Konflikt
Konflikt (lot. contlictue — ixtilof,
toʻqnashish) — 1) qarshi tomonlar, fikrlar,
kuchlar toʻqnashuvi; 2) adabiyot va
sanʼatda — badiiy asar mohiyatida yotgan
ziddiyat, personajlarning oʻzaro
toʻqnashishi, ixtilofi. K. epik asarlarga
nisbatan qoʻllanadi, lirik asarlarda esa u
kolliziya, kechinma, fikr oqimi tarzida
namoyon boʻladi. K.ning 3 xil koʻrinishi
mavjud: asar qahramonlarining birbirlari
bilan toʻqnashuvi, kurashi; shartsharoit,
muhit bilan toʻqnashuv; oʻz-oʻzi bilan ichki
kurash. Dramaaa K. hara-katni
rivojlantiruvchi, keskinlashtiruvchi
xususiyatga ega. K.da yozuvchining
dunyoqarashi, voqelikni, hayotni, dunyoni
va insonni qanday idrok etishi va
tushunishi namoyon boʻladi.
Dramaturgiyada "tashqi" K.ga keng oʻrin
beriladi, bunda qahramonlar oʻzaro bir-
biri bilan ixtilofda, kurashda boʻladi,
"ichki" K.da esa qahramonning oʻz
burchini his etishi bilan ojiz ruhiy tomoni,
hissiy iztiroblari, holati oʻrtasidagi
ziddiyat tarzida koʻrinadi. Mazmuni,
yoʻnalishi nuqtai nazaridan K.ning
maishiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy
va boshqa turlari mavjud. Voqealar rivoji
davomida ijtimoiy K. siyosiy K.ga, siyosiy
K. falsafiy K.ga aylanishi mumkin. Katta,
oʻtkir gʻoyalar uchun keskin kurashga
asoslangan toʻqnashuvda fojiaviy ruh
ustun boʻlib, fojiaviy K.ni tugʻdiradi yoki
kulgili, oʻtkir hajviy yoʻnalishdagi vaziyat,
holat, voqealar kulgili ruhni hosil qiladi.
K.ning mohiyati zamon, makon bilan jips
bogʻliq. Shunday K.lar boʻladiki, davr
oʻtishi bilan ular barham topadi. Mac,
qad. dunyoda yaratilgan asarlar K.ti
zaminida taqdir taqozosi turgan boʻlsa,
oʻrta asrlardagi asarlarda ilohiy kuch
bilan insondagi shaytoniy hirs K.ning
asosini tashqil etadi. Romantizm davrida
voqelik, muhit, shart-sharoit bilan ideal
oʻrtasida, yaxshilik bilan yomonlik, ruhiy
erkinlik bilan turmush tashvishlari
oʻrtasidagi ziddiyat hukmronlik qilgan,
realizm tantana qilgan davrda inson
mohiyati, uning istagi, imkoniyati bilan
ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit zaminida K.
yuzaga kelgan. Shunday boqiy mavzular
borki (mas, saxiylik va xasislik, vafodorlik
va bevafolik, tiriklik va oʻlim), boʻlarda K.
har bir davrning maʼnaviy, ruhiy talab va
ehtiyojlaridan kelib chiqib talqin qilinadi.
Shoʻrolar davrida — sotsialistik realizm
metodi hukmronlik qilgan davrda K.
zaminiga ijtimoiy-sinfiy antagonizm
qoʻyilgan va bu ziddiyatning inqilobiy yoʻl
bilan yechilishi talab qilingan, individual
axloq bilan jamoa ongi oʻrtasidagi,
xususiy mulkchilik ruhiyati bilan jamoat,
xalq manfaati oʻrtasidagi kurash tarzida
qoʻyilgan. Shoʻro tuzumini tanqid qilish
man etilgan va shu tufayli adabiyotda,
ayniqsa dramaturgiyada K.sizlik
"nazariya"si kelib chiqqan. Hayotdagi
keskin ziddiyatlarni chetlab oʻtish,
voqelikni, hayotni boʻyab koʻrsatish,
insonni shunchaki bir qoʻgʻirchoq, robot
tarzida koʻrsatish bu davr adabiyotining
bosh belgisi boʻlgan. Milliy mustaqillik
tufayli oʻzbek adabiyoti va sanʼatining
ijodiy usuli realistik metod boʻlib qoldi,
hayot va insonni haqqoniy tasvirlash,
voqelikdagi ziddiyatlar kulami va
mohiyatini teran ochish, inson va
jamiyatning kamol topishidagi
qiyinchiliklarni, murakkab jarayonlarni
oqilona tasvirlash yagona mezonga
aylandi. Ammo yozuvchi, sanʼatkor
voqelikdagi ziddiyatlarni qanday boʻlsa,
shundayligicha badiiy asarga
koʻchirmaydi, aksincha, ularni tanlab
oladi, umumlashtiradi, yanada
keskinlashtiradi, ular maʼnosi, mohiyatini
ochadi, tushuntiradi.
Sadohiddin Mamajonov.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Manbalar
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 5 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Konflikt&oldid=1808910
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |