Anton Chexov
258
o‘zining yotoq bo‘lmasida turib derazani qoqar,
parda orqasidan yuzi va bir yelkasini ko‘rsatib,
mehribonlik bilan jilmayib qarar edi...
Kukin taklif qildi, ular nikoh o‘qitishib,
er-xotin bo‘lishdi. Kukin, Olenkaning bo‘ynini
va yumshoqqina to‘la yelkalarini ko‘rib, o‘zida
yo‘q sevindi va:
– Jonginam! – dedi.
Kukin o‘zini baxtiyor sezardi, ammo to‘yda kuni-
tuni yoqqan yomg‘ir uni ancha xafa qilgan edi.
To‘ydan keyin ular uchun yaxshi kunlar
boshlandi. Olenka kassada o‘tirib chipta so-
tar, bog‘cha tartiblariga qarab yurar, hisob-ki-
tob ham shuning qo‘lida edi; artistlarga oylikni
ham u to‘lar, uning qip-qizil anordek chehra-
sini va yoqimli mayin jilmayishini goh kassa
darchasida, goh sahna orqasida, goh bufetda
ko‘rish mumkin edi. Olenka o‘zining hamma
tanishlariga – dunyoda eng yaxshi va eng ke-
rakli narsa teatr, faqat teatrda kishi rohatlana-
di, bilimdon bo‘loladi, – derdi.
– Ammo bunga xalq tushunmaydi! – derdi
u. – Xalqqa masxarabozlik ko‘rsatsangiz yoqa-
di! Kecha kechqurun biz «Faustning teskarisi»
degan spektaklni qo‘yuvdik, deyarli hamma lo-
jalar bo‘sh qoldi. Vanichka ikkimiz birorta be-
maza narsani qo‘yib ko‘rsatsak, odam liq to‘lib
ketadi. Ertaga Vanichka ikkimiz «Do‘zaxga
tushgan Orfey»ni qo‘yamiz, kelinglar.
Teatr haqida, aktyorlar haqida Kukin nima
desa Olenka ham shuni qaytarardi. Kukin kabi
u ham xalqni befarq va nodonligi uchun yomon
ko‘radi, repetitsiyalarga aralashadi, aktyorlar-
Buqalamun
259
ning harakatlarini, so‘zlarini tuzatadi, musiqa-
chilarni tergaydi, mahalliy gazetada teatrni yo-
monlab birorta maqola bosilib qolsa yig‘laydi,
keyin tahririyatga borib izoh beradi.
Artistlar uni yaxshi ko‘rishardi, unga «Va-
nichka ikkimiz» va «Jonginam» deb ot qo‘yishgan
edi. Olenka ularga rahm qilib, oz-moz pul qarz
berib turar, agar ularning ba’zilari pulni qay-
tarmay, aldab ketishsa hech kimga bildirmay
yig‘lar, ammo eriga aytmasdi.
Qishda ham ularning turmushi yaxshi edi.
Ular shahar teatri binosini butun qishga ijara-
ga olib, goh malorosslar truppasiga, goh fokus-
chiga, goh shu yerning teatr havaskorlariga
qisqa muddatga ijaraga berishar edi. Olenka
kun sayin semirardi, vaqti xushligidan kun-
dan-kunga ochilardi, qish bo‘yi ish o‘ngidan
kelib, daromad yomon bo‘lmasa-da, Kukin
«zarar ko‘payib ketdi» deb noligani-noligan edi,
yuzi tobora sarg‘ayar va o‘zi ozar edi. Kechalari
yo‘talib chiqardi, Olenka unga malina guli va
lipa daraxtining gulini qaynatib ichirar, ko‘kra-
giga atir surtar, o‘zining yumshoq jun ro‘moliga
o‘rab qo‘yardi. Uning sochlarini silab:
– Tanimdagi jonimsan, – derdi u yurakdan.
Truppa to‘plash uchun Kukin, ro‘za kezida,
Moskvaga ketdi. Olenka usiz butun huzur-halo-
vatini yo‘qotdi, kechalari mijja qoqmay, deraza
oldida yulduzlarga qarab chiqardi. Shunday
paytlarda o‘zini katakda xo‘rozsiz qolib, uy-
qusiz, bezovtalanuvchi tovuqdek his etardi.
Kukin Moskvada uzoq turib qoldi, yuborgan
Anton Chexov
260
xatida hayitga yetib kelishini yozib, «Tivoli» ro-
hat bog‘chasini ijaraga olish to‘g‘risida harakat
boshlashni buyurgan edi. Biroq chin arafa kuni
kechqurun birov bochkani gumburlatib urgan-
dek darvozani xunuk qoqa boshladi. Uyqudan
zo‘rg‘a ko‘zini ochgan oshpaz yalangoyoq loy
kechib, darvozani ochgani yugurdi.
– Darvozani oching tezroq! – dedi yo‘g‘on
ovoz li kishi darvoza orqasida turib. – Sizga tele-
gramma bor!
Olenka ilgarilar ham eridan telegramma olib
turardi, biroq bu safar o‘tirgan yerida qotib qol-
di. U titroq qo‘llari bilan telegrammani ochib
o‘qidi:
« Ivan Petrovich bugun to‘satdan o‘lib qoldi, am-
Do'stlaringiz bilan baham: |