Buqalamun
269
lagan, hovli sahnini otquloq bilan sassiqalaf
bosib ketgan edi. Olenkaning o‘zi ancha qa-
rigan, husndan ham qolgan edi. Yoz kunlari u
eshik oldidagi supachaga chiqib o‘tiradi. Qal-
bida ilgarigidek bo‘shliq hukm suradi, o‘zidan
ham sassiqalafning hidi kelib turadi, qish kun-
lari esa deraza yoniga o‘tirib, hovlidagi qordan
ko‘zini uzmaydi. Bahor kelganda yoki shamol
cherkov qo‘ng‘iroqlarining ovozini uchirib kelib
qolgan choqlarda birdan o‘tmish kunlar esi-
ga tushib yuragi «shuv» etib ketadi. Ko‘zlariga
jiqqa yosh keladi, ammo bu ko‘p davom etmay-
di, birpasdan keyin yurakni yana bo‘shliq egal-
laydi, bu dunyoda nima uchun yashayotganini
yana bilmaydi. Briska degan qora mushugi bir
ohangda miyovlab, unga erkalanadi, ammo bu
ham Olenkaga ta’sir qilmaydi. Unga bu kerak-
midi? Unga butun borlig‘ini, butun yuragini,
aqli-farosatini maftun etadigan, hayotiga ma’no
beradigan, kishini o‘yga soladigan, uning sovib
borayotgan qonini qizitadigan sevgi kerak! Eta-
giga chiqib olgan mushukni yerga itarib tushi-
radi-da, alam bilan:
– Ket, ket... jonga tegding! – deydi.
Shu yo‘sinda hech bir shodliksiz, hech qan-
day fikrsiz kunlar, oylar, yillar o‘tdi. Oshpaz
Mavra nima desa shu edi.
Saraton kunlarining birida, podalar ham-
ma yoqni changitib daladan qaytib kelayotgan
oqshom paytida, kimdir ko‘cha eshigini qattiq
qoqdi. Olenkaning o‘zi borib darvozani ochdi,
ochishi bilan turgan yerida qotib qoldi: kel-
gan kishi – sochlari oqargan, mundir kiygan ot
Anton Chexov
270
shifokori Smirnin edi. Olenkaning esiga butun
o‘tmish keldi, o‘zini tutolmay, g‘iq etmay boshi-
ni uning ko‘ksiga qo‘ydi-da, yig‘lab yubordi.
Hayajonlanib ketganidan ikkovlari ham uyga
kirganlarini, choyga o‘tirganlarini bilmay qoldi.
– Voy jonim-ey! – dedi u, sevinchidan qalti-
roq bosib. – Vladimir Platonich, quyosh qayer-
dan chiqdi?
– Shu shaharda yashab qolmoqchiman, –
dedi shifokor. – Iste’foga chiqdim, endi erkinlik-
da baxt izlab topmoqchiman, bir yerga qo‘nib
olishim kerak. O‘g‘lim ham katta bo‘lib qoldi,
gimnaziyaga berishim kerak. Bilasizmi, men
xotinim bilan yarashib olganman.
– Qayerda ular? – deb so‘radi Olenka.
– Ular musofirxonada qolishdi, men uy qidi-
rib yuribman.
– Ana xolos! Mening uyimni olaqoling! Nima
qipti bu uyga? Sizlardan bir tiyin ham olmay-
man! – U yana hayajonlanib, yig‘lay boshladi.
– Sizlar bemalol shu katta uyga joylashavering-
lar, menga hovlidagi kichkina uy ham yetib-or-
tadi. Sizni yuborgan Xudoga shukr!
Ertasi kuni uy tomini bo‘yab, devorlarni
oqlashga kirishildi, Olenka ikki qo‘lini beliga
qo‘yib, hovlidagilarga har xil ishlarni buyurib
yurar edi. Uning chehrasida ilgarigi jilmayish-
lar paydo bo‘lgan, xuddi uzoq uyqudan uyg‘on-
ganday butun tanasiga qon yugurgan edi. Ke-
yin oriq va xunuk, sochlari kalta qirqilgan, injiq
yuzli bir xonim, semizgina, ko‘k ko‘z, ikki yuzi-
da chuqurchasi bor Sasha degan bolani yetak-
lab kirib keldi. Ular ot shifokorining xotini va
Buqalamun
271
o‘n yashar o‘g‘li edi. Bola hovliga kirishi bilanoq
mushukni quva ketdi, uning xushchaqchaq
qo‘ng‘iroq kulgisi butun hovlini bosdi.
– Xola, bu sizning mushugingizmi? – deb
so‘radi bola. – Tuqqanda bittasini bizga bering,
oyim sichqondan juda qo‘rqadilar.
Olenka u bilan ancha so‘zlashdi, choy ichir-
di, go‘yo bu bolani o‘zi tug‘ib-o‘sdirgandek
his qilib, ko‘kragiga issiq yugurib, rohatlandi.
Kech qurun Sasha ovqatxonada dars tayyorlab
o‘tirarkan, Olenka sevgiga to‘lgan ko‘zlarini un-
dan uzmay:
– Chirog‘im... Xushro‘yginam... Aqlli-hushli
bola ekansan! Oppog‘im, – deb shivirladi.
– Har tarafi suv bilan o‘ralgan quruq yer –
orol deb ataladi, – deb o‘qidi kitobdan Sasha.
– Har tarafi suv bilan o‘ralgan quruq yer –
orol deb ataladi, – deb takrorladi Olenka.
Bu – necha yillab o‘ysizfikrsiz kun kechir-
gan kishining ishonch bilan aytgan birinchi
fikri edi.
Endi u mustaqil fikrga ega edi, kechki ovqat
ustida Sashaning ota-onasiga gimnaziyada
o‘qishning naqadar og‘irlashib ketgani, ammo
shunday bo‘lsa-da, real maktab ta’limidan
ko‘ra klassik maktab ta’limining afzalligi haqi-
da gapirdi, chunki uning fikricha, gimnazi-
yada o‘qigan kishiga hamma yo‘l ochiq: xohla
shifokorlikka o‘qi, xohla injenerlikka.
Sasha gimnaziyaga qatnay boshladi. Uning
onasi Xarkovdagi singlisinikiga ketib, uzoq
qolib ketdi. Otasi har kuni qayergadir yilqi
ko‘rgani ketib, ba’zan uch kunlab uyiga qayt-
Do'stlaringiz bilan baham: |