Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Buqalamun
263
ustiga chirmashib chiqishlari kechalari uning 
tushiga kirib chiqardi. Olenka tushida bular-
ni ko‘rib, bexosdan qichqirib yuborardi. Pus-
tovalov esa uni:
– Olenka, nima bo‘ldi senga, jonim? O‘zingni 
bosib ol! – deb ovuntirardi.
Eri nimani o‘ylasa u ham shuni o‘ylardi. 
Agar eri uy juda isib ketdi desa, yoki ishning 
mazasi qochdi desa, u ham xuddi shuni deydi. 
Eri hech qanaqa o‘yin-kulgi, ko‘ngil ochishlarni 
yoqtirmas, hayit kunlari ham uydan chiqmas 
edi. Olenka ham uyda o‘tirardi.
– Uyda o‘tirganlaring o‘tirgan, – deyishar-
di tanish-bilishlari.– Teatrgami, ot o‘yingami 
borib, yozilib kelsangiz-chi, jonginam!
– Vasichka ikkovimizning teatrga borishga 
vaqtimiz bormi? – deb javob berardi u, ulug‘vor-
lik bilan. – Biz mehnatkash odammiz, bunday 
behuda narsalarga beradigan bo‘sh vaqtimiz 
yo‘q. Teatrga borib nima ham orttirardik?
Shanba kunlari kechqurun Pustovalov 
Olenka bilan birgalashib bomdod namoziga, 
hayit kunlari esa peshin namoziga bori shadi, 
cherkov 
dan ham birga qaytishadi, ikkovi-
ning chehrasi ochiq, atrofga xushbo‘y hid so-
chib kelishadi. Olenkaning shohi ko‘ylagining 
shitirlashi quloqqa yoqadi; uyga qaytib kelib, 
so‘lqildoq non va har xil murabbolar bilan choy 
ichishadi, keyin pirog yeyishadi. Har kun tush 
paytida karam sho‘rva va qo‘y go‘shtidan yoki 
o‘rdakdan pishirilgan qovurma, ro‘za kunlari 
esa qovurilgan baliqning hidi hovlidagilar yoki 
ko‘chadan o‘tuvchilarning dimog‘ini qitiqlab, 


Anton Chexov
264
ishtahasini ochib yuborar edi. Kontorada doim 
samovar qaynab turadi, xaridorlar choy va te-
shikkulchalar bilan mehmon qilinadi. Haftada 
bir marta er-u xotin birgalashib hammomga 
borib, ikkovlari qip-qizil bo‘lib, uyga qaytishadi.
– Xudoga shukr, turmushimiz yomon 
emas, – derdi Olenka tanishlariga. – Vasich-
ka ikki mizni yetkizgan kunga hammani ham 
yetkaz sin.
Pustovalov mol keltirish uchun Mogilev 
gubernasiga ketgan vaqtlarida Olenka juda 
zerikadi, kechalari uxlamay yig‘lab chiqadi. 
Hovlidagi uylardan birida turuvchi, polkda ot 
shifokori bo‘lib xizmat qiladigan Smirnin de-
gan yosh yigit ba’zan kechqurunlari unikiga 
kelib turadi. Smirnin unga u yoq-bu yoqdan 
so‘zlab beradi yoki ikkovi qarta o‘ynaydi, bun-
dan Olenka ancha ovunadi. Smirninning o‘z 
oilasi haqidagi hikoyalar uni ayniqsa qiziqti-
rardi. U uylangan bo‘lib, bir o‘g‘li ham bor 
edi, ammo xotini unga xiyonat qilgani uchun 
ajrashib ketgandi, shuning uchun xotinini 
juda yomon ko‘rardi, o‘g‘liga atab har oyda qirq 
so‘m pul yuborib turadi. Olenka bu gaplarni 
eshitib, uh tortib, unga achindi. Smirnin bilan 
xayrlashayotib:
– Xudo o‘z panohida saqlasin. Kelganingiz 
uchun rahmat, ilohim hamisha sog‘-salomat 
bo‘ling... – derdi va uni sham bilan zinagacha 
kuzatib qo‘yardi.
Gapirganda ham eriga taqlid qilib, ulug‘vor-
lik bilan gapirardi, ot shifokori allaqachon uyi-
ga kirib ketgan bo‘lsa-da, ketidan chaqirib:


Buqalamun
265
– Xotiningiz bilan yarashib qo‘ya qolsangiz 
ham bo‘lardi, Vladimir Platonich! O‘g‘lingiz tu-
fayli gunohini keching... Bola boyaqish hamma 
gapga tushunsa kerak, – derdi.
Pustovalov safardan qaytib kelganda Olen-
ka unga ot shifokorining barbod etilgan tur-
mushini hikoya qilib berar, keyin ikkovlari 
birgalashib achinishar, bosh chayqar, otasini 
sog‘ingan o‘g‘li haqida gapirishar, shundan ke-
yin ikkovlari baxtiyor holda o‘rinlaridan turib, 
burchakdagi sanamga qarab, Xudodan bola ti-
lab, iltijo qilar edilar.
Olti yilgacha Pustovalovlarning turmushi 
tinch, sevinch va totuvlikda o‘tdi. Qish kun-
laridan birida omborda issiq choy ichib, terlab 
o‘tirgan Vasiliy Andreyevich xaridorga mol so-
tish uchun telpaksiz tashqariga chiqdi, shunda 
shamollab, betob bo‘lib qoldi. Olenka uni eng 
o‘tkir shifokorlarga qaratgan bo‘lsa ham, to‘rt 
oy yotgandan keyin dard ustun kelib vafot etdi. 
Olyonka yana beva qoldi.
– Kimga tashlab ketding, meni sevgilim! – deb 
ho‘ngrab yig‘lardi u, erini ko‘mgandan keyin. – 
Men bechora sensiz qanday turay bu dunyoda? 
Rahmingiz kelsin, yaxshilar, men yetimning 
dardiga davo topinglar-ey... – derdi.
U motam tutib, qora kiydi, shlyapa va 
qo‘lqop 
ni butunlay kiymay qo‘ydi, ko‘chaga 
kamdan-kam chiqadigan bo‘ldi, chiqsa ham 
cherkovga yoki erining qabriga borish uchun 
chiqardi, bo‘lak vaqtlarda tarki dunyo etgan 
odamday uyda o‘tirardi! Olti oy deganda motam 
kiyimlarini tashlab, deraza darchalarini ochadi-



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish