www.ziyouz.com kutubxonasi
58
ummaviylar hukmronligi vaqtida musulmonlar bilan vizantiyaliklar o‘rtasida davom etgan
dengiz janglarida juda katta ishlarni amalga oshirishda benihoya xizmatlar qilgan.
USMONIING BA’ZI BIR AMALLARI
Usmon (r. a.)ning Olloh taolo va taborakning roziligini istagan holda sof niyatda
amalga juda ko‘p islohotlari va maqtovga loyiq ishlari bo‘lgan. Mazkur islohot va
amallarni xalifalik davrlarida o‘zlarining bevosita taklif va jiddiyatlari tufayli amalga
oshirganlar. Quyida biz u zot harakatlari orqasida amalga oshgan ba’zi bir ishlarni
hurmatli o‘quvchilarga taqdim etamiz.
Makka aholisi 26-yili Eson dengiz portini yangidan Jidda yaqinidagi sohilga ko‘chirish
to‘g‘risida maslahat qildilar. Chunki bunday qilinganda port Makkaga yaqinroq bo‘lgan
bo‘lur edi. Hazrati Usmon o‘zlari sahobai qiromlar bilan birgalikda Jidda sohiliga
boradilar. U yerni sinchiklab o‘rganganlaridan so‘ng, port quriladigan joyni ko‘rsatib
bergandilar. Keyin dengizga tushib u yerda g‘usl qilganlar. «Bu yer muborak sohil
bo‘lsin», deb duo qilganlar. O’zlari bilan kelganlarni ham dengizga tushib cho‘milib,
qirg‘oqda oftobga tovlanib yotishga amr etdilar. O’sha davrda barpo etishga asos
solingan Jidda porti hanuzgacha Makkayi-mukarramaga xizmat qilib kelmoqda. Yana
o‘sha yili Baytullohning atroflaridagi hovlilarni sotib olib Baytullohga qo‘shganlar.
Baytulloh atrofiga katta koshonali xonalarni bino ettirganlar. Ollohning baytul haramini
birinchi bo‘lib kengaytirgan shaxs Usmon (r. a.) bo‘ldilar. Shuningdek, Baytullohning
muborak padarpushlari johiliyat zamonida teridan qilingan edi. Hazrati Usmon
Baytullohning ustlaridagi teri yopqichni oldirib tashlab, o‘rniga Misr ipak paxtasidan
to‘qilgan oq mato yoptirganlar. 24-yilda Madina aholisi Usmon (r. a.) bilan Masjiddin
nabaviyni kengaytirish xususida so‘z yuritganlarida hazrati Usmon kibor sahobalar ila bu
haqda maslahat qildilar. Hammalari eski masjidni buzib, o‘rniga keng va kattaroq masjid
bino qilishlikka ittifoq etdilar. Ushbu maslahat bir yerga tinganidan so‘ng hazrati Usmon
peshin namozini xalq bilan o‘qidilar. Namoz tugagach, o‘rinlaridan turib minbarga
chiqdilar va xalqqa qarata nutq so‘zladilar.
Nutqlarining iborasi quyidagicha edi: — Ey xaloyiq! Men masjidi Rasulullohni buzub
tashlab o‘rniga qaytadan yangi va keng, kattaroq qilib qurmoqchiman. Men guvohlik
berib aytamanki, Rasululloh alayhissalomdan, «Kimki bir masjidni bino qilsa, unga
jannatda bir xona bino qilinadi», deganlarini juda ko‘p bor o‘z qulog‘im bilan
eshitganman. Mendan avvalroq o‘tgan salaf Umar ibni Hattob ham masjidni
kengaytirganlar. Men o‘shalarga ergashgan bo‘laman. Men kibor sahobai kirom ila bu
haqda maslahatlashdim. Ular masjidning eski binosini buzib tashlab o‘rniga kengroq va
ulkanroq qilib qurishga ittifoq qildilar.
To‘plangan xaloyiq Usmon (r. a.)ning ushbu fikrlarini to‘g‘ri deb topdilar. Shundan
keyin Usmon (r. a.) ishchilarni yollab, o‘zlari ish boshida boshqarib turib qurilishni
boshlab yubordilar. Qurilish 29-yil rabiul avval oyida boshlanib, bir yilga yetmagan vaqt
ichida ya’ni 30-yil boshlarida nihoyasiga yetkazildi.
Rivoyat qilinishicha, Usmon (r. a.) odamlar bilan gaplashib masjidni buzish haqida
maslahatlashmoqni iroda qilgan vaqtlarida oldilariga Mavlon ibni Xikam kelgan ekan va u
kishiga qarab: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, juda xayrli ishga kirishibsiz. Biroq,
odamlarning esidan chiqmaydigan bir ish qilsangiz bo‘lardi», degan ekan. So‘zini tinglab
turib Usmon «holingga voy, Usmon bizga qattiqliklar qilardi, deb gapirib yurishlarini
yomon ko‘raman»— deya javob berdilar. Mavlon debdi: «Umar masjidni kengaytirgan
vaqtlarida ularga qanday muomala qilganlarini ko‘rmadingizmi?» Usmon ung‘a qarab:
«Jim bo‘l! Umar ularni juda qattiq qo‘lliq bilan ushlab turganlaridan hammalari u
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |