"Kapalaklar uchyapti" o‘yini
O‘yinning maqsadi: To‘g‘ri, uzluksiz xavo oqimini xosil qilishga erishish
O’yinning borishi: Bolalar stulchalarga o‘tirishadi. Logoped bolalarga:
-Bolalar qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar: ko‘k, sariq, qizil! Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi?
Logoped kapalaklarni puflaydi.
Qaranglar, uchib ketishdi. Qani sizlar xam puflab ko‘ringlarchi. Kimning kapalagi uzoqqa uchar ekan?
Logoped har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib qo‘yadi, bolalar kapalakka puflaydilar.
Metodik ko‘rsatma: O‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to‘g‘ri turishiga, nafas olganlarida yelkalarini ko‘tarmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, xavo olmasdan turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar bir oz oldinga chiqqan bo‘lishi kerak. Xar bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasida tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak. Davomli tanaffussiz 10 soniyadan ortiq puflash bosh aylanishini keltirib chiqarishi mumkin.
"Kimning qushchasi uzoqqa uchadi?" o‘yini
O’yinning borishi: Ikkita stulchaning qirralariga qushchalar qo‘yiladi, stulchalar birbiridan 30 sm uzoqlikda turishi kerak.
4 bola chaqirilib, har bir stulchaning qirrasida turgan qushchalarning to‘g‘risiga turg‘azib qo‘yiladi.Qushchalar uchishdi!-deyilgach, bolalar shakllarni puflashadi. Boshqalari esa kimning qushchasi uzoqqa uchganligini ko‘rsatadilar.
Metodik ko‘rsatma: Bolalar yupqa qog‘ozdan tayyorlangan qushchalarni puflaganlarida lunjlari shishmasligi kerak. Qirqib ipga osilgan shakllarni bir nafas chiqarishda xarakatlantirish kerak. Logoped bolalarga qushchani puflaganda ketma-ket(bo‘lib-bo‘lib) puflash mumkin emasligini aytadi va o‘zi qushchani puflab ko‘rsatadi.
"Sharni shishirib ber" o‘yini
O‘yinning maqsadi: Nafas chiqarishni rivojlantirish. Lab mushaklarini rivojlantirish.
O’yinning borishi: Bolalarga shar va rezina o‘yinchoqlar beriladi. O‘yinchoqlarni bolalar burun orqali nafas olib puflab shishirishlari kerak. O‘yin davomida logoped bolalrning to‘g‘ri nafas olib, to‘g‘ri chiqarishlarini, hamda o‘yinchoqlarni puflab shishirayotganlarida zo‘riqib, charchab qolmasliklarini nazorat qilib borish lozim. Aks xolda o‘yin bolalrga ziyon yetkazishi mumkin. Topshiriqni to‘g‘ri bajargan bola o‘yinchoq bilan mukofotlanadi
"Yoqimli xid" o‘yini
O‘yinning maqsadi: To‘g‘ri nafas olish va chiqarish malakasini rivojlantirish
O‘yinning borishi: Bolalar galma-gal guldonda turgan gulning oldiga kelib, uni xidlaydilar. Nafas chiqarib bo‘lishgach, bolalar "qaysi gulning xidi ekanligini" aytadilar. Bolalar to‘g‘ri chuqur nafas olishlari va nafas chiqarishlari logoped tomonidan kuzatib boriladi.
“Qaysar shamni o‘chir” o‘yini
O‘yinning maqsadi: Bolalarni to‘g‘ri nafas olish va nafas chiqarishga o‘rgatish.
O‘yinning borishi: Bolalar o‘ng qo‘lda sham shaklida rangli qog‘ozlarni ushlaydilar. Chap qo‘lni nutqiy nafasni to‘g‘riligini nazorat qilish uchun qorin ustiga qo‘yadilar. Og‘iz bilan sekin sezilarsiz nafas olinadi. Shu payt qorin shishgani seziladi, shundan so‘ng sekin nafas chiqarib “Shamlarni o‘chiramiz” “pufpuf” tovushi talaffuz qilinadi. Bolalar nafas olganlarida yelkalarini ko‘tarmasliklari, nafas chiqarganda esa lunjlar shishmasligi 22bolalarga tushuntiriladi. Logoped bolalardan qaysi biri to‘g‘ri bajarganini ta’kidlab o‘tadi va rag‘batlantiradi.
Duduqlanishni bartaraf etishda xarakatli va didaktik o‘yinlar
Didaktik o‘yinlar kattalar tomonidan tuziladi, o‘ziga xos ma’lum bir mazmun va qoidalarga ega bo‘lib, bolalarni yuqori darajadagi faollikka undaydi. Aniq qoidali va harakatli didaktik o‘yinlar barcha duduqlanuvchi bolalarni bir holatga qo‘yadi, bu esa ularda intizomlilikni tarbiyalashga imkon beradi. Didaktik o‘yinlarda logoped nutqi namuna sifatida katta ahamiyatga ega. Logopedning nutqi korreksiyalash kursining boshlarida bolalarning tinch aloqa qilishlariga yordam beradi.
Duduqlanuvchi bolalarning noto‘g‘ri nutqi ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lsa ham o‘yin davomida namoyon bo‘ladi. O‘z kamchiligini bilish, o‘z nutqlaridan qo‘rqish kabilar bolalarni o‘yin faoliyatiga kirishishlariga qiyinchilik tug‘diradi. Bunday bolalar o‘yin davomida passiv kuzatuvchi bo‘lib qatnashadilar yoki umuman qatnashmaydilar. Ba’zida esa aksincha bolalar o‘yinda faol ishtirok etadilar. Didaktik o‘yinlar orqali bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish mumkin. Turli yoshda didaktik o‘yinlar mazmuni, qoidasi o‘zgarib boradi. 5 yoshdagi bolalar didaktik o‘yinlarda predmetlar soni va sifati, ularni tashqi ko‘rinishi bo‘yicha taqqoslashni o‘rganadilar. Bu yoshda “Kim birinchi uychani quradi?”, “Ajoyib xaltacha”, “Doiralarni yig‘ishtir”, “Rangli idishlar” kabi o‘yinlar o‘ynaladi. 6 yoshdagi bolalar uchun o‘yinlar murakkabroq tusda bo‘ladi, ular “Do‘kon”, “Juftini top”, “Rasmlarni joylashtir”, “Kimga qancha”, “Domino”, “Kim nima qilyapti”, “Zoologik loto”, “Lego konstruktor”, “4 chisi ortiqcha” kabi o‘yinlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |