Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Buqalamun
181
ichiga tiqib qo‘ydi. Fedor Timofeich esa juda 
beparvo ko‘rinar, hatto ko‘zini ochishga ham 
erinardi. Unga yotadimi, xo‘jayini oyog‘idan 
ko‘taradimi, ko‘rpacha ustiga cho‘ziladimi yo 
xo‘jayinning qo‘ynida po‘stin tagida orom ola-
dimi, baribirga o‘xshardi...
– Tyotka, yur, – dedi xo‘jayin.
Tyotka hech narsaga tushunmasa ham, 
dumini likillatib, egasiga ergashdi.
Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas u chana-
da, egasining oyog‘i ostida o‘tirar va uning 
sovuqdan junjikib hayajon bilan:
– Sharmanda bo‘lamiz! Mayna qilishadi! – 
deyayotganiga quloq solardi.
Chana, to‘nkarilib qo‘yilgan tog‘oraga o‘xsha-
gan kattakon, g‘alati bir bino yonida to‘xta-
di. Binoga kiraverishdagi uchta oynavonli 
 eshik ichkarisidagi uzun yo‘lakda o‘n-o‘n ik-
kita ravshan yonayotgan chiroq nur sochardi. 
 Eshiklar jaranglab ochilar va shu yerda o‘rali-
shib yurgan odamlarni xuddi og‘izlar singari 
yutardi. Bu yerda odamlar juda ko‘p, tez-tez 
otlar kelib to‘xtardi-yu, itlar ko‘rinmaydi.
Xo‘jayin Tyotkani ko‘tardi va qo‘yniga, po‘stin 
orasiga, Fedor Timofeich o‘tirgan yerga tiqib 
qo‘ydi. Bu yer qorong‘i va dim, lekin issiq edi. 
Shu mahal ikkita zangor uchqun miltillab ket-
di. Bu esa Tyotkaning sovuq va qattiq oyog‘i 
tegib ketganidan notinchlangan mushukning 
ko‘zi edi. Tyotka uning qulog‘ini yaladi va joy-
lashib olish uchun g‘ivir-g‘ivir qilaboshladi, 
sovuq oyoqlari bilan mushukni tagiga bosib
to‘satdan po‘stindan boshini chiqardi-yu, shu 


Anton Chexov
182
zamonoq jahl bilan irillab, yana tortib oldi. 
Turli-tuman bahaybat maxluqlar bilan to‘lgan 
xiragina yoritilgan kattakon uyni ko‘rganday 
bo‘ldi; uyning ikki tomoniga tortib qo‘yilgan 
to‘siq va panjaralardan badbashara kallalar: ot 
kallalari, shoxli, shalpangquloq kallalar ko‘rin-
di; yana burun o‘rniga dum va og‘zi yonidan 
uzun ikkita tozalangan suyak chiqib turgan 
semiz va bahaybat bosh ko‘rindi.
Tyotkaning oyog‘i ostida mushuk bo‘g‘iq ovoz 
bilan miyovladi, lekin shu vaqt xo‘jayin po‘stini-
ni yozib: «Xo‘p-pa!» degan edi, Fedor Timofeich 
bilan Tyotka sakrab yerga tushdi. Ular kulrang 
taxta devorli kichik bir uyda turishardi; bu yer-
da oynali stol, stul va burchaklarga ilib qo‘yil-
gan latta-luttalardan boshqa hech qanday jihoz 
yo‘q edi; lampa yoki sham o‘rniga, trubkaga 
ulab devorga qoqib qo‘yilgan, yelpig‘ichsimon, 
yorug‘ narsa nur sochib turardi. Fedor Timo-
feich Tyotkaning oyog‘i ostida g‘ijim bo‘lgan 
po‘stinini yaladi-da, stulning tagiga borib yotdi.
Xo‘jayin hamon hayajonlanar va qo‘llari-
ni ishqab yechina boshladi... U uyida o‘rinda 
momiq ko‘rpasiga kirib yotadigan vaqtdagidek 
yechindi, ya’ni ichki kiyimlaridan boshqa ham-
ma narsani yechdi. Keyin stulga o‘tirdi-da, 
oynaga qarab basharasini g‘alati bir qiyofaga 
solaboshladi. Eng avval boshiga farqi ochilgan, 
ikkita kokili shoxga o‘xshab dikkayib turgan 
kiyma soch kiydi. Keyin yuziga allaqanday oq 
narsa surdi, oppoq bo‘yoqning ustidan qosh 
qo‘ydi, mo‘ylab chizdi va ikki betiga qizil surdi. 
Shu bilan u kifoyalanmadi. Yuzini va bo‘ynini 


Buqalamun
183
bo‘yagach allaqanaqa kiyimlarni kiya boshla-
di. Tyotka bunaqa kiyimlarni ilgari uyda ham
ko‘chada ham hech qachon ko‘rmagan edi.
 Hunarmandlarning uyida deraza pardalari 
yoki mebelga qoplash uchun ishlatiladigan 
parcha gulli chitdan tikilgan haddan tashqa-
ri keng, qo‘ltig‘idan tugmalanadigan cholvorni 
tasavvur qiling; cholvorning bir pochasi jigar-
rang chitdan bo‘lsa, ikkinchi pochasi ochsariq. 
Xo‘jayin cholvorni kiyib bo‘lgach, kattakon 
kungira yoqali, orqasiga haldan yulduz rasmi 
tushirilgan chit kamzilni ildi, oyog‘iga ikki turli 
paypoq bilan zangori kovush kiydi...
Tyotkaning ko‘zi qamashib, taraddudla-
nib qoldi. Oppoq yuzli, qo‘pol gavdali odam-
dan xo‘jayinning isi kelardi, ovozi ham tanish 
– xo‘jayinning ovozi, lekin ba’zan Tyotka ik-
kilanar, ana shunday paytlarda, chipor odam-
dan qochmoqchi va unga qarab vovullamoq-
chi bo‘lardi. Yangi joy, yelpig‘ichsimon nur va 
bu islar, xo‘jayinida yuz bergan bu o‘zgarish 
– mana shularning hammasi uning yuragiga 
g‘ulg‘ula solardi. Nazarida burun o‘rnida dum 
o‘sgan badbashara maxluqqa o‘xshagan biron 
narsa bilan to‘qnash keladiganday tuyilardi. 
Buning ustiga devorning narigi tomonidan yo-
qimsiz bir musiqa sadosi kelar, vaqti-vaqti bi-
lan allaqanday guvullagan tovush eshitilardi. 
Unga faqat bir narsa tasalli berardi – u ham 
Fedor Timo feichning beparvoligi edi. Mushuk 
stulning tagida pinagini buzmay yotar, hatto 
stul surilganda ham ko‘zini ochmas edi.
Frak va oq jilet kiygan bir kishi eshikni ochib 
qaradi va:



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish