Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
192
Shchukina, ko‘z yoshi qilib, – men mushtipar-
ga rahmingiz kelsin! Men bir mushtipar ayol-
man, himoyachim yo‘q... Qiynalganimdan o‘lib 
bo‘ldim... Ijarachilar bilan sudlashsam, erim-
ning tashvishini tortsam, uy-ro‘zg‘orga qa-
rasam, buning ustiga kuyovim ham beamal 
bo‘lsa... Nomiga yeyman, ichaman, aslini su-
rishtirsangiz, zo‘rg‘a yuraman... Tuni bilan ux-
lamay chiqdim.
Kistunovning yuragi gupillab ura boshladi. 
Aftini burishtirib, qo‘lini chap ko‘kragiga qo‘yib, 
Shchukinaga yana gap tushuntira boshlagan 
edi, biroq ovozi bo‘g‘ildi...
– Yo‘q, kechirasiz bo‘ldi, siz bilan so‘zlashish-
ga toqatim qolmadi, – dedi u, qo‘lini siltab, – 
sizga gap tushuntiraman deb boshim aylanib 
ketdi. Bizni ham ishdan qoldirayapsiz, o‘zingiz 
ham bekor vaqt sarflab o‘tiribsiz. Uhh!.. Alek-
sey Nikolayevich, – dedi xizmatchilardan biriga, 
– Shchukina xonimga siz tushuntiring!
Kistunov qabulxonada o‘tirganlarning arzla-
rini eshitib bo‘lgach, o‘zining xonasiga kirib 
ketdi-da, o‘n-o‘n beshta qog‘ozga qo‘l qo‘ydi, 
Aleksey Nikolayevich hamon Shchukina bilan 
ovora edi. Kistunov o‘zining xonasida o‘tirib, 
Aleksey Nikolayevichning g‘o‘dillagan va bosin-
qi tovushini va Shchukinaning yig‘i aralash 
chiyillagan ovozini eshitib o‘tirardi.
– Men bir ojiz mushtipar, kasalmand ayol-
man, – derdi Shchukina. – Aftimdan baquvvat 
ko‘rinsam ham, surishtirib qaraganda bitta 
ham sog‘ tomirim yo‘q... Ishtaham ham qoch-


Buqalamun
193
gan, zo‘rg‘a yuraman... Bugun ertalab qahvani 
zo‘rg‘a ichdim. Mazasini ham bilmadim.
Aleksey Nikolayevich bo‘lsa hamma mah-
kamalar o‘rtasidagi farqni, qaysi arizalarning 
qay 
si idoraga olib borish kerakligini hamon 
tushun tirib yotardi. Axir charchagandan keyin 
uning o‘rnini hisobchi bosdi.
– Shunaqa ham badhazm xotin bo‘ladimi! 
– derdi Kistunov, jig‘ibiyroni chiqqanidan bar-
moqlarini  qirsillatib  va  grafindan  dam­badam 
suv ichardi. – Judayam ahmoq, befarosat xo-
tin ekan-ku. Meni qiynadi, endi ularning ustiga 
chiqib miyalarini qoqib yeydi, bu! Uh.. yuragim 
yorilib ketay deyapti-ya.
Yarim soatdan keyin qo‘ng‘iroqni bosdi. Xo-
naga Aleksey Nikolayevich kirdi.
– Xo‘sh, nima bo‘ldi u xotinning ishi? – deb 
so‘radi Kistunov, horg‘in bir holda.
– Gap tushuntiramiz deb o‘lib bo‘ldik, Pyotr 
Aleksandrovich! Qiynalib ketdik! Biz bog‘dan 
kelsak, u tog‘dan keladi... 
– Ovozini yana bir eshitsam o‘laman... Tobim 
qochdi... Jonim bo‘g‘zimga keldi...
– Qorovulni chaqirib, ko‘chaga haydab 
chiqar tiramiz,  qo‘yamiz.
– Yo‘q, yo‘q, aslo! – dedi Kistunov, qo‘rqib 
ketib. – U dod-faryod ko‘tarishi mumkin, bu 
uyda xonadonlar ko‘p, tag‘in ustimizda gap-so‘z 
bo‘lib yurmasin... O‘zingiz yaxshilab tushun-
tiring, azizim.
Birozdan keyin yana Aleksey Nikolayevich-
ning g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir tovushi eshitildi. Chorak 


Anton Chexov
194
soatcha vaqt o‘tdi, uning o‘rnini hisobchining 
jaranglagan ovozi bosdi.
– Juda qabih xotin ekan! – dedi g‘azabi qay-
nab Kistunov, asabiylashib ketganidan yelka-
lari dag‘-dag‘ qaltirardi. – Eshakdan ham bat-
tar befahm ekan... Yana bodim qo‘zg‘adi...
– ...Boshim lo‘qillab og‘riyapti...
Narigi uyda Aleksey Nikolayevich juda kuch-
dan tolib, barmog‘i bilan stolni urdi, keyin pe-
shonasini urib ko‘rsatdi.
– Xullas, bosh deb qovoqni ko‘tarib yurgan 
ekansiz, – dedi axiri, toqati toq bo‘lib.
– Ha, nima deyapsan o‘zing! – deb xafa bo‘ldi 
ayol. – Bu gaplarni xotiningga borib ayt! Amal-
dor bo‘lmay ket! Qo‘lingga erk berma!
Aleksey Nikolayevich, darg‘azab holda uni 
bo‘g‘ib o‘ldirguday bo‘lib qaradi-da, xirillagan 
tovush bilan sekin:
– Yo‘qol hozir bu yerdan, – dedi.
– Nima deyapsan? – deb birdan chinqirib 
yubordi Shchukina. – Nima haqingiz bor? Men 
bir mushtipar ojiza ayol bo‘lsam, men bun-
ga sira chidab turolmayman! Erim zaxirada-
gi harbiy bo‘ladi! Voy, sening amalingga! Ad-
vokat Dmitriy Karlichning oldiga borib bir arz 
qilsam, nom-u nishoning qolmaydi! Uchta ija-
rachini qamattirdim, bunday betamiz gapla-
ringga oyog‘imga yiqilib uzr so‘raysan hali. Men 
senlarning generalingga borib ustingdan arz 
qilaman! Janobi oliylari! Hoy janobi oliylari!
– Yo‘qol deyman hozir bu yerdan, ablah! – 
deb o‘shqirdi Aleksey Nikolayevich.


Buqalamun
195
Kistunov eshikni ochib, mahkamaga qaradi.
– Tag‘in nima gap? – deb so‘radi, yig‘lagudek 
bo‘lib. Qisqichbaqaday qizarib ketgan Shchuki-
na uyning o‘rtasida turib olib, ko‘zlarini javdira-
tar, qo‘llarini paxsa qilar edi. Bank xodimlari 
ham qip­qizarib atrofida tizilib turishar va juda 
holdan tolib, bir-birlariga qarardilar.
– Janobi oliylari! – deb tashlandi Shchukina, 
Kistunovga. – Mana bu... mana bu odam... (xo-
tin Aleksey Nikolayevichni ko‘rsatdi) barmog‘i 
bilan peshonasini, keyin stolni qoqib ko‘rsat-
di. Siz unga mening arzimni tinglashga buyur-
sangiz, u meni masxara qildi! Men bir mushti-
par ojiza ayol... erim zaxiradagi harbiy... o‘zim 
mayorning qizi bo‘lsam!
– Xo‘b, xonim, arizangizni o‘zim ko‘rib chiqa-
man... – dedi Kistunov zo‘rg‘a. – Chorasini 
ko‘raman... Endi keting!.. Keyin kelarsiz!..
– Pulni qachon olishim mumkin, janobi oliy-
lari? Menga bugun pul juda zarur!
Kistunov dag‘-dag‘ titragan qo‘li bilan pesho-
nasini siladi-da, uh tortib, yana tushuntirishga 
kirishdi:
– Xonim, men sizga hammasini aytib tushun-
tirdim-ku, axir! Bu yerni bank deydilar, xusu-
siy tijorat idorasi... Yana nima deysiz, endi? Siz 
bizni ishdan qoldirayotibsiz, tushunasizmi?
Shchukina gapni tinglab bo‘lib, uh tortdi.
– Mayli, mayli... – dedi u, – faqat janobi oliy-
lari, o‘zingiz rahm qiling, o‘lgunimcha duo qilay, 
meni himoya qiling, otam bo‘ling. Agar shifokor 


Anton Chexov
196
ma’lumotnomasi kamlik qilsa, yana boshqa 
ma’lumotnoma keltirib beraman... Ayting, pul-
ni berishsin!
Kistunovning ko‘zlari tinib ketdi. U, o‘pkasi-
dagi butun nafasini puf deb chiqardi-da, holdan 
toyib, stulga o‘tirib qoldi.
– Necha pul deysiz? – deb so‘radi, holsiz to-
vush bilan.
– 24 so‘m-u 36 tiyin.
Kistunov cho‘ntagidan hamyonini chiqarib, 
25 so‘mlik pulni oldi-da, Shchukinaga berdi.
– Mana, buni oling-da... keting!
Shchukina pulni dastro‘moliga tugib, qo‘yni-
ga soldi-da yuzi hatto satanglarning yuziday 
tirjayib, so‘radi:
– Janobi oliylari, erimni yana ishga joy-
lashtirib qo‘yish qanday bo‘larkin?
– Hozir ketmasam bo‘lmaydi... Kasalman... – 
dedi Kistunov zo‘rg‘a. – Hozir yuragim qinidan 
chiqib ketadi...
Kistunov uyiga jo‘nab ketishi bilan Aleksey 
Nikolayevich Nikitani dorixonadan dori kel-
tirishga yubordi. Amaldorlarning hammalari 
20 tomchidan dori ichib, ishga kirishdilar. 
Shchukina esa yana ikki soatcha yo‘lakda qor-
ovul bilan so‘zlashib Kistunovni kutib o‘tirdi.
U ertasi kuni ham keldi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish