TEST…
Temuriylar davrida mahalliy boshqaruv.
1 viloyatlarni kim boshqargan? A* BEK B VOLIY C DEHQON D IXSHID
2 Shahar hokimi kim deb atalgan?
A*dorug’a B bek C dehqon D ixshid
3. Temur tuzuklariga asosan har bir sarhad, viloyat, shahar va lashkarda kimlar tayinlangan. Ular hokimlar, raiyat, sipoh va lashkarlarning xatti-harakati haqida, atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, begona kishilar, qo'shni davlatlar va boshqalar haqida xabar yetkazib turishlari lozim edi. Shu bilan birga, ular armiyadagi holat, lashkarlarning jangovor tayyorligi va ma'naviy sifatlari to'g'risida ham axborot berib turganlar. Bundan tashqari yana «mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan yelib-yuguruvchi kishini chopqunchi, ming nafar tezyurar piyodani chopar etib tayinlangan?
A *xabar yozuvchilar B mingboshilar C yasavullar D beklar
4 Temur qanday mansabini ta'sis etgan. U sipoh , raiyat yoki ariza va shikoyat bilan kelganlarning ahvolini, mamlakat obodonchiligini, muhim ishlardan qaysi biri bitgan-bitmaganligini hal qilgan.
A*arzbegi B dodhox C bek D devonbegi
5 Kentlar (uyezd) va qishloqlar tepasida arboblar turgan. Ular kimlar tomonidan tayinlangan.
A* viloyat va okruglarning hokimlari B shahar hokimlari C dargohdagilar D devondagilar
6 shaharlar —kimlar tomonidan boshqarilgan .
A*hokim B bek C dehqon D ixshid
7 qo'shinning ilg'or qismi ketidan boruvchi bo'linma?
A* Xirovul B xabarchi C yasavul D manglay
8 Temur davlatida davlatni boshqarish tartibiga qarshi qaratilgan hamda mansablami suiiste'mol qilishga qarshi qaratilgan jinoyatlar bo'yicha sud ishlarini yurituvchi maxsus organ — qanday devoni mavjud bo'lgan.
A *adolat B qozilik C diniy D xo’jalik
9 xar bir shahar va viloyatda, devonning turli bo‘g‘inlarida qonunni nazorat qilgan. Kimlar darajasi va martabasiga ko‘ra bir-birlaridan farq kilib turgan.
A* qozilar B musftiylar C sadr D muhtasib
10 bozorlarda tarozi, narx-navoni nazorat qiluvchi mas’ul shaxs.
A qozilar B musftiylar C sadr D* muhtasib
11 diniy masalalar, shariat, tafsir, hadis va fiqhdan dars beruvchi shaxs?
A qozilar B musftiylar C sadr D* mudarris
12 sadrlar tomonidan vakflarni boshqarish va nazorat qilish uchun tayinlangan shaxs
A qozilar B *mutavvalilar C sadr D mudarris
13 Bu davrda boshqaruv ikki idoradan: dargox va vazirlar (devon) dan iborat bo‘lib, dargohni oliy hukmdor boshqargan. Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar, mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog‘lanib turish ishlari oliy devon zimmasida bo‘lgan.
Saroydagi dargox - Oliy kengashda ichki va tashqi siyosatning eng muhim masalalari, hokimiyatning yuqori vakillariga mansabdor shaxslar tayinlash va boshqa masalalarni muxokama qilgan. Dargox tizimida arzbegi, tovachi, xojib, jibachi, kushbegi, xazinador, xonsodor, bakovulboshi, kotib, munshi, bitikchi va boshqa saroy amaldorlari faoliyat ko‘rsatganlar. Qaysi sulola davrida ?
A* temuriylar B somoniylar C mang’itlar D Shayboniylar
14 Pirim Abu Bakr Toyobodiy menga yozmishlarkim: [Ey] Abul-mansur (zafarmand) Temur, saltanat yumushlarida turt ishni kullagin, ya’ni: 1 ) kengash; 2 ) mashvara-tu maslahat; 3) xushyorligu mulohazakorlik; 4) ehti- yotkorlik.qaysi asarda keltirilgan ?
A *Temur tuzuklari B Klavixo C Sikifyalik Temurlanning ulug’vorligi D Abdullanoma
15 Devonbegi yonida kim ham bo'lib, u davlatdagi turli marosimlarni uyushtirgan va o'tkazgan.
A*arkbegi B dasturxonchi C eshik og’aboshi D qutvol
Do'stlaringiz bilan baham: |