Bog'liq 8c055b7488480b8c767d56ad583573e58734370b5f9e878f5a358ff069bdf6fb
Savollar va javoblar
Kobul hukmdori Muhammad Zahiriddin Bobur Hindistonga yurish qilganida u yerda kimlar hukmronlik qilardi?
Afg'on qabilalaridan chiqqan lo'diylar sulolasi
2. Bobur Mirzo qaysi jangda Ibrohim Lo'diy qo'shinini tor-mor etdi?
Panipat jangida
3. Bobur Mirzo qachon Ibrohim Lo'diy qo'shinini tor-mor etdi?
1526-yil 21-aprelda
4. Hindistonda Boburiylar hukmronlik qilganyillarni aniqlang.
1526-1858 yillar (332-yil)
5. Mirzo Bobur o'limidan keyin taxtga kim o'tirdi?
Humoyun
6. Hindistonda Humoyun imperatorligi davrida uning asosiy raqibi kim edi?
Bixor va Bengaliyada joylashib olgan afg'on qabilasi yetakchisi Sherxon Sur
7. Hindistonda Humoyun taxtdan ayrilgan yillarida kimlardan kuchli qo'shin tuza olgan edi?
turk, fors, turkman va o'zbeklardan
8. Afg'on qabilasi yetakchisi Sherxon Sur nechanchi yillarda Hindiston taxtini egallab olgan edi?
1540-1555 yillarda
9. Hindistonda Boburiylar imperiyasida kim "Buyuk" unvonini olgan edi?
Akbarshoh
10. Akbarshoh qachon otasi taxtini egalladi?
1556-yilda
11. Akbarshoh qachon afg'on qabilalari qo'shinini tor-mor etdi?
1556-yilda
12. Qachon Boburiylarga qarshi afg'onlarning Sur sulolasi butunlay yanchib tashlandi?
1559-yilda
13. "Akbar Hindiston tarixidagina emas, balki jahon tarixida ham eng buyuk shohdir.Agar yevropalik hukmdorlar bilan taqqoslanadigan bo'lsa, Akbar ulug'vorlikda ham, omadborarlikda ham ulardan ustun turadi" - deb qaysi tarixchi aytib o'tgan edi?
Ishvari Prasad
14. Boburiy Akbarshoh qaysi fanlar ilmini yaxshi egallagan edi?
falsafa, din, adabiyot va tarix
15. Akbarshoh amalga oshirgan islohotlarni toping.
Hamma javoblar to'g'ri
16. Hindistonda qaysi hukmdor "Milliy podshoh", "Xalq hukmdori" kabi nomlarga sazovor bo'lgan?
Akbarshoh
17. 1627-1658 yillarda kim Hindistonda hukmronlik qilgan?
Shoh Jahon
18. 1658-1707 yillarda kim Hindistonda hukmronlik qilgan?
Avrangzeb
19. Avrangzeb hindlarni qaytadan "jizya" solig'i to'lashga qachon majbur etdi?
1679-yilda
20. Avrangzeb islohotlari natijasida hind savdogarlariga tovarning necha foizi miqdorida soliq joriy etildi?
5 foiz
21. Buyuk Britaniya Bengaliyani qachon bosib olgan?
1757-yilda
22. Jogir bu -
Harbiy xizmat evaziga in'om etilgan yerlar
XVI asrda Xitoyda qaysi sulola hukmronlik qilardi?
Min
2. XVI asr oxiri - XVII asr boshlarida Xitoy uchun o'ta xavfli qanday tashqi raqib paydo bo'ld?
Manjuriya davlati
3. Manjuriya hozirgi qaysi hududlarga to'g'ri keladi?
Xitoy Xalq Respublikasi shimoliy-sharqiy qismi (Dunbey)
4. Manjuriya hukmdori Abaxay qachon o'zini imperator deb e'lon qildi?
1636-yilda
5. Manjuriya hukmdori Abaxay o'z sulolasini qanday nom bilan atay boshladi?
Sin (toza, tiniq)
6. Manjuriya zulmiga qarshi Xitoyda dehqonlar qo'zg'oloniga kim qo'mondonlik qildi?
Li Szi Chen
7. Manjuriya zulmiga qarshi Xitoyning janubiy-g'arbiy hududlarida dehqonlar qo'zg'oloniga kim qo'mondonlik qildi?
Chjan Syan-chjun
8. Xitoyda Min sulolasi qachon ag'darildi va qaysi sulola hukmronligi boshlandi?
1644-yilda, Sin
9. Xitoyda Sin sulolasi hukmronligi yillarini aniqlang.
1644-1911 yillar
10. Min sulolasining so'nggi davrlarida shimolda Manjuriyaga qarshi kim hukumat qo'shinlari bilan kurashayotgan edi?
General U San-guy
11. Sin sulolasi hukmronligi yillarida Koreya qachon vassal davlatga aylantrildi?
1637-yilda
12. Qachon Xitoyda Guanchjoudan boshqa barcha portlar Yevropa kemalari uchun yopib qo'yildi?
1757-yilda
13. Qachon Xitoy shimoliy va G'arbiy Mo'g'ulistonda tashkil topgan Jung'oriya (Oyrat) xonligini nutunlay bosib oldi?
1758-yilda
14. Qachon Nepal davlati Sin sulolasining vassal davlatga aylantirilganligini majburan tan oldirdi?
1792-yilda
15. Despotik davlat bu -
Huquqi cheklanmagan, zo'ravonlikka asoslangan hokimiyat
16. Korrupsiya bu -
Mansabdor shaxslarning shaxsiy boyish maqsadida sotilishi
XVI asr boshlarida Yaponiyada ...
o'zaro ichki urishlar oqibatida, amalda mayda-mayda davlatlarga bo'linib ketgan edi
2. ...Yaponiyada "Kurashuvchi vloyatlar davri" boshlandi
1507-yildan
3. Yaponiyada o'zar ichki kurashlar qaysi sulola hokimiyatining ag'darilishi bilan nihoyasiga yetdi?
1573-yilda ikkinchi syogun Asikaga
4. XVI asr oxirlarida Yaponiyani birlashtirishdek tarixiy vazifaga kim rahbarlik qildi?
Oda Nobunaga
5. XVI asr oxirlarida Yaponiyada Oda Nobunaga amalga oshirgan islohotlarni tartibi bilan joylashtiring.1.Katta yer egalari yerlari musodara qilinib, dehqonlarga bo'linib berildi 2.Mahalliy soliq va bojxona to'lovlarini bekor qildi 3.Savdo yo'llari va ko'priklar ta'mirlandi 4.Shaharlarga bozorlar ochish huquqi berildi 5.Bir xil o'lchovli oltin tangalarni muomalaga kiritdi 6.Shaharlarning tashqi savdo faoliyati rag'batlantirildi.
2,3,4,5,6
6. XVI asrning 40-yillarida Yevropalik davlatlardan qay biri Yaponiyaga kirib kela boshladi?
Portugaliya
7. 1543-yilda Yaponiyaning Bungo viloyati hukmdori bilan turli tovarlar olib kelish bo'yicha savdo shartnomasini imzolagan Portugaliya savdogarini aniqlang.
Mendish Pintu
8. Yevropaliklarning Yaponiya kirib kelishlarining eng ahamiyatli joyi...
o'qotar qurolning Yaponiyaga keltirilishi va u yerda ishlab chiqarilishi bo'ldi
9. Quyidagi shaxslardan qay biri yaponlarga o'qotar qurollar yasash sirlarini o'rgatgan edi?
Mendish Pintu
10. Yaponiyada kim xristian dining yoyilishiga homiylik qilgan edi?
Oda Nobunaga
11. Nima uchun Oda Nobunaga xristianlikni qo'llab quvvatlagan edi?
budda din peshvolari unga qarshi kuchlarni qo'llagan edilar
12. Qachon Oda Nobunaga fitna qurboni bo'ldi?
1582-yilda
13. Oda Nobunaga fitna qurboni bo'lganidan keyin uning ishini kim davom ettirdi?
Toyotomi Xidayosi
14. Qachon Toyotomi Xidayosi barcha xristian ruhoniylarining Yaponiyani tark etishi kerakligi to'g'risida qonun chiqardi?
1587-yilda
15. Toyotomi Xidayosining 1587-yildagi qonuni kimlarga nisbatan qo'llanilmagan edi?
Portugaliya savdogarlari
16. XVI asrda Yaponiya qaysi davlat bilan o'zaro manfaatdorlikka asoslangan savdo shartnomasini imzolagan edi?
Portugaliya
17. Toyotomi Xidayosi vafotidan 16 yil oldin va 16 yil keyin bo'lgan voqealarni aniqlang.
Oda Nobunaga fitna qurboni bo'ldi va Yaponiyada xristian dini taqiqlandi
18. Yaponiyada so'nggi syogunlikni aniqlang.
Tokugava
19. Yaponiyani birlashtirish ishi qaysi syogunlik davrida amalga oshgan edi?
Tokugava
20. Yaponiyada Tokugava syogunligining hukmronlik yillarini aniqlang.
1603-1867-yillar
21. Tokugava sulolasining sakkizinchi vakilini aniqlang.
Tokugava Yosimune
22. Tokugava sulolasidan Yosimune hukmronlik yillarini aniqlang.
1716-1745-yillar
23. Yaponiyada Tokugava Yosimune hukmronligi boshlangan yili ...
Buyuk Britaniyada professional parlament vujudga keldi
24. Yaponiyada qaysi hukmdor davrida yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo'yishni taqiqlovchi qonun chiqarilgan edi?
Tokugava Yosimune
25. Yaponiyada qaysi hukmdor davrida mamlakat va jamiyat hayotini tartibga soluvchi "Yuz moddali Farmon" deb ataluvchi qonunlar to'plami qabul qilingan edi?
Tokugava Yosimune
XVI asrda Usmonli imperiyasi ma'muriy jihatdan qanday bo'lingan edi?
imperiya-viloyat-sanjoq
2. Usmonli turk imperiyasida viloyatlarni kimlar boshqargan edi?
vali
3. Usmonli turk imperiyasining tayanchi bu - uning ...edi.
qo'shini
4. Usmonli turk imperiyasida otliq askar sipohilar zaruriyat tug'ilganda kim boshchiligida belgilangan joyga yetib kelishlari kerak edi?
sanjoqbey
5. Usmonli turk imperiyasining doimiy qo'shini nima deb atalar edi?
yanichar
6. XVI asrda Usmonli turk imperiyasining Osiyodagi asosiy raqibi qaysi davlat edi?
Eron
7. Usmonli turk imperiyasi sultoni Sulton Salim qachon Ismoil Safaviy qo'shinlarini yengdi?
1514-yilda
8. XVI asrda qaysi davlat safaviylar ittifoqchisi bo'lib, Usmonli turk imperiyasiga qarshi kurashgan edi?
Misr
9. Sulton Salim istilolarini ketma-ketlikda joylashtiring.
Suriya - Falastin - Qohira
10. Sulton Salim 1517-yilda ...
Qohirani bosib oldi
11. Quyidagi qaysi imperiya dunyoning uch qit'asida - Osiyo, Yevropa va Afrikada joylashgan edi?
Usmonli turk imperiyasi
12. 1519-yilda Usmonli turk imperiyasida kim boshchiligida qo'zg'olon bo'lib o'tgan edi?
shayx Jalol
13. XVI asr o'rtalarida Usmonli turk imperiyasida qishloq xo'jaligi nima sababdan inqirozga yuz tutgan edi?
dehqonlarning xonavayron bo'lishi va qochib ketishlari
14. 1610-yilda Turkiyada chiqarilgan maxsus farmon qanday nomlangan edi?
"Adolat farmoni"
15. Qachon Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi "Muqaddas Liga" tuzgan edilar?
1684-yilda
16. Qachon Turkiya avvalgidek hujumkor qudratga ega bo'lmay qolgan edi?
XVI asr oxiri - XVII asr boshlarida
17. XVII- XVIII asrlarda Turkiyada qaysi davlat savdogarlari uchun faqatgina 3 foiz miqdorda boj o'rnatilgan edi?
Fransiya
18. XVIII asrda Turkiya qaysi davlat bilan bir necha bor urushgan edi?
Rossiya
19. "Ittifoq, birlashma" degan ma'noni bildiruvchi atamani aniqlang.
liga
XV asrda Erondagi siyosiy beqarorlik uni qaysi davlat tomonidan bosib olinish xavfini kuchaytirgan edi?
Turkiya
2. XVI asr boshlarida Eronni birlashtirishga muvaffaq bo'lgan Ismoil Safaviy qaysi shahar hukmdori edi?
Adabiy
3. 1502-yilda Ismoil Safaviy qaysi shaharni egallab o'zini shohanshon deb e'lon qilgan edi?
Tabriz
4. Ismoil Safaviy Eronda hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
1502-1524-yillar
5. Ismoil Safaviy tuzgan "Safaviylar" davlatiga Erondan tashqari yena qaysi hududlar kirgan edi? 1.Ozarbayjon 2.Armanistonning bir qismi 3.Afg'oniston 4.janubiy-sharqiy Iroq
1, 2, 3, 4
6. Ismoil Safaviy markaziy boshqaruvchi mustahkamlash maqsadida qaysi yer egaligi bekor qilib, qanday yer egaligini joriy qilgan edi?
suyurg'olni bekor qilib, tiyulni joriy qilgan
7. Quyidagi fikrlardan qay biri tiyul haqida noto'g'ri fikr beradi?
bunday yerlarni meros qoldirish mumkin edi
8. Eronda shoh Abbos I hukmronlik qilgan yillarni to'g'ri aniqlang.
1587-1629-yillar
9. Safaviylar davlati qaysi hukmdor davrida o'zining qudrati cho'qqisiga ko'tarilgan edi?
shoh Abbos I
10. Eron shohi Abbos I poytaxtni qayerdan qayerga ko'chirgan edi?
Ozarbayjondagi Tabrizdan Erondagi Isfahonga
11. Eron shohi Abbos I quyidagi qaysi davlatlar bilan keng ko'lamli savdo-sotiq yo'lga qo'ygan edi? 1.Rossiya 2.Niderlandiya 3.Turkiya 4.Angliya 5.Venetsiya 6.Fransiya
1, 2, 3, 4, 5, 6
12. Eron shohi Abbos I qaysi davlat mutaxassislari yordamida o'q otuvchi qurol va to'p joriy qilgan edi?
Angliya
13. 1602-yilda Eron o'zining azaliy raqibi bo'lgan qaysi davlatni tor-mor qilgan edi?
Turkiya
14. 1602-yildagi g'alabasidan keyin Eron qayerda mustahkamlanib olgan edi?
Kavkazda
15. Eron Angliya yordamida qaysi davlatni Ormuz orolidan quvib chiqarishga muvaffaq bo'lgan edi?
Portugaliya
16. Eron Ormuz oroli orqali Yevropaga nima eksport qilar edi?
ipak
17. Quyidagi qaysi savdo kompaniyasi Eron bilan savdoda katta imtiyozlarga ega bo'lib olgan edi?
"Ost-Indiya"
18. XVIII asrdan boshlab nima uchun Safaviylar davlatida iqtisodiy tushkunlik boshlangan edi?
tiyul yer egaligining ko'payishi natijasida davlatga qarashli yerlarning kamayishi tufayli
19. Turkiyada "Adolat" farmoni chiqarilgandan 100 yil o'tib ...
Eronda shoh Husayn dehqonlarning yerni tashlab ketishni taqiqlovchi qonun chiqardi
20. 1709-yilda Eronga qarshi qayerda isyon ko'tarilgan edi?
Afg'onistonda
21. Afg'onlar yetakchisi Mir Mahmud qachon Eronni istilo qilgan edi?
1722-yilda
22. Safaviylar sulolasining so'nggi hukmdorini aniqlang.
Taxmasp II
23. Nodirquli turkmanlarning qaysi qabilasi yetakchisi edi?
afshor
24. Nodirquli qachon Eronni afg'on bosqinidan ozod qilgan edi?
1730-yilda
25. Nodirquli qachon aslzodalar qurultoyida o'zini Eron shohi deb e'lon qilishga erishgan edi?
1736-yilda
26. Ichki kurashlar natijasida qachon Nodirshoh o'ldirilgan edi?
1747-yilda
27. Nodirshoh o'ldirilgandan keyin qaysi qabilalar o'rtasida Eronda hukmronlik uchun kurash ketgan edi?
zend va qojar
28. Eronda zendlar sulolasining hukmronlik yillarini aniqlang.
1758-1796-yillar
29. 1796-yilda Eronda qaysi sulola hokimiyatga keldi?
qojar
30. Eronda qojarlar davrida davlat poytaxti qaysi shahar bo'lgan edi?
Tehron
31. Eronda qojarlar sulolasi qachongacha hukmronlik qildi?
1925-yilgacha
32. XVI-XVIII asrlarda Eronda sulolalar necha marta almashdi?
4 marta
XIX asr boshlarida Buyuk Britaniyada sanoat gurjirab rivojlanishida qaysi sohalar yetakchi o'rinni egalladi?
To'qimachilik, metallurgiya, mashinasozlik va kon
2. 1816-yilda Buyuk Britaniyada mashinalashgan ishlab chiqarish necha kishining qo'l mehnatiga teng ishni bajardi?
150 mln
3. XIX asr boshlarida Buyuk Britaniya aholisi qanchani tashkil etar edi?
12 mlnni
4. Dunyoda birinchi temiryo'l qachon, qaysi davlatda qurildi?
Buyuk Britaniyada, 1825-yilda
5. XIX asr insoniyat tarixiga qanday yil bo'lib kirgan?
Bug' asri
6. Qachondan Buyuk Britaniya qishloq xo'jaligida mashinalar va kimyoviy o'g'itlar ishlatila boshlandi?
XIX asrning 40-yillarida
7. Dunyoning birinchi industrial davlatiga aylangan davlatni aniqlang.
Buyuk Britaniya
8. Qachondan Buyuk Britaniyada sanoat to'ntarishi tugallandi?
XIX asrning 50-yillarida
9. Buyuk Britaniya parlamenti ...ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonun qabul qildi?
1825-yilda
10. Buyuk Britaniyada 1832-yilgi parlament islohotiga ko'ra...
Hamma javoblar to'g'ri
11. Buyuk Britaniyada 1832-yilgi parlament islohotiga ko'ra...
Hamma javoblar to'g'ri
12. Qachondan Buyuk Britaniyada 13 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun 8 soatlik ish vaqti belgilandi?
1833-yildan
13. Qachondan Buyuk Britaniyada 9 yoshgacha bo'lgan bolalar mehnati taqiqlandi?
1833-yildan
14. Qachon Londonda ishchilarning "Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Assotsatsiyasi" tuzildi?
1836-yilda
15. Buyuk Britaniyada 1867-yilgi parlament islohotiga ko'ra...
Shaharlarda o'z uyiga ega bo'lgan hamda alohida kvartirada turadigan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi
16. Buyuk Britaniyada 1867-yilgi parlament islohotiga ko'ra...
Saylovchilar soni 1832-yilgi 600 ming kishidan bir yo'la 2 mln kishiga yetdi
17. Buyuk Britaniya XVIII asr va XIX asrning I yarmi mobaynida bosib olgan tayanch punktlarini hududi bilan to'g'ri joylashtiring.1.Gibraltar 2.Singapur 3.Keytaun 4.Gongkong 5.Adan a) Ezgu Umid burni - Afrikaning janubiy qismi b) Xitoy bo'sag'asi c) Qizil dengizdan Hind okeaniga chiqish d) O'rtayer dengizidan Atlantika okeaniga chiqish e) Hindiston bo'sag'asi
1-d, 2-e, 3-a, 4-b, 5-c
18. 1861-yilga kelib, Avstraliyada yashovchi oq tanli aholi qanchani tashkil etdi?
1 mln 200 ming kishini
19. Buyuk Britaniya Kanadaga qachon dominionlik huquqini berdi?
1867-yilda
20. Dominion bu -
O'zini-o'zi boshqaradigan qaram yer
Quyidagi tarixiy voqealarning sodir bo'lgan yili noto'g'ri berilgan?
1805-yilda Prussiya poytaxti Berlin Napoleon tomonidan egallandi
2. 1804-yilda Napoleon Bonapart Fransiya ...idan o'zini imperator deb e'lon qilinishini talab qildi.
Senatidan
3. 1804-yilda Fransiyada tashkil topgan Napoleon Bonapart monarxiyasi kimga yoki nimaga tayanar edi? 1.dvoryanlarga 2.milliy burjuaziya 3.qo'shin 4.davlat amaldorlari 5.katta yer egalari 6.cherkov
2, 3, 4
4. 1805-yilda ...
Napoleon Venani egalladi
5. 1806-yilda ...
Napoleon Berlinni egalladi
6. 1807-yilda ...
Tilzit shartnomasi imzolandi
7. Napoleon Bonapart qaysi shaharda Britaniyaga nisbatan qit'a qamali e'lon qilingani haqida dekretni imzoladi?
Berlinda
8. Napoleon Bonapart tomonidan qit'a qamali qaysi davlatga nisbatan e'lon qilingan edi?
Buyuk Britaniyaga
9. Rossiya qaysi shartnomani imzolab, Fransiyaning g'alabalarini tan olishga va qit'a qamaliga qo'shilishga majbur bo'lgan edi?
Tilzit
10. Deyarli barcha Yevropa davlatlarini bo'ysundirgan Napoleon Bonapart qaysi davlatlarni bo'ysundira olmagan edi?
Britaniya va Rossiya
11. Rossiya qit'a qamaliga qo'shilgan bo'lsada qaysi davlat kemalarida Britaniyaga yuborishda davom etgan edi?
AQSH
12. Napoleon Bonapart qachon Rossiyaga katta qo'shin bilan bostirib kirgan edi?
1812-yilda 24-iyunda
13. Har ikkala tomondan katta talafotlar bo'lgan Borodino jangi qachon bo'lib o'tgan edi?
1812-yil 7-sentabrda
14. Jahon tarixida "Xalqlar jangi" sifatida qolgan Fransiya va ittifoqchi davlatlar o'rtasidagi jang qachon va qayerda bo'lib o'tgan edi?
1813-yil oktabrda, Leypsig ostonasida
15. 1814-yilda Napoleon taxtdan voz kechganidan keyin qayerga surgun qilingan edi?
Elba oroli
16. Napoleon taxtdan voz kechganidan keyin Fransiya qaysi sulola hokimiyatga qaytarilgan edi?
Burbon
17. 1815-yilda Fransiyada kim qirol sifatida toj kiydirilgan edi?
Lyudovik XVIII
18. Napoleon Bonapart qaysi orolda tug'ilgan edi?
Korsika oroli
19. Napoleon Bonapart va ittifoqchi qo'shinlar o'rtasidagi Vaterloo jangi qachon bo'lib o'tgan edi?
1815-yil 18-iyunda
20. Napoleon Bonapart butunlay tor-mor qilingan Vaterloo qishlog'i hozirda qayerda joylashgan?
Belgiyada
21. Vaterloo jangida mag'lub bo'lgan Napoleon Bonapart qayerga surgun qilingan edi?
Muqaddas Elena oroli
22. Fransiyaning "Buyuk qo'shini" Rossiyaga bostirib kirganidan 9 yil o'tib ...
Napoleon Bonapart vafot etdi
23. 1814-yilda Venada ochilgan kongressning asosiy maqsadi nima edi?
Yevropani g'oliblar manfaati yo'lida qayta taqsimlash
24. Quyidagi davlatlardan qay biri Vena kongressida ishtirok etmagan?
Italiya
25. Vena kongressida qaysi davlatning maqsadi Fransiyaning zaiflashuviga erishish, o'zining va mustamlakalar bosib olishdagi ustunligini saqlab qolish edi?
Britaniya
26. Vena kongressida Britaniya qaysi hududlarni qo'lga kiritgan edi? 1.Malta oroli 2.Krit oroli 3.Kapa yeri 4.Seylon oroli 5.Kanadaning bir qismi
1, 3, 4
27. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra Polshaning katta qismiga egalik qilib olgan davlatni aniqlang.
Rossiya
28. 300 dan ortiq mayda davlatlarda tashkil topgan Germaniya o'rnida 39 davlatdan iborat Germaniya ittifoqi tuzilgan bo'lib, unda qaysi davlat yetakchi edi?
Avstriya
29. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra Reyn viloyati va Vestfaliya qaysi davlatga qo'shib berilgan edi?
Prussiya
30. Vena kongressidan keyin qaysi davlat Shimoliy Italiyada mustahkamlanib olgan edi?
Italiya
31. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra, Belgiya qaysi davlatga qo'shib berilgan edi?
Gollandiya
32. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra, qaysi davlatning mustaqilligi tiklanib, abadiy betaraf davlat bo'lib qolgan edi?
Shveytsariya
33. Qaysi voqeadan keyin Fransiya ikkinchi darajali davlatga tushib qoldi?
Vena kongressidan keyin
34. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra, Fransiyaga qancha kontributsiya to'lash majburiyati yuklatilgan edi?
700 mln frank
35. Vena kongressi nafaqat Yevropa xaritasini o'zgartirib tashladi, balki yana boshqa masala haqida deklaratsiya qabul qilgan edi?
negr qullar savdosini taqiqlash to'g'risida
36. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra Muqaddas ittifoq tuzgan davlatlarni aniqlang.
Rossiya, Avstriya, Prussiya
1815-yilda Lyudovik XVIII hokimiyati qayta tiklangach ...
Hamma javoblar to'g'ri
2. Lyudovik XVIII qachon vafot etdi va taxtga kim o'tirdi?
1824-yilda, Karl X
3. 1830-yilda Fransiyada boshlangan inqilobning harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi?
burjuaziya, ishchilar, hunarmandlar va studentlar
4. Fransiyada yuz bergan "Iyul monarxiyasi" ga ko'ra taxtga kim o'tkazildi?
Lui-Fillip Orleanskiy
5. Fransiyada XIX asrning 30-yillari boshlarida qaysi soha ishchilarining ahvoli og'ir edi?
To'qimachilik sanoati
6. Fransiyada 1831-yilda Lion shahrida yuz bergan qo'zg'olonda qo'zg'olonchilar shiori nima edi?
"Ishlab yashaylik yoki jang qilib o'laylik"
7. Fransiyada qachon Lion to'quvchilari yana qo'zg'olon ko'tardilar?
1834-yilda
8. Fransiyada "Iyul monarxiyasi" da yuz bergan qo'zg'olonlarda kim xalqqa: "Mehnat va tejamkorlik bilan boying, ana shundagina sizlar saylovchi bo'lasizlar" - deb haqoratomuz murojaat etgan edi?
Bosh vazir Gizo
9. Fransiyada qurg'oqchilik yuz bergan yillarni aniqlang.
1845-1847 yillar
10. 1848-yil 23-fevral Fransiya tarixida ...
yana bir inqilob yuz berdi
11. Fransiyada Iyul monarxiyasi qulagach Fransiya qachon Respublika den e'lon qilindi?
1848-yil 25-fevral
12. 1848-yil 25-fevralda Fransiya Respublika deb e'lon qilingach ...
Hamma javoblar to'gri
13. 1848-yil dekabrda Fransiya hukmron doiralari kimni Fransiya Prezidenti etib saylashga erishdilar?
Lui Napoleon Bonapartni
14. Qachon Fransiya Prezidenti Lui Napoleon Bonapart davlat to'ntarishi o'tkazib, o'zi uchun xavfli barcha kishilarni qamoqqa tashladi?
1851-yil 2-dekabrda
15. Qachon Lui Napoleon Bonapart Napoleon III nomi bilan Fransiya imperatori deb e'lon qilindi?
1852-yil 2-dekabrda
16. Qachon Fransiyada ikkinchi imperiya o'rnatildi?
1852-yil 2-dekabrda
XIX asrda Germaniya inqilobining asosiy sababi ...kapitalizm taraqqiyotiga hamon to'siq bo'lib kelayotganligi edi.
O'rta asr feodal tartiblarining
2. Yevropada 1847-yilda yuz bergan inqiroz Germaniyada ...
ishsizlikning ko'payishiga, ish haqining pasayishiga olib keldi
3. XIX asr o'rtalarida Germaniyada inqilob boshlanishiga uchqun bo'lgan vazifani ayting.
Fransiyada 1848-yil fevral inqilobi
4. 1848-yilda Prussiya qirolligida nimaning joriy etilishi katta siyosiy yutuq edi?
Konstitutsiyaning
5. Qachon Italiya qirolligi tashkil etildi?
1861-yilda
6. Italiyani birlashtirishdek tarixiy vazifa qaysi qirollik zimmasiga tushdi?
Sardiniya
7. Italiya bosh vaziri K.Kavur nimaning tarafdori edi?
mo'tadil islohotlar va konstitutsiyaviy monarxiya
8. Italiya bosh vaziri Kamilo Kavur Avstriya zulmiga qarshi qaysi davlat bilan shartnoma tuzdi?
Fransiya
9. Italiyani birlashtirishning qizg'in tarafdori Juzeppe Garibaldi o'z harbiy kuchi bilan qachon Sitsiliya oroliga kelib tushdi?
1860-yilda
10. Italiya qirolligi tuzilgach, hokimiyatga kim keldi?
Sardiniya qiroli Viktor Emmanuil II
11. Qaysi voqea bilan Italiyani birlashtirish yakunlandi?
1870-yili Fransiya ta'siri ostida bo'lgan Rim shahrining qo'shib olinishi bilan
12. XIX 60-yillarida Germaniyada mavjud 23 ta davlatni birlashtirish qaysi davlatga nasib etdi?
Prussiyaga
13. Germaniyani yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy ishga kim rahbarlik qildi?
Otto fon Bismark
14. Prussiya bilan 22 nemis davlati qachon "Shimoliy Germaniya Ittifoqi" tuzish haqida shartnoma tuzishdi?
1866-yilda
Rossiyada qachondan mashinalashgan ishlab chiqarish joriy etila boshlandi?
XIX asrning 30-yillaridan
2. Qachondan Moskva va Peterburg shaharlarida mashinasozlik zavodlari qurildi?
XIX asrning 40-yillaridan
3. Qachondan Rossiyada temiryo'l qurilishi boshlandi?
XIX asrning 30-yillaridan
4. Rossiyada sanoat to'ntarishi qachonga kelib, yakunlandi?
XIX asrning 90-yillaridan
5. XIX asrning o'rtalariga kelganda Rossiyada aholining necha foizi shaharlarda yashar edi?
8 foizi
6. Rossiyada Somederjaviye va krepostnoylikka qarshi kurash qanday nom bilan kirgan?
"Dekabristlar harakati"
7. Rossiyada Dekabristlar harakati mavjud tuzumni ...
qurolli qo'zg'olon yordamida ag'darish rejasini tuzganlar
8. Rossiyada Dekabristlar 1821-1822 yillarda nechta mahfiy jamiyat tuzganlar?
2 ta
9. Rossiyadagi Dekabristlar harakatida "Janubiy jamiyat" yetakchisi kim edi?
Pavel Pestel
10. Rossiyada Dekabristlar yetakchisi Pavel Pestel ilgari surgan loyihalarni toping.
Hamma javoblar to'g'ri
11. Rossiyada Dekabristlar yetakchisi Nikita Muravyov ilgari surgan loyihalarni toping.
Hamma javoblar to'g'ri
12. Rossiyada Dekabristlar qo'zg'oloni qaysi kunga belgilandi?
podsho Aleksandr I o'rniga ukasi Nikolay I ni taxtga o'tkazish marosimiga
13. Rossiyada Dekabristlar qo'zg'oloni qaysi kuni boshlandi?
1825-yil 14-dekabr kunida
14. Rossiyada qaysi podsho "Inqilob Rossiya ostonasida turibdi.Ammo qasamyod qilib aytamanki, tanamda jonim bor ekan, inqiliob Rossiyaga kirmaydi" - deb ta'kidlagan edi?
Nikolay I
15. Rossiya podshosi Aleksandr II qachon krepostnoylik huquqining bekor qilinishi to'g'ridagi qonunni imzoladi?
1861-yil 19-fevralda
16. Podsho Rossiyasi 1853-1856 yillardagi Rossiya - Turkiya urushida mag'lubiyatga uchrashining asosiy sababi nimada edi?
iqtisodiy qoloqligi oqibati edi (krepostnoylik tuzumi taraqqiyot to'sig'iga aylangan edi)
17. Rossiyada Krepostnoylik huquqining bekor qilinishi to'g'ridagi qonunga binoan ...
Hamma javoblar to'g'ri
18. Vikup bu -
Dehqonda hukumat belgilagan yerdan ko'p yer bo'lsa, pomeshchikka o'tkazilishi
19. XIX asrda podsho Rossiyasi Shimoliy Kavkazni to'liq egallashi uchun qancha vaqt kerak bo'ldi?
30 yil
20. XIX asrda podsho Rossiyasi Shimoliy Kavkazni egallashiga tog'liklardan kim qattiq qarshilik ko'rsatdi?
Shomil
21. Butun Kavkaz qachon podsho Rossiyasi tarkibiga kiritildi?
1864-yilda
22. Rossiya Alyaskani AQSHga qachon sotib yubordi?
1866-yilda
23. Rossiya Alyaskani AQSHga sotishda qaysi davlat bilan sovuq munosabatlarda AQSHga tayanishni mo'ljallagan edi?
Buyuk Britaniya
Sanoat inqilobi AQSHda qachon boshlandi?
XIX asrning 30-yillarida
2. AQSHning shimoliy shtatlarida qulchilik qachondan bekor qilingan edi?
XIX asrning boshlaridayoq
3. AQSHda abolitsionistlar harakati bu -
(inglizcha - bekor qilish) - Qullikni bekor qilish uchun kurashuvchilar harakati
4. AQSHda XIX asrning 50-yillarining oxirlarida oq tanli fermer, abolitsionist Jon Braun qayerda qo'zg'olon o'tkazishga urinib ko'rdi?
Virginiyada
5. AQSHda XIX asrning 50-yillarining oxirlarida oq tanli fermer, abolitsionist ...Virginayada qo'zg'olon o'tkazishga urinib ko'rdi.
Jon Braun
6. AQSHda XIX asrning 50-yillarining oxirlarida oq tanli fermer, abolitsionist Jon Braun qo'zg'olon o'tkazishga urinib ko'rgan edi, uning tarkibida qancha odam bor edi?
22 kishi (5 nafari qora tanli)
7. AQSHda XIX asrning 50-yillarining oxirlarida oq tanli fermer, abolitsionist Jon Braun qo'zg'olon o'tkazishga urinib ko'rgan edi, u qayerda mustahkamlanib olgan edi?
Allegan tog'ida
8. AQSH davlat arbobi Avraam Linkoln qaysi partiyadan edi?
Respublikachilar partiyasidan
9. AQSHda 1860-yil Prezident saylovlarida kim g'alaba qozondi?
A.Linkoln
10. AQSHda kimning Prezidentlikka saylanishi bilan hukumatda quldorlar hukmronligiga barham berildi?
A.Linkoln
11. XIX asrda AQSHda Janub plantatorlari manfaatini himoya qilgan partiya qaysi edi?
Demokratlar partiyasi
12. AQSHda fuqarolar urushini muqarrar qilgan hodisa nima edi?
Janubiy shtatlar o'z Prezidentlariga ega Konfederatsiya tuzganligi
13. AQSHda fuqarolar urushi bo'lib o'tgan yillarni toping.
1861-1865 yillar
14. AQSHda fuqarolar urushi qanday yakun topdi?
1863-yilda qullik bekor qilinib, 1865-yil aprelda shimolning g'alabasi bilan
15. AQSH Konstitutsiyasiga qora tanlilar oq tanlilar qanday huquqlarga ega bo'lsa, ularga ham shunday huquqlar berilishini nazarda tutuvchi o'zgartirish qachon kiritildi?
1865-yilda
16. AQSHda Gomestlar to'g'risidagi qonun bu -
Qullikni bekor qilish uchun kurashuvchilar to'g'risidagi qonun
XIX asr boshlarida Lotin Amerikasining ko'pgina davlatlari qaysi davlat mustamlakasi edilar?
Ispaniya
2. Lotin Amerikasiga dastlab ko'chib kelgan ispan va portugallarning avlodlari nima deb yuritilgan?
kreollar
3. XIX asr boshlarida Ispaniya amaldorlari kreollarga nisbatan qanday munosabatda bo'lgan edilar?
mensimay qaraganlar
4. Meksika xalqi ozodlik kurashining shonli qahramonlari kimlar edilar?
Migel Idalgo va Xose Morelos
5. 1810-yilgi Meksika xalqi ozodlik kurashida Idalgo dehqonlarning qaysi tabaqalarini kurashga chaqirdi?
hindular va mulatlardan
6. Meksika xalqi ozodlik kurashining shonli qahramoni Migel Idalgo qachon otib o'ldirildi va uning ishini kim davom ettirdi?
1811-yilda, Xose Morelos
7. Qachon Meksika mustaqillikka erishdi?
1821-yilda
8. Qachon Meksika Respublika deb e'lon qilindi?
1824-yilda
9. Venesuelada mustaqillik urushiga kim rahbarlik qildi?
Simon Bolivar
10. Simon Bolivar qanday oilada tug'ilgan edi?
kreol - pomeshik va savdogar oilasida
11. "Ispaniya mening mamlakatimni bandi qilgan zanjirlarni parchalab tashlamagunimcha xotirjam bo'lmayman" - deb ta'kidlagan ozodlik urushi yo'lboshchisini aniqlang.
Simon Bolivar
12. Lotin Amerikasi xalqlarining milliy ozodlik kurashida "Xasloskor" nomini olgan shaxsning nomini aniqlang.
Simon Bolivar
13. Simon Bolivar Venesuela ozodlik kurashida Yevropaning ilg'or jamoatchiligiga murojaat etganida qaysi mamlakatlardan ko'ngilli jangchilar kelgan edilar?
Irlandiyaliklar, inglizlar, nemislar, italyanlar, polyaklar, ruslar
14. Qachon Venesuela mustaqillikka erishdi?
1811-yilda
15. Simon Bolivar qaysi davlatning Ispaniyadan ozodlikka erishishiga yordamlashdi?
Yangi Granada
16. Qachon Yangi Granada Venesuela bilan birlashdi?
1811-yilda
17. Yangi Granada Venesuela bilan birlashgandan so'ng unga qanday nom berildi?
Buyuk Kolumbiya
18. Simon Bolivar Buyuk Kolumbiya Prezidenti etib tayinlangach, amalga oshirishga uringan tadbirlardan xato javobni aniqlang.
Hindularga solinadigan o'lponni bekor qildi
19. Qachon Simon Bolivar iste'fo berdi?
1830-yilda
20. "Inqilobga xizmat qilish - bu dengizni shudgor qilish bilan barobardir" - deb ta'kidlagan ozodlik urushi yo'lboshchisini aniqlang.
Simon Bolivar
21. Argentinada mustaqillik uchun qurolli kurash qachondan boshlandi?
1810-yildan
22. Argentinada mustaqillik uchun qurolli kurash boshlangan va milliy bayram kuni bo'lib qolgan sanani aniqlnag.
25-may
23. Qachon Braziliya Portugaliyadan mustaqillikka erishdi?
1822-yilda
24. Qachon Yuqori Peru Ispaniya zulmidan uzil-kesil ozod bo'ldi?
1825-yilda
25. Yuqori Peru keyinchalik qanday nom bilan atala boshlandi?
Simon Bolivar sharafiga Boliviya
26. Argentina qachon mustaqillikka erishdi?
1826-yilda
27. Urugvay qachon mustaqillikka erishdi?
1830-yilda
28. Kuba qachon mustaqillikka erishdi?
1869-yilda
29. Lotin Amerikasi mamlakatlarida mustaqillikdan keyin qanday tuzum o'rnatildi?
Braziliyadan boshqa hammasida Respublika tuzumi
30. Lotin Amerikasi xalqlarining milliy ozodlik kurashi yana qanday xususiyatlarga ega edi?
burjua inqilobi ham edi
31. Lotin Amerikasi davlatlari hududiga kirmaydigan davlatni aniqlng.
Angola
32. Amerikada oq tanli aholiga mansub kishi bilan hindular o'rtasidagi nikohdan keyin tug'ilgan avlod nima deb yuritiladi?
metislar
33. Oq tanli va qora tanli kishilar o'rtasidagi nikohdan keyin tug'ilgan avlod nima deb yuritiladi?
mulatlar
XIX asrning 70-yillarigacha bo'lgan davrda Buyuk Britaniya Hindistonda ...
Hamma javoblar to'g'ri
2. XIX asrning 70-yillarigacha bo'lgan davrda Hindistonda mahalliy to'qimachilik hunarmandchiligini xonavayron qilgan omil nima edi?
Buyuk Britaniya to'qimachilik mahsulotlarining Hindistonda sotilishi
3. Sipohilar qo'zg'aloning ko'tarilishiga bevosita nima ta'sir etgan edi?
Patron bilan o'qlanadigan miltiq joriy etilshi
4. Sipohilar qo'zg'aloni qachon boshlandi?
1957-yilda
5. Sipohilar qo'zg'alonida partizanlar otryadlariga kim boshchilik qildi?
Tantiya Topi
6. Sipohilar qo'zg'alonida dushman Jxansi shahriga bositirib kirganida, kim jasorat ko'rsatib, oxirgi o'qi qolguncha kurashdi?
Lakshmi Bay
7. Qachon Hindiston Buyuk Britaniya mulki deb e'lon qilindi?
1858-yilda
8. Sipohilar qo'zg'aloni bostirilgandan so'ng, Buyuk Britaniya hukumati ...
Hamma javoblar to'g'ri
XIX asrning 70-yillarigacha bo'lgan davrda qaysi davlatda "Imperator yorug' dunyoning xudosi va boshqa barcha davlatlar ularning soliq to'lovchilaridir" - degan chirkin g'oya zo'r berib singdirilar edi?
Xitoyda
2. "Birinchi afyun urushi" nechanchi yillarda bo'lib o'tdi?
1840-1842 yillarda
3. "Afyun urushlari" qaysi davlatlar o'rtasida bo'lib o'tgan edi?
Buyuk Britaniya - Fransiya - Xitoy
4. "Birinchi afyun urushi" da qaysi davlat g'alaba qozondi?
Buyuk Britaniya
5. "Birinchi afyun urushi" dan so'ng Buyuk Britaniya qaysi orolni bosib oldi?
Gongkong
6. "Ikkinchi afyun urushi" qachon yuz berdi?
1856-yilda
7. Dehqonlar urushi va taypinlar davlatining mavjud bo'lgan yillarini aniqlang.
1850-1864 yillarda
8. Taypinlar jangchilariga kim rahbarlik qilgan?
Xun Syusyuan
9. Taypinlar qo'zg'olonchilari qaysi viloyatda davlat barpo etganlar?
Yanszi
10. Taypinlar qo'zg'olonchilari o'z davlatlarini qanday nomlaganlar?
"Samoviy mo'l-ko'lchilik davlati"
11. Taypinlar qo'zg'olonchilari davlatining markazi qaysi shahar bo'lgan?
Nankin
12. Taypinlar qo'zg'olonchilarini bostirishga urinayotgan hukumatga qaysi davlatlar yordamlasha boshladilar?
Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSH
13. Afyun urushlari va taypinlar qo'zg'olonidan so'ng Xitoyda yuz bergan xato javobni aniqlang.
Xitoy iqtisodiyoti barqarorlashuviga erishildi
14. Xitoyda 1861-yilda imperatorlik taxtiga kim o'tirdi?
Malika Sisi
15. O'zini "butun mamlakatning onasi" deb nomlagan Xitoy imperatorini aniqlang.
Malika Sisi
16. Xitoyni qudratli davlatga aylantirish harakatini boshlab bergan hukmdor sifatida nom qoldirgan imperatorni aniqlang.
Malika Sisi
17. Afyun bu -
(ruscha - opium) Kuchli giyohvand moddalarining bir turi