Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 

61

qo‘ydilar. Mulklarini taladilar. 



Isyonchilar asta-sekin ochiqchasiga birlashishga va Usmonga ochiq-oydin la’natlar 

ayta boshladilar. Ular dunyoda sodir bo‘lgan jinoyatlar ichida eng dahshatlisi bo‘lgan 

og‘ir jinoyatni sodir qilishga kirisha boshladilar. 

Ibni Sabo’ Qufadan ham xorlarcha voliy tomonidan quvilgach, Shomga qarab yurdi. 

Shomda esa chaqirig‘iga labbay, deb javob beradigan odamlarni topa olmadi. U yerdagi 

holat anchagina intizomda edi. Shomda o‘rin topa olmagach, Misrga qarab yo‘lga chiqdi. 

U yerda o‘zining, din libosini kiygizib odamlar ko‘zini bo‘yagan zaharli ta’limotni 

tarqatishga imkon topa olmadi, ammo keyinroq imkon topa oldi. Odamlar ichida Ali ibni 

Abu Tolibga tarafkashlik qilish chaqirig‘ini yoydi. Raj’iy mazxabini e’lon etdi. Ya’ni 

«Rasululloh yana ikkinchi marta hayotga qaytib keladilar», degan uydirma xurofiy 

fikrlarni odamlar o‘rtasida va yana «Ali Rasululloh vasiyat qilgan xalifalari va hamda 

o‘zlaridan avvalgi o‘tgan xalifalardan afzal», degan safsataning zararli oqimini odamlar 

miyasiga quydi. Shuningdek yana musulmonlar o‘rtasida forslardan o‘tgan ilohiy haq 

nazariyasini rivojlantirdi. Bunday nazariyani Islom qat’iy ravishda ma’n etadi. Ushbu 

nazariya ta’limotiga ko‘ra go‘yo Ali Nabi alayhissalomdan so‘ng eng haqiqiy xalifa 

emishlar. Va hamda Ali Nabi davlat ishlarini yurgizishda Ollohdan madad olarmishlar. 

Hazrati Usmon esa xalifalikni nohaq egallagan emishlar. Bu nazariya oxirigacha mana 

shunday zaharli fikrlardan iborat bo‘lgan, Islomga qarshi bir uydirma edi. Abdulloh ibni 

Sabo’ Misrda Misr xalqi xalifa Usmon tomonidan tayinlangan voliy Abdulloh ibni Sa’dga 

qarshi bo‘lganliklari sababli o‘z da’vatini keng tusda yeyishga muvaffaqiyat topa oldi. 

Zero, voliy xalifaning qarindoshlaridan bo‘lganligi uchun Misr xalqi uni yomon ko‘rib 

qolgandi. 

Shu kabi Muhammad ibni Xuzayfa bilan Muhammad ibni Abu Bakrni ushbu da’vatga 

qo‘shilishlari g‘azab o‘tini Misrda alanga olishiga va hamda ibni Sabo’ o‘zining zaharli 

ta’limotini yoyishda muvaffaqiyat topishiga yordam berdi. Misrda, Basrada va Qufada 

holat ancha yomonlasha boshladi. Oxirida Usmon davlat arboblaridan mazkur 

viloyatlardagi aniq holatini tekshirib bilib kelishlik uchun to‘rt kishini tanlab u yerlarga 

yuborishga majbur bo‘lib qoldilar. Shundan keyin Muhammad ibni Salamani Qufaga

Usoma ibni Zaydni Basraga, Abdulloh ibni Umarni Shomga, Ammor ibni Yosirni esa 

Misrga yubordilar. Ammor ibni Yosirdan tashqari qolgan uch kishi u yerdagi holatni 

tekshirib haqiqiy voqeani aks ettirgan ma’lumotlarni to‘plab xalifa qoshiga qaytib 

keldilar. Ammor ibni Yosir esa ilgari eslatib o‘tganimizdek, xalifa bilan o‘rtalarida bo‘lib 

o‘tgan kelishmovchiliklar tufayli qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketdilar. Bu esa 

qo‘zg‘olonchilarni yanada shijoatlantirib yubordi. 

Ibni Sabo’ viloyatlarini xalifa Usmonga qarshi birlashtirishga erisha oldi. Unga haybatli 

hamda nufuzli Muhammad ibni Abu Bakr, Muhammad ibni abu Xuzayfa va Ammor ibni 

Yosir kabi sahobalar ham qo‘shildilar. Ibni Xuzayfa ibni Sabo’ni yozgan maktublarini 

Misr, Qufa va Basra xalqi orasida yoyishda ishtirok etdilar. Shundan keyin har bir 

viloyatdan yetti yuzdan oshiq kishi chiqib Madina tashqarisiga kelib to‘plandilar. Keyin 

ular o‘zaro Usmondan so‘ng kimni xalifa etib tayinlash xususida tortishib qolishdi. 

Basrada kelgan jamoalar Zubayrni, Qufadan kelganlar esa Talxani, Misr aholisi esa ibni 

Sabo’ boshliq Alining bo‘lishligini talab etdilar. Hazrati Usmon Misr elchisini qabul qildilar 

va talablarini qondirishga va’da berdilar. Keyin ular tinchlanib o‘z mamlakatlariga keta 

boshladilar. Ular yo‘lda ketayotgan vaqtlarida uzoqdan bir otliqni goh ko‘rinib, goh 

ko‘rinmay ketayotganini ko‘rib qolishdi. Ular mazkur otliqdan shubhaga tushib quvib 

ketishdi. Tutib olib tintuv qilishdi. Uning yonidan xalifa Usmon tomonidan yozilgan 

maktubni topib olishdi. Xat oxirida Misr voliysiga isyonchilarning hammasini Misrga 

kirgan zahoti tutib dorga osishlik buyurilgan edi. Xatni o‘qigan isyonchilar yana qayta 




Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin 

 

 




Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish