Aim.uz
Tohir Malik. “Alvido bolalik” qissasi.
Dars rejasi:
Yozuvchi haqida ma’lumot.
Tohir Malikning yozuvchi sifatida shakllanishidagi o’ziga xosliklar.
“Alvido bolalik” asarining yozuvchi ijodidagi o’rni.
Tayanch so’z va iboralar: Adibning hayot yo’li, yozuvchi sifatida shakllanishidagi o’ziga xosliklar, asarlari, “Alvido bolalik” qissasi qahramonlarining xatti-harakatlari haqidagi fikrlar. Qissada o’smirlik hayoti muammolariga jamiyat a’zolari munosabatining ifodalanishi.
O’zbek adabiyotida Tohir Malik o’zining “Somon yo’li elchilari”, “Zaharli g’ubor”, “Chorrahada qolgan odamlar”, “Falak” va boshqa fantastic, “Charxpalak”, “Bir ko’cha, bir kecha”, “So’nggi o’q”, “Shaytanat” singari detektiv asarlari bilan tanilgan va kitobxonlarning sevimli yozuvchisiga aylangan ijodkordir.
Bir qator hukumat nishonlari va mukofotlari bilan taqdirlangan, O’zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 1946-yil dekabrda Toshkentda ziyoli oilada dunyoga keldi. Barcha tengdoshlari singari u ham urushdan keyingi turmush qiyinchiliklarini boshidan kechirdi. Oiladagi besh farzandning kenjasi bo’lgan Tohir maktabga bormay turiboq savodini chiqardi. Uning kitobga ixlosini sezgan akasi birinchi sinfga brogan ukasiga hozirga qadar e’zozlab kelayotgan – “Mard yigit” ertaklar to’plamini sovg’a qildi.
Taniqli o’zbek adibi va tarjimoni Mirzakalon Ismoiliy Tohir Malikning tog’asi bo’lib, uni 1949-yilda “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olishadi.
“Kechasi uyg’onib ketib, qarasam, ayam rahmatli qora chiroq nurida do’ppi tikib o’tiribdilar. Qo’llari ishda-yu, ko’zlarida yosh.”Nega yig’layapsiz?” – deb so’radim, javob bermadilar. Sababini oradan yillar o’tb bildim. Tog’amning “xalq dushmani” emasligi ma’lum bo’lib, “oqlanib” chiqqanida ikkinchi sinfda o’qirdim. Dastlabki mashqlarim o’shanda boshlangan. Ammo yozganlarimni talabchan tog’amga ko’rsatishdan cho’chirdim”, - deb eslaydi adib.
Dastlabki hikoyasi 1960-yilda “Gulxan” jurnalida chop etiladi.1963-yilda Tohir Malik Toshkent Davlat universitetining kechki jurnalistika bo’limiga o’qishga kirib, kunduzi qurilishda duradgor, g’isht tashuvchi bo’lib ishlay boshlaydi. U ijodga doir mashqlarni davom ettirar ekan, ustoz-tog’anong ikki o’giti – “O’zing bilmagan narsani yozma”, “Boshqalar yurgan yoldan yurma, o’z yo’lingni top”ga hamisha amal qildi. Shu bois Tohir Malik o’zbek adabiyotida kam e’tibor berilgan fantastika janriga qo’l urdi va bir qator asarlari bilan kitobxonlar e’tiborini qozondi. Uning “Falak” qissasi rus tiliga tarjima qilinib, Moskvada va boshqa respublikalarda chop etildi. Tohir Malik “Tong yulduzi” gazetasi, O’zteleradio, “Guliston” jurnali, “G’afur G’ulom”, “Cho’lpon” nashriyotlari, Yozuvchilar uyushmasi, “Yoshlik”, “Sharq yulduzi” jurnallarida faoliyatini davom ettirdi. U qayerda ishlamasin, hayotni, insonlarni, ularning tabiatini yaqindan o’rgandi. Yozuvchi asarlarni o’qir ekansiz, ularda tasvirlangan eng yomon odamlardan ham ba’zan nafratlanmaysiz, ularga achinasiz. Nega shunday? Chunki yozuvchi insonlarni, ularnig ichki kechinmalrini, ruhiyatlarini sinchiklab o’rganadi va kitobxonni ham mana shu ruhiyat olamiga olib kiradi, uni shu holga solgan sabablarni tahlil qilishga va xulosa chiqarishga yo’naltiradi.
“Alvido, bolalik” asari Tohir Malik ijodida alohida o’rin tutadi. Asardagi asosiy mavzu – hech kim jinoyatchi bo’lib tug’ilmaydi, bolani atrof-muhit , jamiyatdagi turli illatlar jinoyatchiga aylantiradi. Bu haqda adibning o’zi shunday deydi: “Men o’smirlar va yoshlarnign jinoyat ko’chasiga kirib qolayotganligiga befarq qarab tura olmayman Bolalar axloq tuzatish koloniyalariga har borganimda yuragim eziladi. Ozod, erkin yashab, o’qib, hunar o’rganadiganbolalar bu yerga qanday tushib qoldilar?! Nahot jinoyat olami ularga jozibali ko’rinsa?! Men jinoyat olamini “Shaytanat”, ya’ni shaytonlar yetovidagi zulmkorlar mamlarati deb atab, “ehtiyot bo’ling, jigarlarim, bu ko’chaga yaqin yo’lamang. Boshi berk bu ko’chaning adog’ida faqatgina azobli, xorli o’lim topasiz”, demoq niyatida yozdim. Yozganlarimni ogoglantirish deb qabul qilishlarini istardim.”
Savol va topshiriqlar
Tohir Malikning yozuvchi sifatida shakllanishidagi o’ziga xoslikka e’tibor qiling. Hayotda kattalarning o’rni haqida fikr yuriting.
Yozuvchining yoshlarga munosabatidagi kuyunchakligini izohlang.
Uning “Alvido, bolalik” asarini o’qing . Asar uslubini aniqlashga urining.
Asarda: “Ota-onasiz o’sayotgan bolalarning hayot falsafasi, hayot haqidagi , beimon otalar, bevafo onalr haqidagi tushunchalari ancha barvaqt shakllanadi”, - degan qat’iy fikr bor. Buning sabablari haqida fikr yuriting.
Qamariddinning fe’l-atvori, holati boshqacha bolishi mumkinmidi? Qayerda keskin burilsh yasashi, boshqa yo’ldan borishi mumkin edi, deb o’ylaysiz?
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |