Anton Chexov
50
dan xabarsiz qolish yaramaydi... She’riyat-da!
Uni tushunaman! Xotin kishi o‘qigan bo‘lishi
yaxshi. Mening o‘zim ham shunday tarbiya
ko‘rganman, bilaman... Lekin farishtam, bun-
chalik haddan oshirishning nima hojati bor?
– Masalan? Men uncha tushunolmay turib-
man...
– Men, sizning Lizamga qilayotgan muoma-
langizni tushunmayman! Siz
unga uylandingiz;
lekin u sizning xotiningizmi, umr yo‘ldoshin-
gizmi? U – sizning qurboningiz! Ilm, haligi ki-
toblar, turli nazariyalar... Bularning hammasi
juda yaxshi narsalar, lekin do‘stim, siz shuni
ham yodingizdan chiqarmangki, u
mening qizim
bo‘ladi! Men bunday ishga yo‘l qo‘ymayman! U
mening jon-u tanim axir! Siz uni o‘ldirayap-
siz! Qarang, to‘y bo‘lganiga bir oy bo‘lmasdan
ozib, cho‘pday bo‘lib qoldi-ya! Ertadan kechga-
cha kitobga tikilib o‘tiradi, bema’ni jurnallarni
o‘qiydi! Qandaydir qog‘ozlarni ko‘chirib yozadi!
Axir shu xotinlarning ishimi? Siz uni hech qa-
yoqqa olib bormaysiz, bunday o‘ynab-kulsin
demaysiz-a! Odamga qo‘shilmaydi, davralarga
bormaydi! Shunday ham bo‘ladimi! Hali biron
marta bazmga borgani yo‘q-a, biron marta!
– Biron marta bormagan bo‘lsa, o‘zi xohlama-
gan. Uning o‘zi bilan so‘zlashib ko‘ring-chi...
Bazmlaringiz, davralaringiz haqidagi fikrini bi-
lasiz-qo‘yasiz. Yo‘q, onajon! Sizlarning takasal-
tangligingizni u xushlamabdi! Agar u ertadan
kechgacha kitobga tikilsa yoki ish ustida o‘tir-
sa
ishoning, buning uchun hech kim uning
mulohazasiga halal berayotgani yo‘q... Men uni
Buqalamun
51
shuning uchun yaxshi ko‘raman-da... Shuning
uchun hurmat bilan qulluq qilaman va iltimos
qilaman, minba’d bizning oramizga tushmang.
Agar biror narsa aytish kerak bo‘lsa, Lizaning
o‘zi ham aytadi...
– Shundaymi? Siz hali uning ko‘ngilchang-
lik qilayotganini, dami
ichida ekanini bilmas
ekansizda? Muhabbat uning tilini bog‘lab
qo‘ygan! Men bo‘lmasam, siz unga bo‘yinturuq
kiygazardingiz, afandim! Ha! Siz rahmsiz, zo-
limsiz! Marhamat qilib, bugundan boshlab bu
xulqingizni o‘zgartiring!
– Hech o‘zgartmayman!
– Shundaymi? Keragi ham yo‘q! Ixtiyoringiz!
Liza aytmasa siz bilan tortishib ham o‘tirmas-
dim! Unga ichim achiydi! U, siz gapirib ko‘ring,
deb yalinganidan keluvdim!
– Yo‘q, endi bunisi yolg‘on!.. Bo‘lmagan gap...
Bo‘yningizga olib qo‘ya qoling...
– Yolg‘on? Unday bo‘lsa, mana, ko‘ring!
Qaynana sakrab turdi, eshikning tutqichi-
ni yulqib tortdi. Eshik ochilib ketdi va Mishel
o‘zining Lizasini ko‘rdi. U ostonada qo‘llarini
qovushtirib, piq-piq yig‘lab turgandi. Ko‘z yosh-
lari uning chiroyli chehrasini tutib ketgandi.
Mishel irg‘ib turib, uning yoniga bordi-da:
– Eshitdingmi? Qani tushuntir bo‘lmasa,
onang qizining kim ekanini bilib qo‘ysin! – dedi.
– Onam... onam... to‘g‘ri aytadilar, – dedi
Liza o‘pkasini tutolmay. – Men bu turmushga
toqat qilolmayman... Siqilib ketdim...
– Him... Hali shundaqami? Qiziq... Xo‘sh nega
bu to‘g‘rida men bilan o‘zing gaplashmading?
Anton Chexov
52
– O‘zim... o‘zimmi... achchig‘ing keladi deb...
– Axir o‘zing
doimo bekorchilikka qarshi
muhokama yuritar eding-ku! Seni muloha-
zang uchungina yaxshi ko‘raman: atrofimda-
gi odamlarning hayotidan bezorman, degan
eding-ku! Men ham seni shuning uchun yax-
shi ko‘rgan edim-da! To‘ygacha sen bema’ni,
ovoragarchilik bilan kechiriladigan hayotdan
nafratlanarding, yomon ko‘rarding-ku! Nega
birdaniga bunday o‘zgarib qolding?
–
U vaqtlarda, aytsam meni olmaysan, deb
qo‘rqqan edim... Jonim Mishel! Bugun Mariya
Petrovnanikiga mehmonga boraylik. – Liza o‘zi-
ni erining quchog‘iga otdi.
– Mana ko‘rdingizmi! Endi ishongandirsiz! –
deb qaynana kerilganicha xonadan chiqib ketdi...
– Eh, ahmoq! – dedi Mishel ingrab.
– Kim ahmoq? – dedi Liza.
– Yanglishgan odam!..