Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Buqalamun
283
mardikorlarga o‘xshab qattiq mehnat qilma-
sangiz, bu yerlar juda oz hosil beradi. Zarar qil-
ishni istamagan odam dalada butun oilasi bilan 
erin may ishlaydi. Bu yerda hamma baravar ter 
to‘kadi. Bir qarich yerni ham bo‘sh qoldirmay, 
qo‘shni qishloqdagi erkak va ayollarni mehnat 
qilishga undadim. Qishloqda har kun ishim 
boshimdan oshib yotardi. O‘zim ham ular qa-
tori yerni yumshatar, ekar, o‘rardim, ochlikdan 
tomorqadan bodring yeydigan qishloq mushu-
giga o‘xshab, zerikkanimdan dalada tentirar-
dim. Butun tanam oqarib yotardi va men to‘g‘ri 
kelgan joyda uxlardim. Boshida tarbiya ko‘rgan 
odam kabi bunday og‘ir hayotni men o‘zimning 
oliy nasablarga xos fazilatlarim bilan uyg‘un-
lashtirib olib boraman, deb o‘ylagan edim. Men 
bu yerda yuqoridagi maxsus va hashamatli xo-
nalardan biriga joylashdim. Kaminaga har kuni 
nonushta va tushlikdan so‘ng likyor qo‘shilgan 
qahva berish kabi yozilmagan qoidani o‘rnat-
gandim. Kechqurun uxlashdan oldin «Yevropa 
xabarlari» gazetasini o‘qirdim. Ammo bir kuni 
bizning ruhoniy otaxonimiz Ivan keldi-yu, bir 
o‘tirganda mening hamma likyorlarimni ichib 
qo‘ydi. Yozda ish ko‘pligidan men o‘z yotog‘imga 
qaytishga ulgurmasdim hamda pichan xonada 
yoki o‘rmon qorovulxonasida uxlab qolardim, 
o‘qishga vaqt topolmaganim uchun «Yevro-
pa xabarlari»ni ham ibodatxonaga yetkazish 
odatga aylandi. Asta-sekin men pastga odam-
lar ovqatlanadigan oshxonada ovqatlanadi-
gan bo‘ldim. Avvalgi hashamatdan faqat otam 


Anton Chexov
284
davrida xizmat qilgan xizmatchilar qolgandi, 
ularni ishdan bo‘shatish esa men uchun ni-
hoyatda og‘ir edi. 
Ilk yillarda meni bu yerda hurmatli qozi si-
fatida saylangandi. Qachondan-qachon sha-
harga borish va tuman sudining yig‘ilishlarida 
qatnashishimga to‘g‘ri kelardi, bu esa menga 
juda yoqardi. Bu yerda ayniqsa, qishda ik-
ki-uch oy hech qayerga chiqmasdan yashasang 
oxir-oqibat qora kamzulingni sog‘inib qolar-
kansan. Tuman sudida esa kamzullar ham, 
mundirlar ham, fraklar ham va suhbatlashish 
mumkin bo‘lgan ziyoli odamlar, huquqshuno-
slar ham bor edi. Pichanxonadagi tun, oddiy 
xalq ovqatlanadigan oshxonadagi kursidan ke-
yin, yengil oyoq kiyimida ozoda orom kursida 
ko‘kra gingda zanjir bilan o‘tirish bu – haqiqiy 
shohona hayotga o‘xshab tuyiladi! Shaharda 
meni yaxshi qabul qilishardi, yangi tanishlar 
orttir dim. Tanishuvlar orasida tuman sudyasi-
ning o‘rtog‘i Luganovich bilan kechgan tanishuv 
men uchun foydali va yoqimli bo‘ldi. Uni siz 
ikkingingiz ham yaxshi taniysiz, ajoyib shaxs. 
Bu o‘sha shov-shuvlarga sabab bo‘lgan yong‘in 
ishini ko‘rib chiqish paytida ro‘y bergandi. Ish 
ikki kun davom etdi, barchamiz holdan toygan-
dik. Luganovich menga qaradi-da:
– Bilasizmi nima? Yuring, yaxshisi, menikiga 
tushlik qilish uchun boramiz, – dedi. 
Luganovich bilan rasman tanish edik. Hech 
qachon unikiga mehmonga borganim sabab bu 
men uchun kutilmagan taklif bo‘ldi. Men faqat 
bir daqiqaga o‘z xonamga kiyinish uchun kir-


Buqalamun
285
dim va u bilan tushlik qilgani jo‘nadim. Shun-
day qilib, o‘sha kuni menga Luganovichning 
xotini Anna Alekseyevna bilan taninish imkoni-
yati tug‘ilgandi. U paytda u hali juda yosh edi. 
U yigirma ikki yoshdan oshmagan juvon olti oy 
oldin birinchi farzandini dunyoga keltirgandi. 
Bu o‘tmish ishi... hozir o‘sha paytda ayolning 
aynan qaysi jihati yoqqanligini aniq tasvirlab 
berolmayman-u, biroq unda menga yoqib qol-
gan g‘aroyib jihat bor edi. Tushlik vaqtida men 
qarshimda ilgari hali hech qachon uchratmagan 
navnihol, chiroyli, mehribon, odobli, jozibali ayol 
turganligini his qildim va shuning bilan birga 
tanish, istarali chehrani, chiroyli, aqlli ko‘zlar-
ni qachonlardir bolaligimda onamning javonida 
turgan albomda ko‘rgandek issiq tuyildi. 
Hibsga olingan to‘rt nafar yahudiyni uyush-
gan jinoyatchilikda ayblab, yong‘inni chiqa-
rishda ularning qo‘li bor deb hisoblashdi, ammo 
bu menimcha, asossizdek edi. Tushlik vaqti 
men juda tashvishlanib, nimalar deganimni 
hozir eslolmayman-u, ammo mening so‘zlarim 
Anna Alekseyevnaning har zamon-har zamon-
da boshini silkitib, eriga qarab:
– Dmitriy, axir shunaqasi ham bo‘lishi mum-
kinmi? – deb so‘rashga majbur qilardi. 
Luganovich dunyodagi ishonuvchan va 
oqko‘ngil kishi bo‘lgani uchun ham «Odam sud 
kursisiga o‘tirdimi, demak, u – aybdor», degan 
qoidaga ko‘r-ko‘rona ishonar, sud chiqargan 
hukmga esa shubha bilan qarash va, ayniqsa, 
buni oddiy tushlik vaqtida muhokama qilishga 
esa qarshi edi, bu masalani u qog‘ozlarda qayd 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish