O'zbekistonda fermer va dehqon xo'jaliklarini rivojlantirish vazifalari va istiqbollari Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining asosiy qismi – fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari faoliyatini chuqur tahlil qilish asosida ushbu sohada o‘z yechimini kutib turgan masalalarni bugungi kun nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish va hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-oktabrdagi PF–5199-son Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi. - Ushbu Farmonda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Mazkur Farmon ijrosini to‘liq va sifatli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2017-yili 22-sentyabr kuni o‘tkazilgan ta’sis konferensiyasida belgilangan asosiy vazifalar va faoliyat yo‘nalishlari mustahkamlab qo‘yildi.
Tashkil etilgan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining samarali faoliyat olib borishini ta’minlash, yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini muhokama qilishda, yer uchastkalarini ajratish bilan bog‘liq masalalarda ishtirok etish bilan bog‘liq bir qator huquqlar berildi.
Ta’kidlash lozimki, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shu jumladan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar o‘tkazish jarayonida hamda sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda himoya qilish tashkil etilgan kengashlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifaning sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga bir qator vakolatlar ham berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |