Odil Rahimiy
tarjimasi
VAKIL YOKI DEZDEMONOVNING 25 SO‘M
YO‘QOTGANI HAQIDA QISSA
L.I.Palminga bag‘ishlanadi
– Tss! Yuringlar, xoliroq joyga o‘taylik, bu yer
noqulay... Eshitib qolishi mumkin...
Qorovulxonaga kirishdi. Qorovul Makarni,
gaplarini eshitib, chaqimchilik qilmasin deb,
g‘aznaxonaga yubordilar. U g‘aznaxonaga bor-
masdan, zina tagiga berkinib oldi: u, isyon
chiqishini aniq bilar edi... Oldin gapni Kashalo-
tov boshladi, uning ketidan Dezdemonov, un-
dan keyin Zrachkov gapirdi... Tomirdagi qon-
lar qizishib ketdi! Qip-qizargan yuzlar tirishdi,
ko‘kraklariga ura boshladilar...
– Biz daqqiyunus zamonlarida emas, XIX
asr ning ikkinchi yarmida yashaymiz! – deb gap
boshladi Kashalotov. – Qorni yo‘g‘onlarga il-
gari yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, endi qo‘yilmaydi. Axir,
jonimizga tegdi-ku bu! U zamonlar o‘tib ketgan!
Va hokazolar...
Dezdemonov ham taxminan shunday gaplar-
ni gapirdi. Zrachkov hatto beodoblik bilan
so‘kinib ham oldi... Chug‘ur-chug‘ur boshlanib
ketdi. Ammo ichlaridan aqli raso bir kishi ham
chiqib qoldi. Aqli raso kishi yuzini g‘amginlik-
Anton Chexov
62
ka soldi-da, burun qoqaverib ho‘l bo‘lib ketgan
ro‘molchasi bilan yuzini artib, dedi:
– Bu gaplarning nima keragi bor-a? Eh...
Xo‘p deyaylikki, gapirilgan hamma gaplar rost,
ammo nima keragi bor? Birovga otgan tosh
o‘zlaringga kelib tegishi ham mumkin: o‘zlaring
mahkamaga boshliq bo‘lganlaringda sizlarga
ham qarshi isyon chiqishi mumkin. Rost ayta-
man! Faqat o‘z boshlaringga yetasizlar, xolos.
Biroq, aqli rasoning gapiga hech kim quloq
solmadi. Uni gapirib bo‘lishiga ham qo‘ymay,
eshik yoniga surib qo‘ydilar. U, aqli rasolik
bilan hech narsaga erisha olmasligini ko‘rib,
aqli pastlik qila boshladi va o‘zi ham qizishib,
kirishib ketdi.
– Biz ham uning singari odam ekanligimizni
ko‘rsatib qo‘yish vaqti yetdi endi! – dedi Dezde-
monov. – Yana takror aytamanki, biz malay
yoki avomlardan emasmiz! Biz gladiator emas-
miz! Biz o‘zimizni tahqir qilishga yo‘l qo‘ymay-
miz! Bizni sensirasa, salomimizga alik olma-
sa, huzuriga kirib biron gap aytib tursak yu-
zini teskari o‘girsa, so‘kinsa... Bu nima degan
gap? Hozirgi zamonda oliyjanob odamlar u
yoqda tursin, hatto malaylarni ham sensirash
mumkin emas! Kirib, o‘ziga xuddi shunday deb
aytish kerak!
– Qaysi bir kuni bo‘lsa menga qarab: «Nega
tumshug‘ing bunday bo‘yalib qopti, bor, Ma-
karning oldiga, tumshug‘ingni supurgi bilan
tozalab qo‘ysin!» deydi. Shu ham hazil bo‘ptimi!
Yana bir kuni bo‘lsa...
Buqalamun
63
– Bir kuni men xotinim bilan ketayotgan
edim, u uchrab qoldi!..– deb uning gapini bo‘ldi
Zrachkov. – «Ha, do‘rdoq lab, doim qizlar bilan
yurganing yurgan, tag‘in kuppa-kunduz kuni-
ya!» deydi. «Bu mening xotinim bo‘ladi, janobi
oliylari», dedim. Kechirim ham so‘ramadi, faqat
labini cho‘pillatib ketaverdi, deng! Shu tahqir-
lanishdan keyin xotinim boyaqish uch kunga-
cha yig‘layverib xum bo‘ldi. U qiz emas, aksin-
cha... O‘zlaring bilasizlar-ku...
– Xullasi kalom, janoblar, bunga ortiq chi-
dab bo‘lmaydi! Yo u tursin, yo biz, birga ishlol-
maymiz. Yo u ketsin, yo biz ketaylik! Obro‘ni
to‘kib yurgandan ko‘ra ishsiz yurganimiz yax-
shiroq! Hozir XIX asr! Har kimning o‘ziga yara-
sha izzat-nafsi bor! Garchi men o‘zim kichik bir
odam bo‘lsam ham, biron subyekt emasman,
hatto ko‘nglimda o‘z uslubim bor! Bunga yo‘l
qo‘ymayman! To‘g‘ri, shunday deb aytish kerak
betiga! Oramizdan biron kimsa kirsin-da, bun-
day bo‘lishi yaramaydi, desin! Hammamizning
tilimizdan gapirsin! Qani kim kiradi? Shunday
deb, to‘ppa-to‘g‘ri betiga qarab ayta berish ke-
rak! Qo‘rqmangiz, hech narsa bo‘lmaydi! Kim
kiradi? Tfu... qurib ketgur... rosa bo‘g‘ilib qolib-
man...
Vakil saylashga kirishdilar. Uzoq mojarolar
va sen kir, sen kirdan keyin aqlli, notiq va eng
jasoratli deb Dezdemonovni saylashdi. O‘zi ku-
tubxonaga a’zo, ma’lumoti baland, oyim qiz-
lar bilan tanish, demak, shundan ma’lumki,
aqlli odam, gapini topib gapira oladi. Dadilli-
gi to‘g‘risida gapirib o‘tirishning hojati ham
Anton Chexov
64
yo‘q: hammaga ma’lumki, bir kun mahalla
nazoratchisini «hoy, malay!» deb chaqirgani
uchun undan afv so‘rashni talab qilgan; ma-
halla nazoratchisi bu da’voni eshitib, qovog‘ini
solmasdanoq, Dezdemonovning jasorati butun
olamga yoyilib ketgan edi...
– Kiraver, Senya! Qo‘rqma! Shunday deb
aytaver! Mana, kerak bo‘lsa, degin! Sen aytgan
odamlar biz emas, janobi oliylari, degin! Bo‘ldi,
yetar! Kerak bo‘lsa, boshqa malaylarni topib ol,
biz unaqangilardan emas, janobi oliylari, biz
o‘zimiz ham oliftalikni bilamiz, degin. Bunday
qiliqlaring yaramaydi, deb ayt. Xuddi shunday
deyaver... Kir oldiga! Senya... do‘stim... Oldin
sochlaringni tarab ol... To‘g‘ri shunday deb
aytaver betiga.
– Jahlim tez-da, janoblar... Yana ortiqcha
gap aytib qo‘ysam... Zrachkov, sen o‘zing kir-
sang yaxshiroq bo‘lar edi!
– Yo‘q, Senya, o‘zing kiraver... Zrachkoving
faqat qo‘y og‘zidan cho‘p oladi, o‘shanda ham
mast bo‘lsa... U ahmoq odam o‘zi, sen bo‘lsang
harholda... Kiraver, azizim, kiraver...
Dezdemonov sochlarini taradi, jeletkasining
u yoq-bu yog‘ini tortib qo‘ydi, qo‘li bilan og‘zini
berkitib, bir yo‘talib oldi-da, xonaga kirdi. Ham-
ma nafas olmay kuta boshladi. Dezdemonov
xonaga kirib, eshik oldida to‘xtadi va titroq qo‘li
bilan lablarini siladi, gapni nimadan boshla-
shini bilmasdan sarosimalanib qoldi. O‘ziga
tanish qop-qora holli tepakalga ko‘zi tushgan
edi, yuragi shuv etib, eti jimirlashib ketdi...
Orqasidan chumoli o‘rmalab ketayotganday
Buqalamun
65
bo‘ldi... Buning zarari yo‘q, albatta; o‘rganma-
ganlikdan, har kim ham shunaqa bo‘ladi, faqat
yurak dov bersa bo‘lgani... Tetik bo‘l!
– E-e-e... Xo‘sh nima deb kelding?
Dezdemonov oldinga bir qadam tashladi, tili-
ni qimirlatgan edi, biroq hech tovush chiqma-
di: tili tanglayiga yopishib qolgan edi. Shu bi-
lan birga vakil, ichining ham allaqanday bo‘lib
ketganini sezdi... Uning mardligi yuragidan
chiqib, qorniga o‘tdi, u yerda g‘uldirab, sonlari
orqali tovoniga o‘tib ketdi-da, etik tagiga kirdi...
Afsuski, etigi yirtiq edi!
– E-e-e... Nima ishing bor edi! Eshitma-
yapsanmi o‘zing?
– Him... Men o‘zim... O‘zim, shunday. Men,
janobi oliylari, qulog‘imga kiruvdiki!..
Dezdemonov tilini to‘xtatib olmoqchi bo‘lgan
edi, biroq itoat qilmay, davom etdi:
– Men, janobi rafiqangiz tashkil etgan lote-
reyaga soyabonli arava ham chiqarmish deb
eshituvdim... Bitta chipta bo‘lsa... Janobi oliy-
lari... Him... Janobi oliylari...
– Chipta deysanmi? Xo‘p bo‘ladi... Atigi besh-
ta chipta qoldi... Beshalasini ham olasanmi?
– Yo‘... yo‘... yo‘q, janobi oliylari... Bittagina
bo‘lsa bas...
– Beshtasini ham olasanmi deb so‘rayotib-
man.
– Juda yaxshi, mayli, janobi oliylari!
– Bittasi olti so‘mdan... Sen besh so‘mdan
beraqol. Mana, qo‘lingni qo‘y... Ilohim baxting
kulib yutgin...
Anton Chexov
66
– He-he-he... Rahmat, janobi oliylari... Him...
Juda xursand qildingiz...
– Jo‘na endi!
Bir daqiqadan keyin Dezdemonov qorovul-
xona o‘rtasida qip-qizarib turar va yig‘laguday
bo‘lib, o‘rtoqlaridan 25 so‘m qarz so‘rar edi.
– 25 so‘m pulimni berib chiqdim, og‘ayni-
lar, o‘zi meniki emas edi! Ijara haqini to‘lab kel
deb qaynanam bergan edi... Berib turinglar,
og‘aynilar! O‘tinaman sizlardan!
– Nega yig‘laysan endi? Soyabonli aravada
yurasan, maza qilib!
– Soyabonli aravada... Soyabonli arava-ya!
Soyabon arava bilan odamlarni qo‘rqitib yura-
manmi endi? Men ruhoniy emasman! Mabodo
yutib olganimda ham, qayerga qo‘yaman uni?
Ancha vaqtgacha gapirishib turdilar; ular
gapirishar ekan, Makar (uning xat-savodi bor)
hamma gapni birma-bir yozib olmoqda edi,
yozib bo‘lgandan keyin... u yog‘i ma’lum. Ayta-
man desang juda uzun, janoblar! Har holda bu
qissadan kelib chiqadigan hissa shuki, isyon
qilmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |