Usmon (r. a.) serpul, savdogar odam edilar. Tabuk g‘azotida musulmonlarning
jangchilariga shunchalik ko‘p pul sarfladilarki, hech bir kishi u zot barobarida pul
sarflagan emasdur», deb yozadilar. Usmon Rasulullohni hujralariga ming dinor pulni olib
Rasululloh hazratlari bunday saxovatlarini ko‘rib: «Usmon bu ishi bilan aslo zarar
qilgani yo‘q», deganlar. Keyin esa: «Kimki nochor askarni qurollantirsa, unga jannat
olganlar. Yahudiy uning suvini sotib foydalanardi. Mazkur quduqning yarmini 20 000
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
52
tanga va yuzta yosh tuya barobariga sotib oldilar. Musulmonlar o‘zlariga belgilangan
muddatda kelib mazkur quduqning suvidan olib keta boshladilar. Hech kim yahudiyning
suvini olmay qo‘ydi. Buni ko‘rib yahudiy qolgan yarmini ham juda arzonga sotib
yuboradi. Mazkur quduqning hammasini sotib olganlaridan so‘ng Usmon musulmonlarga
Olloh yo‘lida hadya qilib yuborganlar.
Abu Bakr Siddiq xalifalik qilayotgan vaqtlarida bir yil yog‘ingarchilik kam bo‘lib
ocharchilik boshlanadi. Abu Bakr odamlarga: «Bor narsalaringni berkitmay to Olloh
kenglik bergunga qadar yeb turinglar», deb buyuradilar. Ertasiga Abu Bakrga
Usmonning hovlilariga ming qop bug‘doy va taom kelib tushganligini xabari yetadi.
Ertalab savdogarlar Usmonning hovlilariga borib eshiklarini qoqdilar. Usmon eshikni
ochib ularga peshvoz chiqdilar-da, «nega keldingiz» deb so‘radilar. Ular «siznikiga ming
qop bug‘doy va taom kelib tushibdi, shuni eshitib sotib olgani keldik» deyishdi. «Unday
bo‘lsa, marhamat, ichkariga kiraveringlar»— deb Usmon ularni hovliga boshlab kiradilar.
Hovlida bug‘doylar to‘lib yotibdi. Usmon ularga qarab: «Shomdan sotib olgan bahoyimga
qanchadan foyda berasizlar?» deb so‘radilar. Ular: «o‘niga o‘n ikkidan beramiz»,
deyishdi. Usmon «bu kamlik qiladi», deganlarida ular «bo‘lmasa, o‘n beshdan beraylik»
deyishdi. Usmon «yana qo‘shinglar», deganlarida, ular «yana qancha qo‘shaylik», axir
biz Madina savdogarlarimiz-ku?» deyishdi. «Har tangasiga o‘n tangadan bera olasizmi?»
dedilar. Ular «yo‘q» deb javob berishdi. «Unday bo‘lsa guvoh bo‘ling, ey savdo ahli, bu
bug‘doy Madina kambag‘allariga sadaqa qilinadi» dedilar va hammasini bepul sadaqa
qilib yuborganliklarini ibni Abbos rivoyat qiladilar.
Usmon shu darajada oliy himmat saxiy edilar. U janob Ollohdan benihoya qo‘rqardilar.
U kishi Abu Bakr, Umar va boshqa sahobalar kabi urushdan katta martabalarga ega
bo‘lmaganlar. Zero, Rasululloh hazratlari Zotir ruko’ va G’atfon g‘azotlariga chiqqanlarida
Usmonni Madinada o‘z o‘rinlariga qoldirib ketgandilar. Qurayshlar ichida qarindoshlariga
yaxshilik qiladiganlaridan edilar. Kunduzlari ko‘pincha ro‘za tutardilar, kechalari esa
uyg‘onib namoz o‘qirdilar. Rasululloh hazratlari 146 ta hadis rivoyat qilganlar. O’zlari
so‘zamol kishi bo‘lmaganlaridan xalifalikka saylangan vaqtlarida xutbalar o‘qiyotib ham
va’z ayta turib juda qiziqib, zo‘rg‘a gapirar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: