Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Shahnoza Rahmonova
tarjimasi
MUHABBAT
Ertasiga oshpaz Nikanor mehmonlardan 
tushlikka nima xohlashlarini so‘rab olgani 
yuqoriga ko‘tarilguniga qadar, ular nonushtaga 
berilgan juda mazali bo‘g‘irsoqlar, qisqichbaqa 
va qo‘y go‘shtidan tayyorlangan do‘lmalarni 
tanovvul qilayotgandilar. U yuzi to‘ladan kel-
gan, ko‘zlari kichik o‘rta bo‘yli odam edi, uning 
mo‘ylovi ustara bilan emas, balki yulib olingan-
ga o‘xshardi. 
Alyoxinning aytishicha, go‘zal Pelageya ana 
shu oshpazni sevib qolgan ekan. Nikanor yo-
mon xulqli va piyonista odam bo‘lgani uchun 
qiz unga turmushga chiqishni istamas, biroq 
shunchaki birga yashashga rozilik bildirgan 
ekan. U esa xudojo‘y odam edi. Bunday ya-
shashga Nikanorning diniy tarbiyasi aslo yo‘l 
qo‘ymasdi, shuning uchun ham qiz unga tur-
mushga chiqishini istar, boshqacha yashash-
ni mutlaqo xohlamasdi, ichib kelganida doim 
qizni so‘kar va, hatto, kaltaklardi ham. U mast 
bo‘lgan chog‘larda qiz yuqoriga chiqib yashiri-
nib olar va tinmay yig‘lardi. Alyoxin hamda xiz-
matchi o‘sha tun har ehtimolga qarshi uylariga 
ketmay, uni himoya qilish uchun qolishardi. 


Buqalamun
281
Bu hikoya muhabbat haqidagi suhbatning 
boshlanishiga turtki bo‘ldi. 
– Muhabbat qanday tug‘iladi, – dedi Alyox-
in, – nega Pelageya o‘zining ichki va tashqi fazi-
latlariga mos keladigan o‘z tengini emas, balki 
aynan ana shu badbashara Nikanorni sevib 
qoldi. Uni bizda hamma shunday deb ataydi. 
Muhabbatda shaxsiy baxtga erishishning bar-
cha jihatlari muhim – afsuski, bularning bari 
noaniq, bu mavhumlik ustida qancha xohla-
sangiz shuncha bosh qotirish mumkin. «Buyuk 
kuchga ega sir» deya berilgan ta’rif shu kunga 
qadar muhabbat haqida aytilgan yagona inkor 
etib bo‘lmas haqiqatdir. Muhabbat haqida yo-
zilgan va aytilgan gaplar yechimi topilmagan 
javobsiz savollar majmuasidir. Topilgan isbotlar 
o‘nta boshqa hayotiy misollarga to‘g‘ri kelmay-
di, menimcha, ularning har birini qo‘shmasdan 
alohida sharhlash kerak. Shifokorlarga o‘xshab 
har bir voqea ustida bitta-bitta bosh qotirish 
kerak. 
 – To‘ppa-to‘g‘ri, – tasdiqladi Burkin. 
– Biz ruslar tarbiyali odamlarmiz, yechimi to-
pilmayotgan muammolarga befarq qarab turol-
maymiz. Odatda muhabbatni shoirona so‘zlar 
bilan ta’riflaydilar, atirgullarga qiyos qilishadi. 
Biz esa o‘z sevgimizni savollarga ko‘mib tash-
laymiz hamda ular orasidan eng zerikarlilarini 
tanlab olamiz. Talabalik chog‘larimda Mosk-
vada yashardim. U yerda mening hayotdagi 
hamrohim bor edi, yoqimtoy ayol har gal uni 
bag‘rimga bosib quchganimda u bugun bozor-


Anton Chexov
282
da mol go‘shtining narxi necha funt turishi-yu 
va men unga oyiga qancha to‘lashim kerakligi 
haqida hisob-kitob qilardi. Muhabbat savdo-
sida bu – to‘g‘rimi yo noto‘g‘ri, mantiqlimi yo 
mantiqsiz, bunday muhabbat nimaga olib bo-
rarkin, deya tinmay o‘zimizdan so‘raymiz. Bu 
yaxshimi yo yomonligini bilmayman-u, biroq 
xalaqit berishi, qoniqtirmasligini va yoqmasli-
gini bilaman. 
U xuddi nimanidir aytib berishni istayotgan-
dek tuyilardi. Yolg‘iz yashaydigan odamlarning 
qalbida hamisha so‘zlashga arzigulik nimadir 
bo‘ladi. Shaharda bo‘ydoqlar atayin hammom-
ga, restoranlarga borib, hammom xizmatchilari 
va ofitsantlarga juda qiziqarli hikoyalarni aytib 
berishadi. Qishloqda esa bundaylar o‘z do‘st-
lari hamda mehmonlari oldida yurakdagilarini 
to‘kib solishadi. O‘sha kuni derazadan tashqa-
rida kulrang osmon, yomg‘irda ivigan daraxtlar 
ko‘zga tashlanayotgandi. Bunday ob-havoda 
gapirish-u tinglashdan boshqa biror ish qilish 
amri mahol edi. 
–  Men  Sofinada  yashayman  va  anchadan 
beri xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanman, – deya 
o‘z hikoyasini boshladi Alyoxin. – To‘g‘rirog‘i, 
institutni tugatganimdan beri. Ziyoli bo‘lganim 
uchun yuqori lavozimlarda ishlashim kerak, 
ammo dadam meni o‘qitaman, deb qarzga bo-
tib qolgandi. Ana shu qarzni to‘lamasam bu 
yerdan ketmayman, degan qarorga kelganim 
uchun ham qishloqqa qaytdim va oddiy odam-
lar kabi ishlay boshladim. Agar dehqonlar yoki 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish