Abdulla Qahhor
tarjimasi
LOZIM CHORALAR
Mahalliy qamoqxona nazoratchisining ifo-
dasicha, xaritada nomini teleskop bilan ham
ko‘rib bo‘lmaydigan kichkina va uezdsiz bir
shaharcha, quyosh nurlari bilan chulg‘angan.
Jimjitlik. Shahar idorasidan chiqib savdo ras-
talariga tomon sekin-sekin sanitariya nazorat
guruhi ketib bormoqda, bu guruh shahar
shifokori, noziri, idoraning ikki vakili hamda
bir savdo vakilidan iborat. Orqada kamoli hur-
mat bilan mirshablar ketmoqda... Guruhning
yo‘li ham, do‘zax yo‘li singari yaxshi niyatlar
bilan to‘shalgan. Bu sanitarlar, ketib borar-
kan qo‘llarini to‘lg‘ayto‘lg‘ay iflosliklar, bad-
bo‘yliklar, lozim choralar va boshqa shuning-
dek o‘latga tegishli narsalar to‘g‘risida so‘zla-
shadilar. Ularning gaplari shu qadar bama’ni
bo‘ladiki, hamma dan oldinda ketib boruvchi
noziri birdaniga zavq olib ketadi-da, orqasiga
qayrilib, deydi:
– Mana shu tariqada tez-tez yig‘ilishib, muzo-
karalar qilib tursak edi, taqsirlar! Ham ko‘ngil
ochilardi, ham kishi o‘zini binoyi sezardi, yo‘qsa
biz g‘ajishganimiz-g‘ajishgan. Azbaroyi Xudo!
Buqalamun
73
Savdo vakili xuddi o‘ziga qurbon tanlab tur-
gan bir jallod singari, shifokorga yuzlanadi.
– Kimdan boshlasak ekan? Osheynikovning
do‘konidan boshlasak qalay bo‘lar ekan, Aniki-
ta Nikolayevich? Avvalo u o‘zi muttaham odam,
va... ikkinchidan, uni ham tekshirishga vaqt
keldi. Bir kun uning do‘konidan biznikiga gre-
chixa yormasi olib kelgan edilar, qarasam ichi-
dan kalamush tezagi chiqdi... Xotinim og‘ziga
ham olmadi!
Shifokor loqayd javob berdi:
–
Nimasi bor? Osheynikovdan bo‘lsa, Os-
heynikovdan boshlayveramiz-da.
Sanitarlar tepasiga «A.M.Osheynikovning
qand, qahva va boshqa zarur mollar magazini»,
deb yozilgan bir do‘konga kirdilar-da, uzun-
dan-uzoq muqaddimalarga kirishmasdan dar-
hol tekshira boshladilar.
Qozon sovunlaridan chiroyli qilib uyilgan eh-
romga qararkan:
–
Joyida... – dedi shifokor. – Sovunlardan
shunday Bobil qal’alari yasab yuboribsan! Hu-
nar bu, qarang-a! I-ye, i-ye! Bu qanday gap
bo‘ldi? Buni qarang, taqsirlar! Demyan Gavri-
lovich sovunni ham, nonni ham bir pichoqda
kesar ekanlar!
Do‘kon egasi bunga qarshi, xuddi haqli javob
qaytarganday bo‘lib, dedi:
–
Bundan hech bir vaqt vabo paydo bo‘lmay-
di, Anikita Nikolayevich!
–
U-ku rost-a, lekin yaxshi emas, axir! Men
ham axir nonni sendan olaman.
Anton Chexov
74
–
Yaxshi odamlarga alohida pichog‘imiz bor.
E, xotirjam bo‘ling... Nima deb o‘tiribsiz...
Nazoratchi ko‘zlarini suzib cho‘chqa soniga
qaraydi, anchagacha uni tirnog‘i bilan timda-
lab ko‘radi, zimdan hidlaydi, so‘ngra cho‘chqa
sonini chertib turib so‘raydi:
–
Buning ichida strixnin
1
ham bo‘ladimi?
–
Yo‘g‘-e... Unday demasinlar-e... Unday
qilarmidik?!
Nazoratchi xijolat bo‘lib, u yerdan ketadi,
undan keyin yana ko‘zlarini suzib, Asmolov va
sheriklarining preyskurantiga
2
tikiladi. Savdo
vakili qo‘lini grechixa yormasi turgan bochkaga
solsa, qo‘li yumshoq, barqut singari bir narsa-
ga tegadi... Bochkani ichiga qaraydi va so‘ngra
yuzida mehr alomati paydo bo‘ladi.
–
Mushukcha... mushukcha! Yumshoq
maxluqcha! – deb g‘ujurlaydi u, – yormaning
ustiga uzalib, boshlarini ko‘tariptilar... – Er-
kalik qilayotirlar... Sen, Demyan Gavrilich,
mushukchadan birontasini biznikiga berib yu-
borsang bo‘lardi!
–
Mumkin... Ammo, taqsirlar, gazaklarni
ko‘rmoqchi bo‘lsangiz agar... mana selodka,
pishloq... qizil baliq, marhamat qilib ko‘ring...
Bu baliqni payshanba kuni tushirdim, eng yax-
shi baliq... Mishka, pichoqni ber!
Sanitarlar baliqni pichoq bilan to‘g‘ragach,
ilgari bir qur hidlab olib, so‘ngra tatib ko‘rmoq
uchun og‘izlariga soldilar.
Do‘kon egasi Demyan Gavrilich, xuddi
o‘z-o‘ziga gapirganday deydi:
1
O‘tkir zahar.
2
Narxlarning ro‘yxati.
Do'stlaringiz bilan baham: |