AMIR TEMUR – FAXRIMIZ, IFTIXORIMIZ!
(Bayram ssenariysi)
1-boshlovchi: Siz - Amirsiz, Siz -Temursiz, Jaxongir sulton,
Imondirsiz, vijdondirsiz, Siz aziz inson!
Qalblar aro kutarmoqda Ruxingiz isyon,
Sizday mard zot tug’ilsa deb, umidvor jaxon,
Temur bobo, nomingizni Yod etajakmiz.
Olam aro ruhingizni shod etajakmiz.
2-boshlovchi Kuhna Keshning akrabosi Sizni qumsagay,
Oksaroyning ostonasi Sizni qumsagay,
Karvon ko’rgan sardobasi Sizni qumsagay,
Samarqandning minorasi Sizni qumsagay,
Temur bobo, nomingizni Yod etajakmiz.
Olam aro ruxingizni shod etajakmiz.
1-boshlovchi: Siz buyuk turonni buyuk qilgan buyuk bir zotsiz,
Uzbek elim qismatida o’lmas ajdodsiz,
Tomirlarda qonday jushgan Botir avlodsiz,
Siz - tarixsiz, siz - dostonsiz, qalbimizda barhayotsiz,
Temur bobo, nomingizni Yod etajakmiz.
Olam aro ruxingizni shod etajakmiz.
2-boshlovchi: SHioringiz: "Rusti-rosti" -"Kuch - adolatda",
Millat joni - shuurida, Erk, sadoqatda,
Umr emas utsa-ketsa Gar adovatda.
G’animat bilib har damni Ushbu fursatda,
Temur bobo, nomingizni Yod etajakmiz.
Olam aro ruxingizni shod etajakmiz.
1-boshlovchi: —Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz o’quvchilarlar!
2-boshlovchi: — Shu sahnada qo’limizni ko’ksimizga quyib, sizlarga samimiyat ila boqib ulug’ bobokalonimiz buyuk sohibqiron sarkarda Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag’shlangan bugungi “Amir Temur – faxrimiz, iftixorimiz” nomli tadbirimizga XUSH KELIBSIZ!deymiz.
1-boshlovchi: —Tadbirimizni ochish uchun so’zni kollejimiz ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’ribosari Akbar Bo’riyevich Nurmurodovga beramiz.
2-boshlovchi: — Marhamat, ustoz!
Kollej direktori Amir Temur haqida gapirib bo’lgach tadbirni ochiq deb e’lon qiladi
1-boshlovchi: - Buyuk saltanatni tikladi Temur, ‘
Istagi: avlodim otsa zo’r tomir,
Mulki Turon dunyo uzugi bo’lib,
Xalqim osoyishta ko’rsaydi umr.
2-boshlovchi: Sohibqiron aytar: ey farzand,
Aqling bo’lsin ezgulikka band.
O’sib ulg’aygin sen komil bo’lib,
Shundagina tole’ing bo’ladi baland!
1-boshlovchi: Buyuk davlat arbobi, o’zbek xalqining suyukli farzandi, milliy qahramon, biz yosh avlodga har tomonlama ibrat bo’lgan bobomiz Amir Temur haqida eshitmagan, bilmagan kishining o’zi bo’lmasa kerak!
2-boshlovchi:To’g’ri aytasiz, Amir Temurni butun dunyo taniydi, lekin biz yoshlar Sohibqiron haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishimiz kerak. Amir Temur haqida qancha bilsak shuncha oz. Dunyoqarashimiz kengayishi, ma’naviyatimizni oshishi uchun buyuk ajdodlarimiz haqida ko’p o’qishimiz, ko’p bilishimiz kerak, ilmiy merosidan foydalanib, ilm-fan va madaniyatimizni yanada rivojlantirishimiz, ajdodlarga munosib avlod bo’lishimiz kerak! Ular bilan faqat faxrlanishning o’zi kamlik qiladi.
1-boshlovchi: Sezib turganingizdek endigi navbat bobomiz Amir Temur hayoti va siyosiy faoliyatiga doir tarixiy ma’lumotlarga.
2-boshlovchi:Marhamat!
Sahnaga bir o’g’il bola va bir qiz bola chiqib, quyidagi tartibda ma’lumotni o’qib aytadi:
1-o’quvchi: XIV asr boshlari. O’zbekiston hududi mug’ullarga qaram bo’lib, Chig’atoy ulusi deb atalgan davrlar edi. O’sha vaqtlarda Chig’atoy ulusi bir nechta mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan, bu bekliklar o’zaro tinimsiz urishar edi. O’zbek Xalqi bu urushlardan,hamda og’ir soliqlar, og’ir mehnat, ocharchilik, eng avvalo adolatsizliklardan qattiq charchagan edi.
2-o’quvchi: O’zbek xalqiga tarqoq xalqni birlashtiradigan, adolatsizliklarga chek quyib adolatli davlat qura oladigan, ilm-fan va madaniyatga homiylik qiladigan, xalq faravonligini ta’minlaydigan, mard, jasur va aqlli bir buyuk qahramon, hukmdor juda ham kerak edi va shunday inson 1336 yil 9-aprelda Kesh ya’ni Sharisabzda Barlos beklaridan biri Tarag’ay Bahodir oilasida dunyoga keldi. Taqdiriga buyuk hukmdor bo’lish bitilgan o’sha chaqaloq Amir Temur edi. Otasi o’g’lining irodasi va jismonan kuchi temirdek mustahkam bo’lsin deya ramziy ma’noda Temurbek deb ism quydi.
1-o’quvchi:Temurbek bolalikdan kamondan o’q otish, yugurish, ot choptirish, kurash kabi musobaqalarda qatnashib jismonan kuchli bo’lib toblandi, madrasada dunyoviy fanlardan tahsil olib bilimli bo’ldi, birinchi pir ustozi Shayx Shamsiddin Kulolga shogird tushib diniy bilimlar olib ma’nan yetuk bo’ldi.
2-o’quvchi:Sohibqiron Xalqni mo’gullar zulmidan ozod qilish va adolatga tayangan davlat tuzish yo’lida ko’plab janglar olib bordi. Kurashlar davom etdi va nihoyat 1370 yil 11 aprelda Amir Temur O’rta Osiyoning ko’plab bekliklarini birlashtirib, o’z davlatiga asos soldi, Samarqand shahrini o’z davlatining poytaxtiga aylantirdi.
1-o’quvchi:Samarqand mo’g’ullar bosqini davrida xarobaga aylantirilgan edi. Shuning uchun bu shahar kimsasiz bo’lib qolgan edi. Amir Temur Samarqandni mamlakat poytaxti deb e’lon qilgach qaytadan qurdirdi, bu shaharda ko’pgina bunyodkorlik ishlarini olib bordi, jumladan turli yillarda saroy, ko’plab masjidlar, madrasalalar, karvonsaroylar, katta so’lim bog’lar, bozorlar, hashamatli imoratlar qurdirib Samarqandni Yer yuzining sayqaliga aylantirdi. Barbod bo’lgan madaniyatni qayta tikladi, ilm-fan rivojiga homiylik qildi. O’zining renessans davriga asos soldi.
2-o’quvchi:Amir Temur o’z davlatida boshqaruvini mustahkamlagach, dunyoda adolat va tinchlikni o’rnatish, o’zaro diniy urushlar va millatchilikka barham berish maqsadida hamda mamlakat xavfsiziligini saqlash strategik nuqtai nazardan 1372-1402 yillar davomida Farg’ona, Xorazm, Xuroson, Eron, Iroq, Kavkaz, Hindiston, Oltin O’rda, Misr, Turk sultonligi kabi yirik hududlarni o’z tasarufiga olib davlatini imperiyaga aylantirdi. Bundan tashqari, Rus knyazliklari va Yevropaning ko’pgina hududi Amir Temurga vasal ya’ni qaram bo’ldi.
1-o’quvchi: Amir Temurning dunyo tarixida iz qoldirgan janglar Oltin O’rda xoni To’xtamishxonga va Turk sultoni Boyazid Yildirimga qarshi bo’lgan janglar hisoblanadi. Amir Temur orasida To’xtamishxon va Boyazid Yildirimlardan qudratliroq ekanligi o’zaro janglarda ma’lum bo’ldi.
2-o’quvchi: Amir Temur 1405-yil fevral oyida Xitoyga yurish chog’ida Xitoyga yetmasdan O’tror shahrida og’ir xastalikka chalinib vafot etdi. Amir Temur 1402-yilda vafot etgan suyukli nabirasi Muhammad Sulton uchun qurdirgan maqbaraga dafn qilingan. Bugungi kunda mazkur muhtasham maqbara Amir Temur maqbarasi deyiladi. Amir Temurdan so’ng uning bunyodkorlik ishlari va davlatni adolatli boshqarish o’g’li Shohrux Mirzo va nabirasi Mirzo Ulug’bek Tarag’ay tomonidan davom etirildi. Amir Temur asos solgan Temuriylar davlati 137 yil yashadi. Amir Temur va davlati nafaqat o’zbek davlatchiligi tarixida, balki jahon tarixida munosib o’chmas iz qoldirdi.
1-boshlovchi: Endigi navbat Vatan madhiga, sahnaga Kollejimizning iste’dodli o’quvchilardan biri Adhamjon Fayzullayevga
2-boshlovchi: marhamat! Birgalikda qo’shiqni tinglaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |