FOTIMAI ZAHROGA UYLANISHLARI
Hazrati Ali o‘zlari boy sohib mulk kishi bo‘lmasliklariga qaramasdan Rasulullohning
oldilarida yaqinliklari va hayrixoxliklari hamda ishonchliliklari tufayligidan juda qadrli bir
kishi edilar. Shuning uchun Rasululloh Rabbilariniig amri bilan nasablarini saqlashlik
uchun hazrati Alini tanlaganlar.
Tarix kitoblari shunday rivoyat qiladi: Abu Bakr bilan Umar Rasulullohdan: «Qiyomat
kuni butun nasablar uzilishib ketadi. Magar meni nasabimgina uzilmaydi»,— deganlarini
eshitgani tufayli o‘z nasablarini Rasululloh nasablariga qo‘shishlikka nihoyatda xaris
bo‘lgan edilar. Rasululloh sulolaridan faqatgina erga chiqmagan yolg‘izgina olam
ayollarining sayyidasi bo‘lgan Fotimai Zahro qolgan edilar.
Kunlardan bir kuni Abu Bakr Rasulullohning oldilariga bordilar va Fotimaning katta
bo‘lib qolganligini eslariga soldilar. Rasululloh alayxissalom esa bir nima deb javob
qaytarmaydilar. Bundan Abu Bakr savollari muvofiq kelmaganligani tushunib indamay
huzurlaridan odob-la chiqib ketadilar. Hazrati Umar indamay alohida bir kun kelib
Fotimani so‘raganlarida Rasululloh hazratlari indamay qo‘ya qoldilar. U kishi ham
savollari nomuvofiq kelganligini tushunib huzuri muboraklaridan ta’zim-la chiqib ketdilar.
Hazrati Ali esa bu vaqtlarda na Fotimaga va na boshqa bir ayolga uylanish
to‘g‘risida kambag‘alliklari sababli hamda o‘zlari bilan o‘zlari ovora bo‘lib yurganliklari
tufayli fikr ham qilib ko‘rmasdilar. Kunlardan bir kuni singillari Ummu Xoni u kishi
bilan gaplashib turib gapning orasida: «Abu Bakr bilan Umar Rasulullohning oldilariga
alohida kelib Fotimani so‘rashibdi, biroq Rasululloh rozilik bermabdilar. Mening
o‘ylashimcha, Rasululloh Fotimani sizga saqlab tursalar kerak, vaqtni o‘tkazmay sovchi
bo‘lib boring» — dedilar. Bunga javoban Ali: «Fotimaga uylanishlik uchun nimam bor?
Rasululloh menga Fotimani berishlari mumkinligani kim aytdi, dedilar. Shunda Ummu
Xoni: «Men buni o‘zim sezib yuribman, siz taraddudga tushmay tez boravering»,
dedilar. Ummu Xoni Alini holjonilariga qo‘ymay qistayverganlaridan keyin Ali
Rasulullohning uylariga borishga jazm qildilar. Rasulullohning xonai muboraklariga kelib
u janobni ko‘rgan zahotilariyoq tillari duduqlanib gapirolmay qoldilar. Holbuki, Ali
nihoyatda gapga chechan kishilardan edilar. Shunga qaramay hijolatdanmi tillari
kalimaga kelmay qoldi. Rasululloh hazratlari esa jilmayib tabassum-la Aliga boqib:
«gapiravering, gapiravering» deb shijoatlantirdilar. Shundan keyin Ali istaklarini
duduqlana-duduqlana tushuntirishga boshlab: «Fotimani bir eslab keluvdim» dedilar.
Mehribon va mushfiq zot sallallohu alayhissalom u kishiga boqib: «xush kelibsiz»
dedilar, xolos. Boshqa so‘z aytmadilar. Ali esa Rasulullohning ishlaridan hayratga
tushib qaytib ketaverdilar. Lekin Alining ba’zi bir oshnalari: «bu deganlari «xo‘p» deb
qabul qilganlari» deb Alini xotirjam qildilar. Mehribon ota qizlarining yonlariga borib
tabassum ila boqib, ra’yilarini so‘raganlarida, Fotima indamay turaverdilar. Bir oz jim
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |