Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
266
gan bo‘ldi. Ba’zan ertalab u-bu keltirish uchun 
oshpaz ayol bilan bozorga chiqqanini odam-
lar ko‘rishdi, biroq endigi turmush qanday, 
uy ichida nima gaplar bor – bu haqda odam-
lar faqat gumon bilan gapirishar edi. Masalan, 
odamlar uning o‘z bog‘chasida ot shifokori bi-
lan birga choy ichib o‘tirganidan, shifokorning 
unga gazeta o‘qib berishidan va yana pochtada 
bir tanish xotin bilan uchrashib, unga:
– Shahrimizda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan veteri-
nariya nazorati yo‘q, kasalning ko‘pligi ham 
shundan. Anavi sutdan, manavi otdan, sigir-
dan yuqub kasal bo‘pti, degan hodisalar ko‘pa-
yib ketdi. Inson sihatiga qanday g‘amxo‘rlik 
qilinsa, jonivorlarni ham shunday boqish ke-
rak, – deb aytgan gapidan uning nima haqida 
o‘ylashiii gumon qilardilar.
U, ot shifokorining aytganini aytar, u nima-
ni o‘ylasa shuni o‘ylar edi. Olenkaning sevgisiz 
yashay olmasligi va yangi baxtni o‘z hovlisidan 
topib olganligi hammaga ravshan edi. Boshqa 
xotin bo‘lganda uni hamma qoralardi, ammo 
Olenka  haqida  hech  kim  yomon  fikrda  emas, 
uning hayotidagi voqealar hammaga ma’lum 
va ravshan edi. U ham, ot shifokori ham o‘za-
ro munosabatlarida yuz bergan o‘zgarishlar 
haqida hech kimga bir og‘iz so‘z aytmaslikka 
tirishar edilar, biroq Olenka hech qanday sir-
ni yuragida saqlab yurolmasdi. Agar shifokor-
ning polkdagi hamkasblari mehmonga kelish-
sa Olenka ularga choy quyib yoki ovqat tortib, 
qora molga kelgan vabodan yoki shahar kush-
xonasidan gap boshlardi, shifokor esa uyal-


Buqalamun
267
ganidan qip-qizarib ketardi. Mehmonlar tarqa-
lishib ketgach, shifokor uning qo‘lidan ushlar-
di-da, g‘azablangani holda:
– Tushunmagan narsang haqida og‘iz ochma, 
deb necha marta aytdim senga! Hamkasblarim 
yig‘ilishganda va o‘z ishimiz ustida so‘zlash-
ganimizda sen zinhor aralashma! Odamni ze-
riktirib yuborasan, axir! – derdi.
Olenka unga taajjubilanib qarar va xavotir-
lanib:
– Volodichka, bo‘lmasa nimani gapiray? – 
deb so‘rardi.
Va ko‘ziga yosh olib, ot shifokori bag‘riga oti-
lar, jahli chiqmasligini so‘rab yalinardi; ikkisi 
ham o‘zini baxtiyor deb his etardi.
Biroq, bu baxt ko‘pga bormadi. Ot shifokori 
o‘z polki bilan birga jo‘nab ketdi, uning polki 
boshqa yoqqa, Sibir tomonga ko‘chirilgan edi. 
Olenka yana yolg‘iz qoldi.
Endi u butunlay yolg‘iz qolgan edi. Otasi al-
laqachon o‘lib ketgan, uning kreslosi chordoq-
da bir oyoqsiz chang bosib yotardi. Olenka 
ham ozib ketgan, husni ham qochgan, ko‘cha-
da ko‘rganlar ham unga ilgarigidek boqmas 
va jilmayib qaramas edi. Eng yaxshi yillar – 
yoshlik vaqtlari o‘tib, endi uning uchun qan-
daydir yangi turmush, bundan bu yog‘i nima 
bo‘lishini bilish qiyin bo‘lgan davr boshlangan 
bo‘lsa kerakki, yaxshisi bu to‘g‘rida o‘ylamaslik 
lozim edi. Kechqurunlari Olenka eshik oldiga 
chiqib, «Tivoli» rohat bog‘chasida chalinayot-
gan musiqani, mushaklarning paqillab yorili-
shini eshi tib o‘tirar, ammo bu tovushlar endi 


Anton Chexov
268
unda hech qanday tuyg‘u uyg‘otmasdi. U, o‘z 
hovlisiga bee’tibor tikilib o‘tirar, hech narsani 
o‘ylamas, ko‘ngli hech nimani istamasdi, ke-
chasi uyga kirib yotardi. Uyqusida yana o‘zi-
ning bo‘sh hovlisi tushiga kirardi. Ovqatni ham 
birov zo‘rlab yedirayotganday yer edi.
Eng yomoni shu ediki, unda ortiq hech qan-
day fikr qolmagan edi. U o‘z atrofida xilma­xil 
buyumlarni ko‘rar, nimalar bo‘layotganiga aqli 
yetar. Ammo ular haqida nima deb o‘ylashni 
va nimalarni gapirishni bilmasdi! Hech qan-
day fikrga ega bo‘lmaslik naqadar og‘ir! Bir shi­
shaning tikka turganini, yoki yomg‘ir yog‘ishi-
ni, yoxud aravaga tushib ketayotgan mardikor-
ni ko‘rib turasan-u, biroq shishaning nimaga 
kerakligini, yomg‘irning nimaga yog‘ishini, 
mardikorning nega aravaga tushib borishi-
ni, ularda qanday ma’no borligini o‘lsang ham 
ayta bilmasang! Kukin va Pustovalov bor vaqti-
da, ot shifokori borida Olenka ularning ma’no-
siga yetardi, har narsa ustida fikr yuritolardi, 
endi uning o‘ylarini va yuragini xuddi hovlini 
bosgan zimziyo qorong‘i va bo‘shliq qoplagandi. 
Go‘yo chuqur soyga g‘arq bo‘lib ketayotganday 
uni dahshat bosardi.
Bu orada shahar har tarafga qarab kenga-
yib ketdi, Siganskaya Sloboda endi ko‘cha tusi-
ni oldi. «Tivoli» rohat bog‘chasi va yog‘och-tax-
ta omborlari bo‘lgan joylarga yangi imorat-
lar tushib, ancha-muncha tor ko‘chalar hosil 
bo‘lgan edi. Muncha ham vaqt tez o‘tib boradi! 
Olenkaning uyi eskirgan, tunuka tomi zanglab 
ketgan, saroy ham bir yoqqa qarab yonbosh-



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish