Buqalamun
289
dan ham qiyin paytlarda yoki birorta sudxo‘r
kutilmaganda pul talab qolganida yo soliqlar-
ni to‘lashga pul yetmay qolganida yana ham
rahm dil bo‘lib ketishardi. Ular deraza oldida bir
muddat shivirlashib turardilar-da, so‘ng Lu-
ganovich yonimga yaqin kelib, jiddiy qiyofada:
– Pavel Konstantinovich, ayni damda pulga
zoriqqan bo‘lsangiz, tortinmasdan bizdan yor-
dam so‘rashingiz mumkin, – derdi.
U hayajonlanganidan qulog‘igacha qizarib
ketardi. Shunday paytlar bo‘lardi-ki, u Anna
Alekseyevna bilan deraza oldida shivirlashib
olayotganida ham qulog‘igacha qizarib, yonim-
ga yaqinlashardi-da, qo‘limga o‘rog‘liq qog‘ozni
tutqazardi.
– Men va xotinim sizdan ana bu sovg‘ani qa-
bul qilishingizni so‘raymiz, – deb aytardi.
Men bu himmatga javoban ularga qishloq-
dan yovvoyi o‘rdak, saryog‘ va gul yuborardim.
Aytgancha, er-xotinning ikkisi ham badavlat
oiladan chiqqan edi. Ilgarilari men tez-tez qarz
olib turardim, oqibatini surishtirmay, to‘g‘ri
kelgan joydan pul topardim, biroq dunyodagi
hech qanday kuch meni Luganovichlardan pul
qarz olishga majbur qilolmasdi. Bu haqda ga-
pirishga ham hojat yo‘q.
Men baxtsiz edim. Men dalada, pichan-
xonada, uyda faqat u haqda o‘ylardim. Nega
unga o‘xshagan go‘zal, yosh, aqlli ayol qanday
qilib, shunday eskicha fikrlaydigan, zerikarli,
deyarli cholga aylanib qolgan (eri qirq yosh-
dan oshgandi) kishiga turmushga chiqqani
va undan farzandlar ko‘rgani sirini topishga
Anton Chexov
290
harakat qilardim. Raqs kechalarida, yig‘ilish-
larda obro‘li odamlar qatorida xuddi uni sotish-
ga olib kelishganidek ruhan siniq, hech kimga
keraksizdek jim o‘tiradigan, oddiy, qo‘li ochiq,
zerikarli, insonga qanday qilib taqdir shu yosh
go‘zal ayolni uchratganini tushunishni istar-
dim. Nima uchun shunday bo‘lishi kerak edi?
Nega bizning hayotimizda bu qadar katta xato
sodir bo‘lgan ekan?
Shaharga kelganimda uning ko‘zlariga bo-
qib, meni intiqlik bilan kutganligini sezardim.
Uning o‘zi ham erta tongdan uyqudan turi-
shi bilan bugun kelishimni oldindan his qil-
ganini tan olardi. Biz uzoq suhbatlashardik,
sukut saqlab turardik, biroq sevgimiz haqida
og‘iz ochmasdik, uni ustalik va rashk bilan
yashirardik. Biz o‘z-o‘zimizga sirimizni bilin-
tirib qo‘yishi mumkin bo‘lgan har narsadan
qo‘rqardik. Muhabbatim nozik, kuchli edi, le-
kin ikkimizda ham sevgimiz uchun kurashish-
ga kuch topilsa, oqibati nimalarga olib kelishi
haqida chuqur mushohada qilardim. Mening
jim va ma’yus muhabbatim birdaniga suyuk-
li ayolimning eri hamda bolalarining shirin,
baxtli hayotini qo‘pol tarzda izdan chiqarishi
mumkinligiga ishonish qiyin edi. Axir bu uyda
meni yaxshi ko‘rishadi, hurmat qilishadi va is-
honishadi. Shu adolatdanmi? U menga ergash-
gan bo‘lardi, ammo qayerga? Men uni qayerga
ham olib borardim? Mening chiroyli, qiziqarli
hayotim yoki, masalan, Vatan ozodligi uchun
kurashgan qahramon yo mashhur olim, artist,
bo‘lganimda boshqa gap edi. Kambag‘allarga
Buqalamun
291
xos oddiy hayot tarziga uning ko‘nikishi qiyin
edi. Bunday sharoitda baxtimiz qachongacha
davom etishi mumkin edi? Betob bo‘lib qolsam
yo vafot etsam yoki shunchaki bir-birimizdan
ko‘nglimiz qolsa, uning qismati qanday kechi-
shi mumkinligi haqida o‘ylardim.
U ham o‘z o‘rnida xuddi shunday fikrlardi,
nazarimda. U farzandlari, eri va erini o‘z o‘g‘li
kabi yaxshi ko‘radigan onasi haqida o‘ylardi.
Agar u tuyg‘ulariga quloq solganida, bir umr
yolg‘on so‘zlashiga yoki to‘g‘risini aytishiga
to‘g‘ri kelardi, biroq unga o‘xshagan obro‘li ayol
uchun bu nihoyatda og‘ir edi. Uning muhab-
bati shundoq ham og‘ir, baxtsizliklarga to‘la
hayotimga chindanam baxt olib kirarmikan
yoki butunlay chigallashtirib yubormasmikan,
degan savol qiynardi. Anna Alekseyevna yan-
gi hayot boshlash va men bilan birga yashash
uchun o‘zini qarib qolgandek his etar, yetarli-
cha mehnatsevar va ruhan tetik emasdek tuyil-
gani bois ham menga o‘zini munosib deb hi-
soblamasdi. U eriga bot-bot meni yaxshi beka
va yordamchi bo‘la oladigan aqlli, munosib
qizga uylantirish kerakligini ta’kidlardi va shu
onning o‘zida bunday qizni shahardan topish
amri maholligini ham qo‘shib qo‘yardi.
Yillar o‘tib borardi. Anna Alekseyevna ikki
farzandli bo‘ldi. Luganovichlarnikiga kel-
ganimda oqsoch mayin tabassum bilan kutib
olar, bolalar esa, Pavel Konstantinovich keldi,
deya bo‘ynimga osilib olishardi, barcha xur-
sand bo‘lardi. Ular qalbimda kechayotganlari-
dan bexabar meni ham bundan xursand deb
Do'stlaringiz bilan baham: |