www.ziyouz.com kutubxonasi
65
ko‘rsatishlik uchun olamga rahmat payg‘ambari qilib yuborgan paytida hazrati Ali
Rasulullohga ergashdilar va imon keltirdilar, rost deb tasdiq etdilar. Hazrati Ali yosh
yigitlar ichida yangi porloq dinga birinchi bo‘lib bo‘ysinganlardan edilar. Va hamda
qurayshlar ichida butlarga aslo sajda qilmagan birinchi kishi ham edilar. Mana shu
sababga ko‘ra, hazrati Alini karamallohu vajxahu Olloh mukarram qilgan zot deyiladi.
Zsro, Rasulullohning xonadonlarida o‘sganliklari tufayli, Rasululloh. hazratlari o‘zlari
ham payg‘ambarlik payg‘omi kelmasdan burun butlarga sajda qilishlikni karix ko‘rardilar.
Nomaqbul ish deb sanardilar. Mana shunday bir oilada ulg‘aygan bola albatta, o‘sha
oilaning muhiti ta’siridan sezilarli hissa olgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |