www.ziyouz.com kutubxonasi
78
Yo‘lda uchragan kimsadan nima bo‘layapti, deb so‘radilar. U odam «behosdan bizning
ustimizga ular hujum yasadilar. Biz ularni kelgan tomonlariga yubordik», deb javob
berdi.
Undan bu javobni eshitgan Ali «Zubayr bilan Talxa qon to‘kmagunlaricha
tiyilmasliklarini bilgan edim. Ular hargiz bizga itoat etmaslar», deb o‘yladilar. Keyin
qo‘llariga Qur’onni ko‘targan holda askarlarini aylanib yurib, kim ushbu Qur’onni qo‘liga
olib ularni mana shu kitob hukmiga qaytmoqlikga da’vat eta oladi, deb qattiq ovoz-la
qichqirdilar.
Alining chaqiriqlariga qufalik bir yosh yigitcha «men olib boraman!» deb o‘rnidan
turadi. Hazrati Ali yigitga qarab... «Ey yigit, agar o‘ng qo‘lingni kesib tashlasalar, chap
qo‘ling bilan mahkam ushlaysan va agar chap qo‘lingni ham kesib tashlasalar, unda
tishing bilan mahkam tishlab olasan», dedilar. Yigit albatta shunday qilaman, deb so‘z
berdi. Shundan keyin hazrati Ali Qur’onni berdilar va unga qarab: «Ey yigit, buni ularga
ro‘baro‘ qil va «bu siz bilan bizning o‘rtamizni hal qiluvchi narsadur. Olloh sizlarni ham,
bizlarni ham qonimizni to‘kmoqlik ni xarom qilgan», deb ayt», dedilar. Yigit qo‘liga
Qur’onni olib boshi uzra baland ko‘targan holda ular tomonga jo‘nadi. Biroq ular
yigitning chaqirig‘iga quloq ham solmadilar. O’zini nayza bilan parchalab tashladilar.
Ishning bu tariqa tus olganini ko‘rgan hazrati Ali urush qilishdan boshqa chora
qolmaganini sezdilar. «Endilikda ularga qarshi urushmoqlik o‘z-o‘zidan ruxsatli bo‘ldi»,
dedilar. Harbiy sarkardalarni chaqirib qo‘shinga tartib berishlikka amr etdilar. Ka’b ibni
Suvor jamal safida turib ahvolni kuzatardilar. Hazrati Ali tomonlaridagi qo‘shinlarning
safga tizilib jangovar holga keltirilayotganini ko‘rib shoshilinch ravishda Ummul
mo‘‘minin Oyisha onamiz huzuriga chopdilar. Oldilariga yetib kelgan zahotiyoq Oyisha
onamizga qarab: «Yo Ummul mo‘‘minin, kishilar jangga qattiq hozirlik ko‘rib qolishdi,
o‘rtada behuda qon to‘kiladiganga o‘xshaydi. Shoyad, Olloh siz tufayli bularning
o‘rtasini islohga keltirsa», dedilar. Oyisha onamiz Ka’badan bu so‘zlarni eshitgan
zahotlariyoq o‘rinlaridan turib: «Ey Ka’b, tuyadan tush va ularga Ollohning Qur’onini
ro‘paro‘ qilib hammalarini mana shu kitob hukmiga itoat etishlikka chaqir», deb Ka’bni
qo‘llariga Qur’onni tutqazdilar. Ka’b hanuz kitobni ro‘paro‘ qilishga ham ulgurmay turib
nogahoniy kelib tekkan o‘qdan avvaldagi zikri o‘tgan bola kabi yer tishlab qoldilar.
Oyisha onamiz buni ko‘rib, o‘rinlaridan turib odamlar o‘rtasida: «Ey bolalarim, Ollohdan
o‘zga hamma narsa o‘tkinchidur. Ollohni unutmanglar, hisob kunini ham esadan
chiqarmanglar», deya qichqira boshladilar. Afsuski, biron kimsa ham u zotning gaplariga
quloq solmadi. Birdan ikki o‘rtasida jang qizib avjga chiqdi. Yer betini qonlar ila lolazor
etdi, kishilar jasadi-la mozor ayladi. Har ikki taraf kishilari hech qanday to‘xtovsiz jangga
kirib bir-birlarini ayovsiz ravishda tig‘dan o‘tkazdilar. Mana shunday to‘polon avjiga
chiqib, qir-pichoq bo‘lib turgan paytda, Alining safdoshlaridan bo‘lgan Abdulqays
qabilasidan bir kishi oldinga otilib chiqdi va odamlarga qarab hayajonlanmay: «Ey
odamlar, men sizlarni Ollohning kitobiga itoat etishga chaqiraman», dedi. Odamlar
uning gapini eshitishni ham xohlamay unga qarab: «Ollohning haddini bajarmaydigan
odam qanday qilib Ollohning kitobiga kishilarni chaqira oladi? Ollohga chaqirayotgan Ka’b
ibni Suvorni kim o‘ldirdi?», deb shovqin-suronila qichqirdilar. Jang avjiga chiqib aqldan
ko‘ra vaxshiylik hukmronligi kishilarga ta’sir ko‘rsata boshladi. Jamal safida
urushayotganlar bir-birlarini «Ey Usmonning o‘ch oluvchilari» deb atay boshladilar. Ular
Usmonning qotillarini baland ovoz ila la’natlashar edilar. Hazrati Ali ularning gaplarini
eshitib: «Olloh Usmonning qotillarini la’natlasun», dedilar. Shu payt hazrati Alining
yonlariga safdoshlaridan bo‘lgan ibni Xo‘jayn degan kishi kelib: «Ey amiral mo‘‘minin,
bizning qarshimizda yuz ming yalang‘och qilich turibdi. O’ng qanot hamda chap qanot
himoyachilari chekinishga boshladi. Siz bo‘lsangaz hali ham uyqusirab turibsiz», dedilar.
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |