Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

ringizni kutamiz, xatuk shanba kuni dafu etiladi». 
Telegrammada shunday «xatuk» degan tu-
shunib bo‘lmaydigan so‘z va «dafn» so‘zi «dafu» 
deb yozilgan: uni operetta truppasining rejis-
sori yuborgan edi.
– Sening o‘rningga men o‘lsam bo‘lmasmi-
di-ya! – deb yig‘i soldi Olenka. – Jonim Va-
nichka! Nega uchrashdim sen bilan? Nega seni 
sevdim? Bechora baxtsiz Olenkangni kimga 
tashlab ketding!
Kukinni seshanba kuni Moskvada Vagankov 
qabristoniga ko‘mishdi, chorshanba kuni Olen-
ka uyiga qaytib keldi, ostonadan kirishi bilanoq 
o‘zini karavotga tashladi-da, ho‘ngrab yig‘lab 
yubordi. Uning dod-faryodi hatto ko‘chaga va 
qo‘shni hovlilarga ham eshitilardi.


Buqalamun
261
– Jonginam, – derdi qo‘shnilar cho‘qinishib, 
– jonginam Olga Semyonovna yig‘layverib ado 
bo‘ldi-ya, bechora!
Oradan uch oy o‘tdi. Qora kiygan Olenka bir 
kun cherkovdan uyiga qaytib kelmoqda edi. Itti-
foqo uning qo‘shnilaridan biri, Babakayev degan 
savdogarga qarashli yog‘och taxta omborning 
boshqaruvchisi Vasiliy Andreyevich Pustovalov 
ham cherkovdan chiqib, uyiga qaytib kelar edi. 
Boshiga poxol shlyapa, egniga oq jeletka kiy-
ib, ko‘kragiga tilla zanjir taqqan Pustovalov sa-
vdogardan ko‘ra ko‘proq hunarmandga o‘xshab 
ketardi. U, Olenkaga achinib ulug‘vorlik bilan 
dedi:
– Har qanday ishning o‘z tartibi bo‘ladi, Olga 
Semyonovna. Biron yaqin kishimizning kuni 
bitgan ekan, demak, uni Tangrining o‘zi olgan 
bo‘ladi. Modomiki shunday ekan, taqdirga tan 
berishdan boshqa ilojimiz yo‘q.
Olenkani eshik oldigacha uzatib, xayrlash-
di-da, o‘z yo‘liga qarab ketdi. Shundan ke-
yin uning tovushi kechgacha Olenkaning qu-
log‘idan ketmadi, ko‘zini yumsa uning qora so-
qoli ko‘ziga ko‘rindi. Pustovalov uning ko‘ngliga 
juda yoqib qolgan edi. Olenka ham unga yoqib 
qolgan bo‘lsa kerak, shu voqeadan ko‘p o‘tmay, 
unikiga bir keksa xotin qahva ichgani keldi. 
Mehmonga kelgan xotin stol yoniga o‘tirishi 
bilanoq Pustovalovdan gap ochdi, uning yax-
shi va savlatli erkakligini, har qanday qizning 
unga jon deb tegishini aytdi. Uch kundan ke-
yin Pustovalovning o‘zi mehmon bo‘lib keldi; u 


Anton Chexov
262
ko‘p emas, o‘n daqiqacha o‘tirdi, kam gapirdi, 
ammo Olenka uni yaxshi ko‘rib qoldi, shu qa-
dar yaxshi ko‘rib qoldiki, hatto kechasi bilan 
o‘rtanib, uxlamay chiqdi, ertasiga erta bilan 
keksa xo tinga odam yubordi, ko‘p o‘tmay ular 
unashtirildi, keyin to‘y bo‘ldi.
To‘ydan keyin Pustovalov bilan Olenka yax-
shi turmush kechirishdi. Odatda Pustovalov 
tushki ovqat mahaligacha omborda o‘tirardi, 
keyin o‘zining o‘rniga Olenkani qo‘yib, turli 
ishlar bilan ketardi. Olenka esa oqshomgacha 
omborda mol sotib, hisob-kitob ishlarini qilib 
o‘tirardi.
– Yog‘och, taxtalarning narxi yildan-yilga 
yigirma foiz oshmoqda, – derdi Olenka xaridor 
va tanishlariga. – O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, ilgari 
biz shu yerdan chiqqan taxtani sotardik, endi-
likda Vasichka har yili Mogilev gubernasidan 
mol keltiradi. Narxning oshishini aytmaysizmi! 
– derdi u, kaftlari bilan ikki yuzini bekitib.
Unga, butun umri yog‘och-taxta sotish bi-
lan o‘tganday, yog‘och-taxtasiz hayot bema’ni 
hayotday tuyilardi, xoda, xari, sarrof, taxta, 
yog‘och degan gaplar uning qulog‘iga nozik 
va yoqimli musiqaday eshitilardi... Tog‘-tog‘ 
yog‘och, taxtalar, xoda-xarilar ortib, bir yoqlar-
dan tashib ketayotgan arava-arava karvonlar, 
bir polk keladigan o‘n ikki gazli, besh qarich-
li xodalarning omborga hujum qilib, bostirib 
kelishlari,  xodachalar,  sarroflar  va  taxtalar­
ning bir-birlariga urilib, sado chiqarishlari, ke-
yin yerga qulab, yana turishib, bir-birlarining 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish