Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
248
hazilkash odam, meni hamda bizning ikkovi-
mizga juda yaqin bo‘lgan bir muhtaram xonim-
ni kulgi qilib surat chizibdi. Bu ishda mening 
hech bir aybim yo‘qligiga sizni ishontirmoqni 
o‘z burchim deb bilaman. Bu xilda hazilning 
ro‘y berishi uchun mening tomonimdan hech 
qanday sabab sodir bo‘lgan emas, aksincha, 
men o‘zimni hamma vaqt odobli bir odamdek 
tutaman.
Kovalenko qovog‘ini solib, indamasdan o‘tir-
di. Belikov yana biroz jim qolgach, ohista va 
qay g‘uli ovoz bilan so‘zida davom etdi:
– Men sizga yana ba’zi bir so‘zlarni aytmoq-
chi edim. Men ko‘pdan beri xizmat qilaman, siz 
bo‘lsangiz xizmatni yaqindagina boshlagansiz, 
shuning uchun, o‘zingizdan katta o‘rtog‘ingiz 
sifatida sizni ogohlantirib qo‘yishni o‘z burchim 
deb bildim. Chunonchi siz velosiped minib yu-
rar ekansiz, holbuki, bu yoshlarning tarbiya-
chisi bo‘lgan bir kishi uchun butunlay kelish-
maydigan qiliq.
– Nega axir! – deb so‘radi Kovalenko yo‘g‘on 
ovoz bilan.
– Aytib o‘tirishga hojat ham bormi, Mixail 
Savvich, o‘zi ravshan emasmi?! Muallim velo-
siped minib yurgandan keyin, o‘quvchi nimalar-
ni qilmaydi? O‘quvchilar odamning boshiga 
chiqib yuradigan bo‘ladilar! Modomiki, rasmiy 
farmoyish bilan ruxsat etilmagan ekan, yara-
maydi. Kecha mening jon-ponim chiqib ketdi. 
Singlingiz velosiped minib ketayotganini ko‘rib, 


Buqalamun
249
ko‘zlarim tinib ketdi, ayol kishining yoki qiz bo-
laning velosiped minishi juda ham xunuk!
– Nima demoqchisiz o‘zi?
Men faqat sizni ogohlantirib qo‘ymoqchiman, 
Mixail Savvich. Siz yoshsiz, sizning istiqbolin-
giz hali oldinda, sizga juda ham ehtiyot bo‘lmoq 
kerak, holbuki, siz shu darajada beparvosizki, 
asti qo‘yavering! Siz gul tikilgan ko‘ylaklar ki-
yib, ko‘cha-ko‘yda hamma vaqt allaqanday ki-
toblar ko‘tarib yurasiz, endi mana – velosiped 
minishni ham chiqardingiz. Singlingiz bilan ve-
losipedda sayr qilib yurganingizni direktor bilib 
qolsa, nozirning qulog‘iga ham yetadi... Bun-
dan yaxshi ish chiqadimi?
– Singlim bilan velosipedda sayr qilib yu-
rishimizning hech kimga daxli yo‘q! – dedi Kova-
lenko va qizarib ketdi. – Mening uy ishimga va 
oila masalalarimizga aralashadigan odamni 
men moxovga oshno qilib qo‘yaman.
Belikovning rangi o‘chib, o‘rnidan turdi.
– Siz, men bilan shu yo‘sinda gaplashadigan 
bo‘lsangiz, men suhbatni davom ettirolmay-
man! – dedi u. – Sizdan o‘tinamanki, mening 
huzurimda boshliqlar xususida bu xil so‘zlar-
ni hech gapirmang. Siz hukumat ma’murlariga 
hurmat bilan qarashingiz kerak.
Kovalenko Belikovga jahl bilan qarab turib:
– Hukumat ma’murlari to‘g‘risida nima yo-
mon gap gapirdim? – deb so‘radi. – O‘tinaman, 
meni tinch qo‘ying. Men vijdonli bir odamman 
va sizdek janob bilan gaplashishni xohlamay-
man. Men chaqimchilarni yomon ko‘raman.


Anton Chexov
250
Belikov tajang bo‘lib gangidi va yuzlarida 
dahshat alomatlari bo‘lgani holda, shoshilib ki-
yina boshladi. U, bu xil dag‘al gaplarni umrida 
birinchi eshitishi edi.
Dahlizdan zinaning ayvonchasiga chiqarkan:
– Nima desangiz deyavering, – dedi u, – sizga 
shuni aytib qo‘ymog‘im kerak: ehtimol bizning 
suhbatimizni birorta odam eshitgandir, bu-
ning natijasida bizning so‘zlarimizga boshqa xil 
ma’no bermasliklari uchun hamda biror balo 
chiqib qolmasligi uchun, men suhbatimizning 
mazmunini... eng muhim nuqtalarini direktor 
janoblariga ma’lum qilmog‘im lozim. Bu mening 
vazifam.
– Ma’lum qilaman? Bor, ma’lumotingni be-
raver! – Kovalenko uning yoqasidan ushlab 
pastga itarib yubordi, u kalishlarini tapirlatib 
zinadan quyiga yumalab ketdi. Zina baland va 
tik edi, lekin u, salomat tushib oldi; o‘rnidan 
turib, ko‘zoynagining butunligini bilmoqchi 
bo‘lib, burnini ushlab ko‘rdi. U zinadan pastga 
yumalab tushayotgan paytda ikkita xonim bi-
lan birga Varenka kirib keldi. Ular pastda turib 
tomosha qilardilar. Belikov uchun hammadan 
yomoni ham shu edi. Bo‘yni ostida qo lishi, ikki 
oyog‘idan ajralishi – bu xilda masxara bo‘lish-
dan yaxshiroq edi. Endi bu gap butun shaharga 
tarqaladi, direktorning, nozirning qulog‘iga 
borib yetadi. Oh, bir balo chiqmasin-da! Yangi 
hajviy rasmlar yasaladi va butun ish oqibatida 
xizmatdan iste’fo berib chiqishga buyurishadi...



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish