlar, sog’lom bo’lsangiz biror ishga qiziqasiz, o’ynaysiz, kasal odamga hech narsa yoqmaydi. Ular nim-
jon bo’lib , o’zlarini kuchsiz hisoblab yuradilar. Sog’lom
bolalar esa o’z vaqtida o’ynaydilar, o’zlari qiziqqan nar-
salarni o’rganib oladilar. Shuning uchun ota-bobolarimiz.
“ Sog’lom tanda - sog’ aql’’ deb bejizga aytmaganlar.
Bolajonlar bugun sizlar uchun hayajonli kun. Nega dey-
chunki men sizlarni bugun salomatlik shahriga sayohatga
taklif etaman. Biz salomatlik shahriga borishimiz uchun
poezdga o’tirishimiz kerak. Diqqat, diqqat 72-reys bo’-
yicha calomatlik shahriga boradigan poezd temir –yo’l
bekatiga joylashdi. Hurmatli yo’lovchilar o’z o’rningizni
egallang.
Deymiz, yurib ketma-ket,
Etagimni tutib et.
Po’- po’ – po’.
Vagonchalar uzilmas,
Safimiz hech buzilmas.
Po’- po’- po’.
Manzilga tez etamiz,
Ortdan yuring eltamiz.
Po’- po’- po’.
Bolalar joylariga o’tirib oladilar.
Bu ‘’Doktor voy jonim tibbiy maslahatxonasi.’’
D.V: Assalomu-aleykum bolajonlar. Salomatlik shahriga
xush kelibsizlar. Men sizlarni o’z shahrimda ko’rib tur-
ganimdan behad hursandman. Sizlarning kayfiyatlarin-
gizdan sog’lom ekanligingiz ko’rinib turibdi.
Sog’lom bo’lish uchun nima qilish kerak? (uyqudan erta
uyg’onish, ozoda bo’lish, kun tartibiga rioya qilish, dam
olish). Dam olishga nimalar kiradi? (sport bilan shug’ul-
lanish).
Tar-chi: To’g’ri bolalar toza havoda yurish, h/o’yinlar
o’ynash, sport bilan shug’ullanish dam olishga kiradi.
Qanday sport turlarini bilasizlar?
Bolalar salomatlik shahrining aholisi kun tartibiga rioya
Qilishar ekan. (slayd namoyish etish)
Salomatlik shahrining bolalari kunni badantarbiya bilan
boshlar ekan.
Sizlar ham badantarbiya qilishni bilasizlarmi? (badan-
tarbiya qilishadi).
Barakalla, bolajonlar. Endi D.B. sizlarni salomatlik shah-
rining sog’lomlashtirish markaziga taklif etadi.
Quyon: Shalpangquloq quyonman,
Engil kiyinib olib,
Qorda rosa o,ynadim.
Haroratim ko’tarilib,
Achchiq dorilar ichdim,
Osma ukollar oldim.
Ahvolim bo’lib tarang,
Ko’zimni ochdim arang.
Quyoncha kasal bo’lmasligi uchun nima qilishi kerak?
(faslga moslab kiyinishi kerak).
Bolalar hozir qaysi fasl
Qish faslida qanday kiyimlar kiyamiz? (issiq)
Qanday kiyim turlarini bilasizlar? (bosh, oyoq, ust)
D.V. Sizlarni kiyimlar ko’rgazmasiga taklif etadi.
Qish kelganda dadil bardam,
Issiq tutar meni har dam.
Pal’tocham, pal’tocham.
Qish kelganda olib kiyay,
Sog’lom bo’lib doim kulay.
Qalpoqcham, qalpoqcham.
Qo’llarimga bop kiyim,
Ayni qishda tob kiyim.
Qo’lqopcham, qo’lqopcham.
Loyni bossam bilchillaydi,
Qorni bossam girchillaydi.
Etikcham, etikcham.
Ana bolalar qish faslida issiq kiyimlar kiyishimiz kera
Sizga kiyimlar ko’rgazmasi yoqdimi.
Ayiq: O’tirib olib to’nkaga,
Asal quyib o’rtaga,
Mazza kilib yaladim,
Turib yana o’ynadim.
Yuvmadim aslo tishim ,
Qurtlab ketdi tishlarim.
Ertasiga doktorga,
Navbat olib o’tirdim.
Tishlarim sug’urganda ,
Rosa-rosa bo’kirdim.
Ayiqpolvon bunday holga nega tushdi? (ozodalikka rioya
qilmadi).
D.V. Sizlarga ajoyib xaltacha sovg’a qildi. Xaltachada nima
Borligini ko’ramiz. (sovun, taroq, dastro’mol, sochiq, oyna,
tish pastasi).
D.Voyjonim sizlarni sehrli maysazorga taklif qildi. Bu sehrli
maysazor. Kelinglar, maysazorda dam olamiz. (ko’zlarini
yumib dam oladilar).
Qaranglar, bu maysazor juda ham chiroyli va yoqimli. Bu
erda quyosh charaqlayapti, atrofda gullar ochilgan, ko’l-
larda baliqlar suzyapti. Daraxtda mevalar , egatlarda esa
sabzavotlar etigan.Bu meva va sabzavotlar inson salomat-
ligi uchun nihoyatda foydali.
Qanday mevalarni bilasizlar?
Mevalardan nimalar tayyorlanadi? (murabbo, kompot,
turshak, mayiz)
Sabzavotlarni nimaga ishlatamiz? (taom pishirishda)
Ko’ldagi bu oltin baliqlarga tikilgan insonni ko’zlari rav –
shan bo’la di.
Baliqning ko’zlarining rangi qanaqa?
Ko’zlarining katta- kichikligi qanaqa?
Ko’zlari qanday joylashgan? (boshining ikki yonida)
Tanasining shakli qanaqa?
Tanasi nima bilan qoplangan?
Baliqning orqasi va qornida nimasi bor? (suzgich qanotlari)
Qanotlari bilan nima qilqadi? (suzayotganda qimirlatadi)
Baliq qanday suzadi?
Bizdagi baliqlar qaerda yashaydi?
D.V: Sizlarni sinab ko’rish uchun topshiriqlar berdi.
1-topshiriqni qurish- yasash markazida;
2-topshiriqni san’at markazida;
3-topshiriqni ilm-fan markazida bajarasizlar.
Bu markazlarga maxsus chiniqtirish yo’lakchasidan o’tasizlar.
Avval meva va sabzavotlarni terib olamiz.
Qurish- yasash markazi: Assalomu-aleykum salomatlik shah-
rining sport majmuasiga xush kelibsizlar. Sizlarga topshiriq
sport majmuasidagi yarog’ siz holga keigan futbol
darvozasini mustahkam qilib quring.
San’at markazi: Assalomu-aleykum salomatlik shahrining
san’at markaziga xush kelibsizlar. Men sizlarning xoti-
rangizni sinab ko’rmoqchiman, sehrli maysazordagi da –
raxtlarning qishgi ko’rinishini tasvirlang.
Ilm-fan va tabiat markazi: Bolajonlar bankadagi bu ba-
liqni salomatlik shaxrining ilm-fan va tabiat markazidagi
akvariumga olib borib joylashtiramiz.
Bu nima? (akvarium) .
Akvariumdagi suv qanaqa bo’lishi kerak? (toza, tiniq).
Akvariumga yana nima solamiz? (ko’k o’t, qum, mayda
toshlar).
Baliqchaiarni qanday parvarish qilamiz? (ovqat beramiz,
akvariumga toza suv qo’yib turamiz, akvarium oynasini
tozalaymiz).
Baliqchani qo’l bilan ushlash mumkinmi?
(yo’q mumkin emas, shikastlanib qoladi, kasal bo’lib qoladi)
Baliqcha kepakdan tashqari, yana nima bilan oziqlanadi?
(chuvalchang).
Diqqat, diqqat 72-reys bo’yicha 11-MTMga bora-
digan poezd temir yo’l bekatiga joylashdi. Hurmatli pas-
sajirlar o’z o’rningizni egallang. (bolalar stullarga otirib
oladilar).
Bolalar bilimini mustaxkamlash.
1.Bugun sizga qaysi markazlarda ishlash yoqti?
2.Sog’lom bo’lish uchun nimalarga rioya qilish kerak?
3.Sport turlariga nimalar kerak ekan?
4.Kiyim turlarini aytib bering?
Bolalarni rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |