3-mavzu. Talab, taklif, bozor muvozanati, elastiklik reja



Download 88,14 Kb.
bet1/19
Sana01.07.2021
Hajmi88,14 Kb.
#106750
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3-мавзу (1)


3-MAVZU. TALAB, TAKLIF, BOZOR MUVOZANATI, ELASTIKLIK

Reja:

  1. Talabni aniqlash

  2. Narx va talab

  3. Talabga ta’sir qiluvchi omillar

  4. Taklifning mazmuni

  5. Narx va taklif

  6. Taklifga ta’sir qiluvchi omillar

Bozor iqtisodiyotining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim о‘rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif о‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Bu mavzuda avvalo talab va taklifning har qaysisiga narx ta’sirini alohida-alohida qarab chiqamiz. Keyin talab va taklif ta’sirida muvozanatli narxning о‘rnatilishi tushuntirib beriladi. Bu yerda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular о‘rtasidagi mutanosiblikni tushuntirishga alohida e’tibor beriladi.

Shuningdek, mavzuning yakunida talabning shakllanishi va amal qilishi, unga ta’sir etuvchi omillarni о‘rganishda iqtisodiyot nazariyasida muhim yо‘nalishlardan biriga aylangan iste’molchi hatti-harakati nazariyasi bilan tanishib chiqamiz.

Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bо‘lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy kо‘rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.

Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bо‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bо‘ladi, chunki narx о‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham о‘zgaradi. Shu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bо‘lgan ehtiyoji talab deyiladi.

Talablar turlicha bо‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bо‘lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bо‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (kо‘pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bо‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi.

Yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bо‘lib turmaydi, balki о‘zgaruvchan bо‘ladi. Talab miqdorining о‘zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng kо‘p ta’sir qiladigan omil narx omilidir.

Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori о‘rtasidagi bо‘ladigan bog‘liqlikni quyidagi 1-jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz.



Download 88,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish