UO‘K: 821.161.1
KBK: 84(2Ros-Rus)1
ISBN 978-9943-27-234-7
© Anton Chexov, «Buqalamun». «Yangi asr avlodi», 2015.
Abdulla Qodiriy
tarjimasi
BUQALAMUN
Yangi shinel kiygan polis nazoratchisi Ochu-
melov guzar maydonchasi orqali qo‘lida tugun-
chasi bilan ketib boradi. Yo‘lakay musodara
qiling‘an to‘la bir g‘alvir qulupnayni ko‘targan
sap-sariq gorodovoy uning orqasidan ta’qib
etadi. Tevarak jim... maydonchada hech kim
ko‘rinmaydi. Do‘kon va qovoqxonalarning es-
hiklari ochiq, huvillab turadilar, bu eshik-
lar yonida gadoy u yoqda tursin bir zog‘ ham
ko‘rinmaydi.
– Ey, san hali qopadig‘an ham bo‘ldingmi, –
degan hayqiriqni eshitadi Ochumelov. – Tut,
tut qo‘yma, birodar! Kishini qopsin deb kim
buyurgan! Tut, ushla! Ha!..
It vangillashi eshitiladi. Ochumelov bir to-
monga qaraydi. Pechogin boyning o‘tin ombori-
dan bir itning uch oyoqlab chiqib kelayotganini,
qo‘rquv aralash atrofga alanglaganini ko‘radi.
Itni chit ko‘ylak kiyib, jelatkasining tugmalari
yechilgan bir kishi quvlab keladi, oxir da bu-
tun gavdasi bilan yerga yotib olib itning orqa
oyog‘idan ushlab qoladi. It yana vangillaydi.
Allakim, «Mahkam ushla, qo‘yma», – deb qich-
qiradi. Do‘kon eshiklaridan mudragan kishilar
Anton Chexov
4
mo‘ralashadilar. Bir onda o‘tin ombori yonida
go‘yo yerdan o‘sib chiqqandek bir to‘da xalq
yig‘ilib qoladi.
– Tartibsizlikka aslo yo‘l qo‘ymasman, oliy
nasab janoblari, – deb gorodovoy Ochumelovni
tinchitadi...
Ochumelov birdan to‘xtaydi, chapga tomon
yarim aylangandan so‘ng to‘plangan kishilar
ustiga qarab yuradi. Haligi ombor eshigi yoni-
da yuqorida ko‘rsatilgan tugmasi yechik kishi-
ning bir qo‘lini yuqori ko‘tarib, qonli barmog‘ini
xalqqa ko‘rsatayotganini ko‘radi. Uning yarim
mast siymosidan «itning o‘n jonidan bir jonini
ham qo‘ymayman» degan ma’no anglashiladi.
Bundan tashqari uning qonli barmog‘i ham it
ustidan g‘alaba qilishg‘a shahodat berib turadi.
Ochumelov bu kishining oltin asboblar ustasi
zargar Xryukin ekanligini tanidi. Xalq o‘rtasi-
da yelkasi sariq dog‘li, tumshug‘i ingichka oq
itbosh aybdor ham cho‘nqayib o‘lturadi. Butun
a’zosi bilan titrab-titrab qo‘rquv va dahshat
aralash atrofiga nazar tashlaydi.
– Xo‘sh, bu yerga nima uchun yig‘ilishdin-
giz, – deydi xalqni yorib ichkariga kirgan Ochu-
melov, – xo‘sh, nimaga yig‘ilishdingiz. Sening
barmog‘ingga nima qildi... Hali kim hayqirdi-a?
– Beozor o‘z ishim bilan kelayotsam, oliy
nasab janoblari, – dedi Xryukin barmog‘iga qa-
rab ijirg‘ang‘an holda, – o‘zimning Mitriy Mit-
rich bilan biroz o‘tun to‘g‘risida... ha, bir vaqt
mana shu o‘turgan it yonimga keldi-da hech
narsadan hech narsa yo‘q birdan barmog‘im-
Buqalamun
5
ni uzdi, oldi... tilim tegmasa, og‘zim tegmasa...
men o‘zim ishchi bir odamman... mening kas-
bim juda nozik. Endi men shu majruh bar-
mog‘im bilan ehtimolki, bir hafta ishga yarol-
masman. Bir haftalik tovon to‘lamasalar men
bu itni qo‘ymayman. Oliy nasab janoblari, bun-
day gap zakonda yo‘qdir. Har bir ko‘ringan it
kishini tishlab ketabersa, bu kundan ko‘ra o‘lib
ketkan ancha yaxshidir.
– Him!.. Yaxshi... – dedi Ochumelov jiddiy
tusda va yo‘talib qoshlarini chimiradi, – yax-
shi... bu o‘zi kimning iti. Men bu ishni bu hol-
da qo‘yib ketolmayman! Men itni bo‘sh qo‘yib
yuborganlari uchun ta’zir berishga yaray-
man. Hukumatning qarorlarini iltifotsiz qoldi-
rib keluvchi afandilar bilan chinlab kurashish
vaqti yetkan bo‘lsa kerak. Bu muttahamlarga
yaxshilab soliq solg‘achg‘ina ular it va bosh-
qa hayvonlarni bo‘sh qo‘yib yuborish hikmati-
ga tushu
nadilar. Men bundaylarning ko‘zini
moshdek ochib qo‘yishga yarayman!.. Yeldi-
rin, – dedi polis nazoratchisi gorodovoyni im-
lab, – oldin itning kimniki ekanligini bil, undan
so‘ng protokol yoz! Itni bo‘lsa o‘ldirish kerak.
Tezdan! Balki quturgan bo‘lsa ham ajab emas...
Qani xo‘sh, bu o‘zi kimning iti?
– Chamasi bu it general Jigalovning iti bo‘lsa
kerak, – dedi xalq ichidan allakim.
– General Jigalovniki! Him!.. Mening ustim-
dan paltomni yech-chi, yeldirin... Kun juda
ham isib ketdi! Bo‘ronning ketidan so‘roni kelib
yomg‘ur yog‘sa ham ajab emas... Faqat men
Do'stlaringiz bilan baham: |