Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Abdulla Qahhor
tarjimasi
SARLAVHASIZ
V asrda ham hozirgidek har kuni ertalab 
quyosh chiqar va kechqurun uxlagani yotar edi. 
Ertalab quyoshning dastlabki nurlari shudring 
bilan o‘pishganda yer jonlanar, havo quvonch, 
shodlik va umid tovushlariga to‘lar, kechqurun 
esa shu yer tek qolar va shafqatsiz qorong‘ilik-
ka cho‘mardi.
Kun kunga, tun tunga o‘xshaydi. Har zamon 
ko‘kda qora bulutlar paydo bo‘lib, jahl bilan 
momaqaldiroq qaldirardi, yoki yulduz uchar-
di, yo bo‘lmasa, rangi o‘chgan rohib zohidlar-
ning oldiga yugurib kelib, monastirga yaqin 
bir yerda yo‘lbars ko‘rganini aytardi, vassalom, 
so‘ngra yana kun kunga, tun tunga o‘xshardi.
Rohiblar ishlar va ibodat qilar, ularning 
boshliqlari bo‘lgan chol organ chalar, lotincha 
she’rlar hamda notalar yozardi. Bu ajoyib chol 
favqulodda qobiliyat egasi edi. U organni shun-
day ustalik bilan chalar ediki, hatto umrining 
oxirida musiqiy zavqi bir tarziroq bo‘lib qolgan 
eng qari rohiblar ham, uning hujrasidan organ 
tovushi kelganda o‘zlarini yig‘idan to‘xtatol-
masdilar. U hatto eng oddiy narsalar to‘g‘risi-
da, masalan, daraxt, yirtqich hayvonlar yoki 


Anton Chexov
224
dengiz haqida so‘zlaganda ham kishi yo kular 
yo ko‘ziga yosh olar, xuddi uning qal bida organ 
torlariday torlar sado berayotganday tuyilardi. 
Uning achchig‘i kelsa yoki juda quvonib ketsa, 
yo bo‘lmasa biron dahshatli, zo‘r narsa to‘g‘risi-
da gapirsa, ehtirosli ilhomga tolar, chaqnab 
turgan ko‘zlari yoshlanar, yuzi qizarar, to-
vushi momaqaldiroqday guldirar edi. Rohiblar, 
 uning so‘ziga quloq berar ekanlar, uning ilhomi 
o‘z qalblarini band qilayotganini sezar edilar. 
Mana shunday soz va ajoyib damlarda uning 
hukmronligi cheksiz bo‘lar, agar u zohidlariga 
daryoga o‘zlarini tashlashni buyursa hammasi 
shodlik bilan bu amrni ijro etgani shoshilardi.
Uning musiqasi, tovushi, Xudo, yer va os-
monni madh etgan she’rlari rohiblarga doi-
miy xursandlik manbayi edi. Umrguzaronlik 
bir xilda bo‘lavergandan keyin ba’zan daraxt, 
gullar, bahor, kuz ularning me’dasiga tegar, 
dengizning shovillashi toliqtirar, qushlar ning 
sayrashi yoq 
mas, ammo cholning iste’dodi 
ularga nondek har kuni kerak edi.
O‘n yillar o‘tdi, hamon kun kunga, tun tun-
ga o‘xshardi. Monastir atrofida yovvoyi qush va 
yirtqich hayvonlardan bo‘lak jon egasi ko‘rin-
mas edi. Odam turadigan eng yaqin yer mo-
nastirga yuz chaqirim kelar va yuz chaqirim 
yo‘l nuqul cho‘ldan borardi. Bu cho‘ldan o‘tish-
ga hayotga tahqir ko‘zi bilan qarovchi, hayot-
ni tark etib, monastirga kirishni qabrga kirish, 
deb biluvchi kishilargina jur’at qila olardi.
Shuning uchun bir kuni kechasi birov mo-
nastirning eshigini taqillatganda rohiblar juda 


Buqalamun
225
hayron qolishdi. Eshikni taqillatgan kishi sha-
harlik bir odam bo‘lib, hayotni sevuvchi odd-
iy bir osiy ummat ekan. Bu odam rohiblar 
boshlig‘i duosini olish va ibodat qilish o‘rniga 
avval vino bilan ovqat talab qildi. Nima bo‘lib 
cho‘lga chiqib qolganligini so‘ralganda u, uzun-
dan-uzoq so‘zlab, ovga chiqqani, ko‘proq ichib 
qo‘yib adashganini aytdi. Monastirga kirib, qi-
yomatning g‘amini yegin, degan taklifga, kulib: 
«Men sizlarga o‘rtoq emasman» deb javob berdi.
Yeb, ichib to‘yganidan so‘ng, xizmatini qilib 
turgan rohiblarga bir-bir qaradi-da, bosh chay-
qab ta’na bilan dedi:
– Bekor o‘tirasizlar, rohiblar. Yeyish-ichish-
dan boshqani bilmaysizlar. Qiyomatning g‘ami-
ni shu xilda yeydimi kishi? O‘ylab ko‘ringlar: 
sizlar bu yerda tinchgina yeb-ichib saodat 
xayolida o‘tirgan choqlarda, yaqin kishila-
ring halok bo‘lib, jonlari do‘zaxga ketmoqda! 
Bir qaranglar-chi, shaharda nimalar bo‘lmoq-
da! Biri ochdan o‘lmoqda, boshqasi o‘z oltini-
ni qayerga qo‘yishini bilmasdan buzuqlikka 
g‘arq bo‘lmoqda va asalga botgan pashshaday 
halok bo‘lmoq da. Kishilarning qalbida na imon 
bor, na haqiqat. Bularni qutqarish kimning 
ishi, axir? Va’z-nasihatni kim qiladi? Ertadan 
kech gacha mast bo‘lib yuradigan odam – men 
qilaymi? Nahot Xudo, ezg‘u ruh, sevuvchi qalb 
va imonni sizlarga to‘rt devor orasida o‘tirish 
uchun bergan bo‘lsa?
Shaharlikning mastlik bilan aytgan so‘zlari 
qattiq va odob doirasidan tashqari edi, ammo 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish