O’zbekiston milliy universiteti “Tarix” Fakulteti “Tarix” Yo’nalishi



Download 1,08 Mb.
Sana09.01.2020
Hajmi1,08 Mb.
#32815
Bog'liq
Hamroyev Bekzod - Ta'lim tizimi

O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

“Tarix” Fakulteti “Tarix” Yo’nalishi

II Bosqich Talabasi HAMROYEV BEKZOD ning

“O’zbekistonda strategik rivojlanish va Fuqorolik jamiyati” Fanidan

“2017-2021-yillarg mo’ljallangan harakatlar strategiyasi ” Mavzusida tayyorlagan

PREZINTATSIYASI

Hammamizga ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevralda “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947 sonli farmoni e’lon qilindi. Unga ko’ra 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi amalga oshirish belgilandi. Beshta ustuvor yo’nalishlardan IV – “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”. Bu yo’nalish ham o’z ichida 5 ta banddan iborat bo’lib xususan 4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga qaratilgan.

  • uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;
  • ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish;
  • maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
  • umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;
  • bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
  • kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
  • ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;
  • ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish

O’zbekiston Respublikasida mavjud ta’lim turlari

  • Maktabgacha ta’lim;
  • Umumiy o’rta ta’lim;
  • O’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi;
  • Oliy ta’lim;
  • Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
  • Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
  • Maktabdan tashqari ta’lim;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonliMaktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni e’lon qilindi:

Jumladan, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamaygan bo‘lib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermaydi. Qarorning 1 bandiga muvofiq :

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda ularning tuman(shahar)lardagi bo‘limlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651 sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da qarori qabul qilindi;

Qaror bilan maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy hamkorlikning quyidagi shakllari joriy etildi:

  • nodavlat bog‘chalar binolarini qurish uchun, shu jumladan faoliyat ko‘rsatuvchi davlat bog‘chalar hududida tekinga doimiy foydalanish uchun er uchaskalarini taqdim qilish;
  • mavjud davlat maktabgacha ta’lim muassalarini jihozlash va rekonstruksiya qilish sharti bilan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari ob’ektlari qurish uchun tekinga er uchatkalarini berish;
  • bo‘sh turgan davlat mulk ob’ektlarini, shu jumladan, faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat bog‘chalarni “nul” qiymatda sotish;
  • davlat bog‘chalarining foydalanilmayotgan binolari va korpuslarini tekinga uzoq muddatli foydalanishga berish.

Keyinchalik “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Hukumat qarori qabul qilindi:

  • Qaror bilan 2018 yil 5 aprelga qadar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish maqsadida bo‘sh turgan er uchastkalarini va bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini bepul asosda olgan tadbirkorlar bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzishga ruxsat berildi.
  • O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasiga 2018 yil 28 iyungacha bo‘lgan muddatda tadbirkorlarga 15 yil muddatga foizsiz asosda, shu jumladan, uch yillik imtiyozli davr bilan imtiyozli kredit berish uchun kredit liniyalari ochish to‘g‘risida bitimlar tuzish vazifasi yuklandi.
  • Bo‘sh turgan er uchastkalarini va bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini bepul asosda olgan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzmagan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi

  • maktabgacha ta’lim muassasalarini belgilangan tartibda qurilishlarning manzilli ro‘yxatiga kiritib, ularning tarmog‘ini kengaytirishga;
  • maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga;
  • yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni, shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida Vazirlikka ishlash uchun jalb qilishga;
  • ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi.

2019-yil 18-sentabrda Mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida (786-sonli) Hukumat qarori qabul qilindi.

Maktabgacha ta’limning yangi turi joriy etilmoqda

Qarorga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, maktabgacha ta’lim mobil guruhlari tajriba tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ayrim tumanlarida, qayta jihozlangan ISUZU HC 40 avtobuslarida tashkil etiladi.

Mobil guruhning asosiy vazifalaridan biri maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning har tomonlama etuk, intellektual kamol topishiga sharoit yaratishdan iborat.

Mobil guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan, maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalar qabul qilinadi.

Mobil guruhlarda xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.

Umumiy o’rta ta’lim tizimiga keladigan bo’lsak dastlabki qilingan yangiliklardan biri bu umumiy majburiy ta’limni 12 yildan 11-yilga qisqartirish bo’ldi. Prezidentimiz 2017-yil Toshkent shahridagi 78-umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Unda maktab hamda kollejlar o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlash, tajriba sifatida ushbu ta’lim maskanida 11-yillik ta’limni qayta tiklash va uning qoshida o’quv-kasb korxonasini tashkil etishni ta’kidladi. Jumladan Prezidentimiz shunday fikrni ham bildirdilar: “Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo’lib, jamoa bo’lib shakllanidilar. Ayni o’sha vaqtda ularni o’zlari o’rgangan muhitdan ajratib qo’ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga,davomatiga oxir-oqibatda ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayonini uzluksizligini ta’minlash,o’quv dasturlarini takomillashtirish zarur…”

Keyingi qadam bu Prezident maktablarini tashkil etish bo’ldi va bu borada “Prezident maktablarini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risidagi “ Prezident qarori qabul qilindi

Prezident maktablarida “STEAM – ta’lim dasturi joriy etildi

S – Science-tabiiy fanlar

T – Technology-texnologiyalar

E – Engineering- texnik ijodkorlik

A – Art- san’at

M – Mathematics- matematika

Prezident maktablarining asosiy vazifasi bu iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va o’qitish , ularni har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, o’quvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish hisoblanadi

Keyingi qadam bu yangi “Temrbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining tashkil etilishi bo’ldi . Prezidentimizning 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-sonli “O’smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmatlari uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora tadbirlar to’grisida ” gi qaroriga muvofiq: Respublikamizning Farg’ona,Qibray,Nukus,Toshkent,Shahribasz kabi hududlarida tashkil etildi

Oliy ta’limdagi islohotlarga to’xtaladigan bo’lsak

Hozirgi kunda oliy ta’limni oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri bu QS va Times Higher Education kabi xalqaro yetakchi agentliklarning Top-1000 talik ro’yxatida O’zbekistonning 10 dan ortiq universitetlarini kiritishdir.

Kuni kecha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti davlatimiz tarixida birinchilardan bo’lib QS ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari universtitetlari reytingida 301-350 o’rinlar oralig’ida joy oldi. Bu qilinayotgan islohotlarning samarasi desak adashmagan bo’lamiz

Aholini oliy ta’limga keng qamrab olish maqsadida 2017 yilning 21 noyabrida 930-sonli ‘’Oliy ta’lim muassasida sirtqi (maxsus sirtqi) tashkil etish tartibi to’g’risida. Oliy ta’lim muassasida kechki (smenali) ta’limni tashkil etish to’g’risida ‘’ nizomlari tasdiqlandi. Bundan tashqari 2019-yilda 1-apreliga qadar oliy yuridik ta’lim muassasida sirtqi bo’limlarni ochish ham belgilandi. Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy o’qitish yo’lga qo’yildi.

Prezidentimizning ‘’Nogirinligi bo’lgan shaxslarni oliy ta’lim muassasalariga qo’shimcha kvota bo’yicha davlat granti asosida qabul qilinishi to’g’risida’’ PF-5270 sonli farmonga muvofiq amalga oshirildi.

Keyingi qadamda Xarbiy xizmatchilarning farzandlari davlat granti asosida o’qishga qabul qilinishi belgilandi.

O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim, maktabgacha ta’lim, oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyalari tuzilib bu konsepsiyalarda ta’lim tizimini tubdan rivojlantirish, unga yangicha yo’nalishdagi ta’lim tizimlarini joriy etish, chet el davlatlari ta’lim tizimini o’rgangan holda uning ilg’or va samarali tomonlari ta’lim tizimiga qo’llandi. Yurtimizdagi ta’lim tizimi dunyoning yetakchi davlatlari ta’lim tizimiga yetkazish asosiy vazifa qilib olindi

E’tiboringiz uchun raxmat !!!


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish