Odil Rahimiy
tarjimasi
LATTA
Yaqinda men bolalarimning murabbiyasi
Yuliya Vasilyevnaga haqini berish uchun xo-
namga chaqirdim.
– O‘tiring, Yuliya Vasilyevna! – dedim. – Sizga
pul kerak bo‘lsa ham, soddadilligingizdan o‘zin-
giz so‘ragani uyalasiz.. Qani, o‘zaro hisobla shib
chiqaylik-chi. Biz sizning maoshingizni har
oyga o‘ttiz so‘mdan gaplashgan edik.
– Qirq so‘mdan...
– Yo‘q, o‘ttiz so‘mdan... Menda yozilgan... Men
murabbiyalarga hamma vaqt o‘ttiz so‘mdan
to‘lab kelganman. Xo‘-o‘sh, siz bizda ikki oy
turdingiz...
– Ikki oy-u, besh kun...
– Menda yozilgan. Rosa ikki oy... Demak, siz-
ga oltmish so‘m tegadi... Siz Kolya bilan yak-
shanba kunlari mashg‘ulot o‘tkazganingiz yo‘q,
o‘sha kunlari dam oldingiz, shuning uchun
to‘qqiz yakshanbani chiqarib tashlaymiz... Uch
kun bayram...
Yuliya Vasilyevna birdaniga qizarindi, ko‘ylak
burmasini g‘ijimladi-yu, lekin g‘ing demadi!..
– Uch bayram kuni... Demak, o‘n ikki so‘m...
Kolya kasal bo‘lib qolib, to‘rt marta dars
bo‘lmadi, o‘sha kunlari siz mashg‘ulotni faqat
Buqalamun
59
Varya bilangina o‘tkazdingiz... Uch kun tishin-
giz og‘ridi, xotinim peshindan keyin uyga qay-
tishingizga ruxsat berdi... O‘n ikki so‘m va yetti
so‘m, demak, yana o‘n to‘qqiz so‘mni chiqarib
tashlaymiz... Qoladi qirq bir so‘m. To‘g‘rimi?
Yuliya Vasilyevnaning chap ko‘zi qizarib,
yoshga to‘ldi. Iyagi titradi, asabiylashib yo‘tal-
di; burnini qoqdi, ammo g‘ing demadi.
– Yangi yil oldidan bir likopcha bilan finjon-
ni sindirdingiz. Buni ikki so‘m deylik, idishga
familiya yozilgan edi, qimmatroq bo‘lsa ham,
mayli, roziman! Bizning haqimiz kimlarda
ketmagan deysiz! So‘ngra sizning beparvoli-
gingiz natijasida Kolya daraxtga chiqib, kam-
zulini yirtib tushdi, bu ham o‘n so‘m... yana
sizning yaxshi qaramaganligingiz natijasida
uy xizmatchisi Varyaning botinkasi o‘g‘irlan-
gan. Axir, siz maosh olasiz, shularning ustidan
nazorat qilib turishingiz kerak. Demak, yana
besh so‘m... O‘ninchi yanvarda mendan o‘n
so‘m qarz oldingiz...
– Men olganim yo‘q, – dedi Yuliya Vasilyevna,
sekingina.
– Menda hammasi yozilgan.
– Xayr, mayli... yaxshi.
– Qirq bir so‘mdan yigirma yetti so‘mni chiqa-
rib tashlasak o‘n to‘rt so‘m qoladi...
Murabbiyaning ikki ko‘zi jiqqa yoshga to‘ldi...
Uzun, chiroyli burni terlab ketdi. Bechora qiz!
– Men faqat bir martagina oluvdim, – dedi u,
titroq tovush bilan. – Bekachingizdan faqat bir
marta uch so‘m olganman, xolos... Shundan
boshqa pul olganim yo‘q...
– Hali shundaymi? Men buni yozib qo‘yma-
gan ekanman! O‘n to‘rt so‘mdan uch so‘mni
Anton Chexov
60
chiqarsak – o‘n bir so‘m qoladi... Oling pulin-
gizni, jonim! Mana, uch... uch... uch... bir,
tag‘in bir so‘m... oling!
Men unga o‘n bir so‘m berdim. Pulni titroq
qo‘llari bilan olib, cho‘ntagiga soldi.
– Rahmat! – dedi pichirlab.
Men o‘rnimdan sakrab turib ketib, uy ichida
yura boshladim. Juda jahlim chiqib ketgan edi.
– Nega menga rahmat deysiz? – dedim.
– Pulingiz uchun...
– Axir, pulingizni o‘g‘irlab o‘tiribman-ku,
men sizni taladim-ku! Pulingizni o‘g‘irladim!
Nega tag‘in menga rahmat deysiz?
– Boshqa joylarda menga shuni ham berish-
mas edi...
– Berishmas edi? Ajab emas! Men sizga hazil-
lashdim, sizga unutilmas saboq berdim. Men
sizning sakson so‘m pulingizni beraman, ana,
xat jildga solib tayyorlab qo‘yganman. Odam
ham shunaqa latta bo‘ladimi? Nega haqingizni
talab qilmaysiz? Nega tek turasiz? Bu zamonda
odam o‘tkir tishli bo‘lishi kerak! Odam shun-
day bo‘shang bo‘ladimi?
U bo‘shashib qoldi. Uning yuzidan: «Bo‘lishi
mumkin!» degan ma’noni o‘qidim.
Unutilmas saboq uchun undan kechirim
so‘radim-da, qo‘liga sakson so‘mini berdim. U
qo‘rqa-pisa chiqib ketdi... Uning ketidan qarab
turib: bu dunyoda kuchli bo‘lish oson ekan! –
deb o‘yladim.
Do'stlaringiz bilan baham: |