Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Odil Rahimiy
tarjimasi
OQSOQOL
(Ko‘rinish)
N. degan bir uezd shaharidagi tashlandiq 
qovoqxonalardan birida oqsoqol Shelma yog‘liq 
bo‘tqa yeb o‘tiradi. U, bo‘tqadan uch qoshiq 
yegandan keyin bir ryumka araq ichadi-da, 
«bo‘ldi, endi boshqa ichmayman», deb qo‘yadi.
– Shunday, azizim, dehqonlarning mojarola-
rini bir yoqli qilish nihoyatda mushkul ish, – 
deydi u qovoqxona egasiga murojaat qilib. U, 
tugmalari hadeb yechilib ketaverganidan qa dab 
qo‘yish uchun stol tagiga engashdi. – Shunaqa, 
azizim! Dehqonlarning ishi butun bir siyosat
bunga Bismark ham ojizlik qilgan. Bunaqa 
ishlarni olib borish uchun o‘tkir aqlli va epchil 
bo‘lmoq kerak. Mana, nega meni mardikor-
lar hurmat qilishadi? Ne sababdan ular men-
ga pashshadek yopishaveradilar? Nega? Nega 
men yog‘lik bo‘tqa yeb o‘tiribman-ku, boshqa 
advokatlarning yegan bo‘tqasi yog‘siz bo‘la-
di? Buning sababi nimada? Sababi shundaki, 
mening miyamda iste’dod, idrok bor.
Shelma pishqirib yana bir ryumka ichdi-da, 
kirlanib ketgan bo‘yinini cho‘zib, kekkayib o‘tir-
di. Bu odamning bo‘ynigina emas, balki qo‘lla-


Buqalamun
103
rini, ko‘ylagini, shimini, qo‘lidagi ro‘molchasini, 
quloqlarini kir bosib saxtiyon bo‘lib ketgandi.
– Men donishmand emasman. Yolg‘onning 
nima keragi bor? Advokatlar kursida o‘qima-
ganman, bilimdonlar singari oliyjanob libos-
lar kiymayman, ammo maqtanchoqlik bo‘lsa 
ham aytaman, million so‘m bersang ham bir 
umr mendek advokatni topolmaysan. Albatta, 
Skopinning ishini bir yoqli qilish qo‘limdan kel-
maydi, Sarra Bekker ishini ham eplay olmay-
man, ammo dehqonlarning ishiga kelganda 
hech qanaqa o‘tkir himoyachi, prokuror... hech 
kim menga bas kelolmaydi. Rost aytaman! Deh-
qonlarning ishini mendan bo‘lak hech kim bir 
yoqlik qila olmaydi. Xoh Lomonosov bo‘l, xoh 
Betxoven bo‘l, mendagi iste’dod senda bo‘lmasa 
bu ishga urina ko‘rma ham! Mana, Replovodagi 
oqsoqolning ishini misol qilib ol. Replovo oqso-
qolining mojarosini eshitgandirsan?
– Yo‘q, eshitganim yo‘q.
– Juda yaxshi mojaro, siyosiy ish! Pleva-
kovning ham tishi sinar edi, faqat mening ku-
chim yetdi bu ishga. Mana shunaqa. Men sen-
ga aytsam, birodari aziz, Moskvadan sal narida 
qo‘ng‘iroq zavodi bor. O‘sha zavodda, men sen-
ga aytsam, bizning replovolik Yevdokim Petrov 
degan bir yigit katta mutaxassis bo‘lib ishlaydi. 
Yigirma yildan buyon o‘sha zavodda ishlaydi. 
Pasportiga qarasang mardikorning o‘zginasi, 
yalangoyoq, ammo aftiga qarasang sira mar-
dikorga o‘xshamaydi. Yigirma yil ichida sayqal-
lanibdi, odamga o‘xshab qolgan-da. Xoh inon, 


Anton Chexov
104
xoh inonma, egnida trinka kostyum, qo‘llarida 
uzuk, ko‘kragida tilla zanjir, xullas, oliy marta-
bali janobday! Hech mardikorka o‘xshamay-
di. Oyligi bir yarim ming bo‘lsa, uy-joy bergan 
bo‘lsa, yegani oldida, yemagani ketida bo‘lsa, 
zavod egasi bilan inoq bo‘lsa, shunday darajaga 
ham yetmasinmi. O‘zingdan o‘zing mag‘rurlanib 
ketasan kishi... Afti-basharasi ham, men sen-
ga aytsam, mana bundoq (u yana bir ryumka 
ko‘tardi)... Kunlardan bir kun o‘sha Yevdokim 
Petrov, men senga aytsam, o‘z vataniga, biz-
ning Replovo qishlog‘imizga kelmoqchi bo‘pti. 
o‘sha zavodda turaverib, o‘z qishlog‘ini sog‘inib 
qopti. Qo‘ng‘iroq zavodida katta mutaxassis 
bo‘lsang, turmush yaxshi, zerikib nima qila-
san, tinch turavermaysanmi? Ammo men senga 
aytsam, Amerikaga borsang ham yuz so‘mli ging 
ko‘p bo‘lsa, baribir qovoqxonani sog‘inasan, 
ko‘ngling ketadi. Har holda sog‘inganidan, bir 
kelgisi kelipti. Xo‘-o‘sh! Xo‘jayinidan bir hafta-
ga javob opti-da, Replovoga jo‘napti. Eng oldin 
tug‘ilib o‘sgan uyiga qo‘nipti. «Men yoshligimda 
shu yerda turgan edim, hov anavi yerda otam-
ning podasini boqardim, mana bu yer – yota-
digan joyim edi», – depti. Xullas, yoshligi esiga 
tushib shunga o‘xshash gaplarni qilipti. Tag‘in 
maqtanib ham qo‘yipti: «Mana, ko‘rdilaringmi 
birodarlar! Men ham sizlarga o‘xshash yalang-
oyoq edim, mehnat qilib, ter to‘kib martabaga 
yetdim, badavlat bo‘ldim. Sizlar ham mehnat 
qilsalaring...», – deb vaysapti. Yalang‘oyoqlar 
oldiniga uning nasihatlarini eshitib, hurmat 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish