Buqalamun
23
ga – ko‘ngil unamaydi... Sen o‘zing bilasan,
men yomon o‘rganib qolgan odamman... Menga
karavot ham joyida, joy ham toza, gap-so‘z ham
bama’ni... Ishqilib maishat asbobi to‘la bo‘lsin,
sening qishlog‘ingda bo‘lsa yo‘qchilikdan, ach-
chiq tutundan boshqa hech narsa yo‘q... Men
bir kun ham turolmayman. Basharti chunon-
chi, masalan, men, albatta sen bilan birga tur-
sin deb kattalardan bir farmoyish bo‘lsa, men
yo – uyimga o‘t qo‘yardim, yo o‘z-o‘zimni halok
qilardim. Bolaligimdan menga bu odat sin-
gishib qolgan, hech bir ilojim yo‘q.
– Shu tobda qayerdasiz o‘zingiz?
– Dmitriy Ivanovich xo‘jaynim bo‘ladi, o‘sha-
ning ovchisiman. O‘sha kishining ovqatiga il-
varsin urib beraman, ammo lekin ko‘proq ha-
vas uchun olib yuradi meni.
– Ulug‘simon ishga o‘xshamaydi bu ishin-
giz, Yegor Vlasich... Odamlar uni ko‘ngil ochish
uchun qilishadi, siz bo‘lsangiz pesha aylab...
kasbday bir narsa qilib olibsiz...
Hasrat bilan ko‘klarga tikilgani holda:
– Sen, nodon, munaqa narsalarni bilar-
miding, qalay? – dedi Yegor. – Men nima odam-
man? Muni sen shuncha yil umr ko‘rib, bil-
gan emassan, mundan nari ham to o‘lguning-
cha bilmay o‘tasan... Sen meni bir devona, bir
betovfiq banda deb o‘ylaysan, ammo tushu
nadigan odamlar bor, ular bo‘lsa meni butun
shu hududda eng usta mergan deb biladilar, u
odamlar meni yaxshi bilishadi, meni to‘g‘rim-
da gazetka ham bitishdi. Bu ovchilik xususiga
kelganda men bilan tenglashadigan hech kim
Anton Chexov
24
yo‘q. Senlarning dehqonchiligingni jinim suy-
maydi, ammo lekin bu mening xon qiziday erka
o‘skanimdan yo bo‘lmasa kattalik qilganimdan
emas, men senga aytsam, umrimda ov miltig‘i,
ov itidan boshqa narsani ko‘rmaganimdan
miltig‘imni olib qo‘ysalar qarmoqqa yopisha-
man, qarmog‘imni ham olib qo‘ysalar, qo‘lim
minan ov qilaman. Ori rost, bir zamonlar ot jal-
lobligi ham qilganman, chorbozorga ham qat-
naganman, u vaqtlarda pul degan narsa bo‘lar-
di menda, o‘zing ham bilasanki, ovchilik peshi-
ga tushkan, yo ot jallobliq yo‘liga kirgan qishloq
odami omoch buyunturuq bilan xayr-manzur
qiladi. Bu sayog‘lik savdosi odam bolasiga bir
yopishkandan keyin, sira chiqarib bo‘lmay-
di uni. Mana, chunonchi, xo‘jayinlarda ham
ba’zi bir xillari artistlikka yo boshqa shunaqa
o‘yin ko‘chalariga kirib ketsa, keyin na to‘ralik-
ka yaraydi, na zamindorlikka. Sen, ayol narsa,
munaqa narsalarni tushunmaysan, tushunish
kerak lekin.
– Tushunaman men, Yegor Vlasich.
– Yig‘lay-yig‘lay deb turibsan, tushunmaga-
ning shu...
– Men... Men yig‘laganim yo‘q, – dedi Pela-
geya teskari qarab. – Ayb, Yegor Vlasich! Bir-
gina kun bo‘lsa ham men sho‘rlik bilan turib
qo‘yishingiz lozim edi. Sizga erga tekkanimga
mana 12 yil bo‘ldi, ammo... ammo lekin ora-
mizda bir martaba ham bo‘lsin suyushuv de-
gan narsa o‘tkani yo‘q!.. Men... Men yig‘lab yot-
kanim yo‘q...
Qo‘llarini qashiy-qashiy:
Buqalamun
25
– Suyushuv... – deya g‘udrandi Yegor. – Suyu-
shuv nima qilsin bizda. Bizning er-xotinligimiz
quruq nom, xolos, shunday emasmi, axir?
Se
ning ko‘zingda men bir yovoyi odamman,
mening nazarimda sen bir nodon, bir sodda-
dil ayolsan. Xil kelgan yerimiz bormi? Men –
nuqtasi yo‘q, sayoq bo‘lib o‘skan, o‘yinqaroq bir
narsaman, sen bo‘lsang – yumushga yuradi-
gan, choriq sudraydigan bir qishloqi ayolsan,
turmushing iflos, boshing mehnatdan chiq-
maydi. Men o‘z xususimda shunday mulohaza
qilamanki, ovchilik xususida men birinchiman,
sen bo‘lsang menga rahming kelganday bo‘lib
qaraysan... Qani xil kelganimiz?
– Oramizda nikoh bor, axir, Yegor Vlasich! –
dedi Pelageya xo‘rsinib.
– Zo‘r bilan nikohlanganmiz... Esingdan
chiqdimi yo? Graf Sergiy Pavlochka qulluq
qilishing kerak... undan keyin o‘zingga. Men
merganlikda undan o‘tkur emasmanmi, shun-
ga g‘ashi kelib bir oygacha meni ichkilik bilan
sug‘ordi, mast odamni uylantirishkina emas,
boshqa dinga kirgizishi ham hech gap emas.
Ana o‘sha alamini olaman deb meni senga
uylantirib qo‘ydi... yegerga bir molboqarni olib
berdi! Sen mening mastligimni bilarding-ku,
nega tegding? Kriposnoylardan emasding-ku,
unamasang bo‘lardi! Albatta, bir molboqar
yegerga teksa jon deydi-ku-ya, lekin mulohaza
qilish kerak edi. Mana endi azobini o‘zing tort,
o‘zing yig‘la. Grafka – kulgi, sen bo‘lsang yig‘la.
Boshingni toshga ur...
Anton Chexov
26
Jimlik cho‘kadi. Bedazor ustidan uchta
o‘rdak uchib boradi. Yegor ularga tikiladi va
ko‘zga sal-sal ilashadigan qora nuqta singari
bo‘lib huv... olislarga – o‘rmon ketiga tushkun-
cha ularni kuzatadi.
Ko‘zini o‘rdaklardan Pelageyaga ko‘chirib:
– Tirikliging nima bilan? – deb so‘raydi u.
– Mana hozir yumushga boshladim, qishda
bo‘lsa go‘dakxonadan bola olib emizgi bilan bo-
qardim. Oyda bir yarim so‘m berishardi.
– Xo‘p...
Yana jimlik. O‘rilgan bug‘doyzor tomoni-
dan kelgan yumshoq bir ashula ovozi boshla-
nar-boshlanmas to‘xtab qoladi. Issig‘da ashula
aytib ham bo‘lmaydi...
– Siz Akulinaga yangi uy qilib bergan emish-
sizmi? – dedi Pelageya. – Unday bo‘lsa u sizga
yoqib qolgandir-da...
– Sening baxting shu o‘zi, yozmishing! – dedi
Yegor qizishib turib. – Bardosh qil, yetimcha.
Xayr endi, kechirgin, hali ham ko‘p gapirdim...
Kechkacha Bo‘ltvoga yetib bormasam bo‘lmay-
di.
Yegor o‘rnidan turib, bir kirishib so‘ngra
miltig‘ini yelkasiga oladi. Pelageya ham o‘rni-
dan turadi.
U ohistagina:
– Qishloq tomonga qachon o‘tasiz? – deb
so‘raydi.
– Nima bor qishloqda. Hushyor bo‘lsam agar
yaqin yo‘lamayman, mast bo‘lib kelishimdan
senga naf yo‘q. Mast vaqtimda odamlikdan
chiqaman men... Yaxshi qol!
Buqalamun
27
– Yaxshi boring bo‘lmasa Yegor Vlasich!
Yegor shapkasini kiyib itini imlagach yo‘lga
tushdi. Pelageya turgan joyida turib qolib uni
kuzatadi... U Yegorning silkinib borayotgan
kuraklarini, haybatlik gardanini, xushyoq-
mas, beparvo qadam tashlashlarini ko‘radi va
ko‘zlariga mung bilan yumshoq bir erkalik to‘la-
di. Uning nazarlari erining oriq, novcha bo‘ylari
bo‘ylab chopadi va uni erkalatib siypalaydi...
Yegor bu qarashni sezganday, to‘xtab orqasiga
qaraydi... U indamaydi, jim, lekin uning yuzini,
ko‘tarilgan yelkalarini ko‘rib, Pelageya, Yegor-
ning o‘ziga bir narsa aytmoqchi bo‘lganini pay-
qaydi. Pelageya, uncha botinolmasdan asta-
gina yaqinlashib borib, yolvoruvchi qarashlar
bilan unga qarab qoladi.
U munga tomon burilib:
– Ma! – dedi:
Va qo‘liga majaqlanib ketgan bir so‘mlikni
uzatib, yana tezgina o‘z yo‘liga ketadi.
Pelageya, beixtiyor pulni olib turib:
– Xayr endi, Yegor Vlasich! – dedi.
Yegor uzun, qayishday to‘g‘ri tortilgan yo‘l
bilan ketib boradi... Pelageya esa, rangi o‘ch-
kan, haykaldek qotqani holda nazarlari bilan
uning har bir qadamini ovlaydi. Ana, ko‘ylagi-
ning qizil rangi shimining qora rangi bilan quyi-
lishib ketdi, qadamlari ko‘zga ilashmaydi, itini
etigidan ajratib bo‘lmaydi. Yolg‘iz shapkaning
o‘zigina ko‘rinadi, faqat... Yegor birdaniga o‘nga
– bedazor tomonga burilgach, shapka ham ko‘k
orasida g‘oyib bo‘ladi.
Anton Chexov
28
– Xayr endi Yegor Vlasich! – deb pichirlaydi
Pelageya va oq shapkani yana bir marta bo‘lsa
ham ko‘rib qolmoq uchun, oyoq uchi bilan
turub, cho‘zilib qaraydi.
Yegor indamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |