Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Odil Rahimiy
tarjimasi
JONGINAM
Iste’foga chiqqan kichik amaldor Plem-
yannikovning qizi Olenka hovli eshigi oldida-
gi supachada xayol surib o‘tirardi. Kun issiq, 
pashshalar xiralik bilan jonga tegar, kech 
kirishga yaqin qolganligi ko‘ngliga xush kelar 
edi. Kunchiqar tarafdan yomg‘irdan darak be-
ruvchi qop-qora bulut bostirib kelmoqda, har 
zamonda yomg‘ir tomchilab qo‘yar edi.
Shu hovlidan bir uyni ijaraga olgan «Tivoli» 
nomli rohat bog‘chasining egasi va antrepren-
yori
1
 Kukin hovlining o‘rtasida turib, osmon-
dan ko‘zini uzmasdi.
– Ana xolos! – dedi u jig‘ibiyroni chiqib. – 
Tag‘in yomg‘ir yog‘adigan bo‘ldi-ku! Kunda 
yomg‘ir! Kunda yomg‘ir, menda qasdi bormi! 
Uyim kuydi-ku! Xonavayron bo‘ldim! Zarar 
ko‘rmagan kun qolmadi-ku!
U, hayronlikdan qo‘llarini kaftiga urib qo‘yib, 
Olenkaga qarab davom etdi:
– Ko‘rgan kunimiz shu, Olga Semyonov-
na, yig‘laging keladi! Uzzukun ishlaysan, o‘lib 
tirilasan, kechalari uxlamay chiqasan, qandoq 
1
  Antreprenyor – teatr, sirk va shu kabilarning xo‘jayini.


Anton Chexov
256
qilsam yaxshiroq bo‘larkin, deb bosh qotirasan
oqibati nima? Bir tomondan xalq nodon, yov-
voyi xalq. Men unga eng yaxshi operetkalarni, 
feeriyalarni qo‘yib bersam, borib turgan lapar-
chilarni sahnaga chiqarsam-u, unga yoqma-
sa! Xalq bunga tushunmaydi-da! Xalqqa mas-
xarabozlik yoqadi, u eng past, kishining ko‘ngli-
ga urgan tomoshalarni talab qiladi! Endi bu 
osmonni qarang! Har kuni kechqurun yomg‘ir 
yog‘adi! O‘ninchi maydan beri yog‘adi, butun 
may tinmay yog‘di, iyun yog‘di, jonga tegdi-ku, 
axir! Odamlar boqqa kirmay qo‘yishdi, kirim 
yo‘q, ijara haqini qanday to‘layman? Artistlar 
yollaganman, ularga qanday haq to‘layman?
Ertasi kuni kechqurun osmonni yana bulut 
bosdi. Butun umidini yo‘qotgan Kukin aqldan 
ozgan odamday qah-qah otib so‘zlardi.
– Ha, mayli! Yog‘sa yog‘aversin! Menga qol-
sa butun bog‘chani suv olib ketsin, meni ham 
qo‘shib olib ketsin! Bu dunyoda ham, u dunyo-
da ham baxtsiz o‘taqolay! Artistlar meni sudga 
berib, kesdirib yuborishsin! Sud ham gapmi, 
Sibirga surgun qilishsin! Dorga osib o‘ldirishsin 
meni! Ha-ha-ha!..
Uchinchi kuni ham xuddi shunday bo‘ldi.
Kukinning gaplarini Olenka jim o‘tirib, jid-
diy tinglar, goho uning ko‘zlariga yosh kelardi. 
Borib-borib Kukinning baxtsizligi Olenka ning 
yuragini ezdi, qiz uni yaxshi ko‘rib qoldi. Kukin 
pakana, oriq, za’faron yuzli, sochlarini ho‘l tar-
ab yuradigan odam edi; ovozi ingichka bo‘lib, 
gapirganda lablarini burib gapirardi, uning afti-


Buqalamun
257
da hamma vaqt umidsizlik, norozilik aks etardi. 
Shularga qaramay, u, Olenkada haqiqiy, chuqur 
sevgi uyg‘otdi. Olenkaning o‘zi biron kishini 
sevmasdan yurolmasdi. Eng oldin o‘z otasini 
yaxshi ko‘rar edi, otasi endi og‘ir kasal bo‘lib, 
qorong‘i qilib qo‘yilgan uyda nafasi bo‘g‘ilib 
yotardi; keyin yilda bir-ikki marta  Bryanskdan 
kelib-ketib yuradigan xolasi ni yaxshi ko‘rib qol-
di. Undan oldin esa gimnaziyada o‘qib yurgan 
vaqtlarida, fransuz tili o‘qituvchi sini sevib qol-
gan edi. Olenka mulo yimgina, xushfe’l, ko‘ngli 
ochiq, to‘ladan kelgan, do‘ndiqqina, yuvosh qiz 
edi. Uning anorday qip-qizil yuziga, qop-qora 
xol tushgan oppoq yumshoq bo‘yniga, biror-
ta yoqimli so‘z eshitganida chehrasida paydo 
bo‘ladigan jilmayishiga ko‘zi tushgan erkaklar 
bir jilmayib: «Chakki emas...» deb qo‘yardilar. 
Mehmonga kelgan xotinlar esa gapning o‘rtasi-
da birdan uning qo‘lidan ushlab:
– Jonginam! – demasdan qo‘yishmasdi.
U tug‘ilib-o‘sgan va meros qog‘ozida  uning 
 
ismiga yozilgan uy shaharning chetida, Si-
ganskaya Sloboda degan joyda, «Tivoli» bog‘-
chasining yonida edi. Har kuni kechqurun 
yarim kechagacha bog‘dan musiqa ovozlari 
va mushaklarning paqillab otilishi eshitilardi, 
mushaklarning paqillashini eshitib u «Kukin o‘z 
taqdiri bilan olishmoqda, eng yovuz dushma-
ni bo‘lmish – hamma narsaga beparvo qarov-
chi tomoshabinlarning ko‘nglini olmoqda», deb 
o‘ylardi, yuragi orziqib ketar, uyqusi kelmas, 
tongotar paytida Kukin uyga qaytib kelganda 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish