OG’IR JINOYAT
Biroq isyonchilar darvozani qo‘yib tuynuklardan kirishga harakat qildilar. Ular u yerdan
kirib xalifani qo‘lga olishga harakat qilib qoldilar. Buni ko‘rib hazrati Usmon ularning
oldiga chiqdilar va ularga qarab: «Sizlardan Olloh nomi bilan so‘rayman, sizlardan
Rasululloh alayhissalom sahobalari tariqasida so‘raymanki, sizlar Rasululloh «qurol topa
olmagan kishilarni qurollantirgan kimsaga jannat bo‘ladi» deganlarida men o‘sha
askarlarni qurollantirganimni bilmaysizlarmi? Rasululloh Rum qudug‘ini qazigan kishi
jannati bo‘ladi deganlarida men o‘sha quduqni qazdirganimni bilmaysizmi?» dedilar.
Lekin ular aqlsiz, vijdonsiz bir qavm bo‘lganliklari sababli bu gaplar ularga ta’sir qilmadi.
Hech qanday ibosiz holatda hazrati Usmonniig hovlilariga vahshiyona bostirib kirdilar.
Hazrati Usmon ro‘za tutgan holda namozgohlarida Ollohning muborak kitobini o‘qib
o‘ltirgan edilar. Mana shu holatda o‘ltirgan kimsaning oldilariga ulardan bittasi
yaqinlashib keldi-da, qo‘lidagi o‘tkir temir asbobi bilan qattiq zarba urdi. Bu zarbadan
hazrati Usmon hushdan ketib yiqildilar. Muborak qonlari, o‘qib o‘ltirgan sahifaning ustiga
sochildi. U zot quyidagi oyatni tilovat etib turgandilar. Mazmuni: «Olloh sizni ulardan
tezda himoya atadi. Olloh eshituvchi va dono zotdur». Yana bittasi Usmon tomonlariga
tashlanib, qilichi bilan hamla qilmoqchi bo‘lganida xotinlari Noila hazrati Usmonni himoya
etib ustlariga tashlandilar. Mazkur ablahning qilichi Noilaning qo‘llarini, barmoqlarini
qirhib ketdi. O’lganlarini bilgan zahoti uylarini talashga va mol-mulklari, ya’ni
musulmonlar mulkini egallab olishga kirishib ketdilar. Ular hech qanday ahtsga rioya
qilmadilar, parvardigorlaridan qo‘rqmadilar. Shahriya xaramni ham ehtirom etmadilar.
Zero, bu voqea 35-yilda zulhijja oyining sakkizinchi kuni sodir bo‘lgandi.
Ular badxulq, bezori, dinsiz kishilar edilar. Shu sababli umr bo‘yi ro‘zador, kechalari
namozguzar sakson yoshdan o‘tgan bir kimsani ro‘za holida Ollohning kitobini o‘qiyotgan
paytida hech narsaga e’tibor va hurmat ko‘rsatmay o‘ldirdilar. O’ldirmaslaridan biroz
burunroq hazrati Usmonning xizmatkorlaridan birlari oldilariga kelib, «Ey amiral
mo‘‘minin, biroz choy va non olib kelsam tamaddi qilib olasizmi?» deb so‘raganlarida
hazrati Usmon «yo‘q» deb javob berdilar. «Men Rasulullohni hofimda qo‘rdim, u janob
menga birga nonushta qilamiz deb bashorat berdilar», dedilar.
Usmonu Zinnurayn raziyallohu anhu o‘ldirilishlari tufayli Islom olamida hanuzgacha
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |