inlarning belanchakdagi bolasini tebra tib o‘tirib,
bilmasdan uxlab qolibman. Xo‘jayin sochlarim-
dan tortib hovliga sudrab chiqib, kamar bilan
rosa savaladi. O‘tgan hafta xo‘jayin beka meni
baliq tozalashga buyurdi, men uni dumidan
tozalay boshlagan edim, beka baliqni qo‘limdan
tortib olib, uning kallasini basharamga ishqadi.
Xalfalar meni masxara qilishadi, qovoqxonaga
araqqa yuborishadi, xo‘jayinlarnikidan bodring
o‘g‘irlattirishadi, xo‘jayin bo‘lsa qo‘liga tushgan
narsa bilan uradi. Ovqatdan hech narsa yo‘q.
Erta bilan non beriladi, tushda bo‘tqa, kech-
qurun ham quruq nonning o‘zi: choyni, karam
Buqalamun
135
sho‘rvalarni nuqul o‘zlari tushirishadi. Kecha-
si yotadigan joyim – yo‘lak, xo‘ja yinning bolasi
yig‘lasa mijja qoqmay kechasi bilan belanchak
tebratib chiqaman. Jon bobo, Xudo xayr ber-
sin, meni bu yerdan uyga, qishloq qa olib keting,
hech toqatim qolmadi... Oyoqla ringizga boshimni
qo‘yib yalinaman, o‘lgunimcha duo qilay, meni
bu yerdan olib keting, bo‘lmasa o‘lib qolaman...»
Vankaning lablari burishdi, qop-qora mushti
bilan ko‘zlarini artdi-da, piqilladi.
«Men sizga tamakingizni maydalab beraman,
– deb davom etdi bola, – biron ayb qilsam itday
savalang. Agar menga ish topilmaydi desangiz,
etik tozalovchi bo‘lishga roziman, yo bo‘lma-
sa Fedkaning o‘rniga podachiga shogird bo‘la-
man. Bobojon, sira toqatim qolmadi, jonimdan
to‘ydim. Qishloqqa piyoda jo‘nay desam etigim
yo‘q, sovuqdan qo‘rqaman. Bu qilgan yax-
shiligingizga katta bo‘lganimda sizni boqaman,
hech kimga xo‘rlatmayman, o‘lganingizda onam
Pelageyaga qilinganday, sizga ham duo-fotiha
qilaman.
Moskva katta shahar. Hamma uylar boylarga
qaraydi, ot ko‘p, qo‘y esa yo‘q, itlari yuvosh. Bu
yerning bolalari barat oyi qo‘shig‘ini aytishmas
ekan. Butxonalarda ham hech kimga qo‘shiq
ayttirishmaydi, bir kun bir do‘konda ipi va das-
tasi bilan sotiladigan qarmoq ko‘rdim, bunaqa
qarmoqqa har qanaqa baliq ilinadi, hatto bir pud
keladigan laqqa baliq ilinadigan qarmoq ham
bor. Shunaqangi do‘konlar ham borki, u yerda
Anton Chexov
136
badavlat kishilarning kuchi yetadigan miltiqlar
bor, har bittasi yuz so‘mdan turar... Go‘sht
do‘konlarida esa qirg‘ovullar, kakliklar, quyon-
lar to‘lib yotipti, ularni qayerda otilganini qass-
oblar sira aytishmaydi.
Bobojon, xo‘jayiningiznikida archa bayrami
bo‘lganda menga usti yaltiroq yong‘oqdan olib,
ko‘k sandiqqa solib yashirib qo‘ying. Vankaga
desangiz oyimqiz Olga Ignatyevna beradi».
Vanka yana bir xo‘rsindi-da, derazaga tikilib,
xayolga cho‘mdi. Xo‘jayinga archa olib kelish
uchun bobosining o‘rmonga borishini va o‘zi
bilan Vankani ham olib ketishini esladi. Qan-
day yaxshi zamonlar ekan! Bobosi zo‘r berar-
di, sovuq ham zo‘r berardi, ularga qarab Vanka
ham zo‘r berardi. Bobosi ba’zan archa kesish-
dan oldin trubka chekib olardi, tamaki hidlar-
di, sovqotgan Vankani masxara qilardi. Qirov-
ga o‘ralgan yosh archalar qaysi birlarining
kuni bitganini bilmasdan tik turardi. Lip etib
bir yoqdan quyon chiqib, qor uyumlari ustidan
o‘qday uchib o‘tardi. Bobosi esa:
– Ushla! Ushla uni! Ha shayton! – deb ketidan
qichqirib qolardi.
Kesilgan archani bobosi xo‘jayinlar uyiga
sudrab kelardi, uni bezatishardi. Vankani yax-
shi ko‘rgan oyimqiz Olga Ignatyevna hamma-
dan ko‘p jon kuydirardi. Vankaning onasi Pela-
geya tirikligida xo‘jayinlarnikida oqsoch edi,
Vankaga Olga Ignatyevna obakilar berar edi,
zerikkanidan uni o‘qishga, yozishga, yuzgacha
Buqalamun
137
sanashga va hatto raqsga tushishga o‘rgatgan
edi. Pelageya o‘lgandan keyin yetim qolgan
Vankani qarollar turadigan oshxonaga chiqar-
ib, bobosiga qo‘shib qo‘yishdi, u yerdan Mosk-
vaga, Alyaxin etikdo‘znikiga jo‘natishdi.
«Tezroq keling, bobojon, – deb xatini davom
ettirdi Vanka, – Xudo xayr bersin, olib keting bu
yerdan meni. Mendek bechora yetimga rahmin-
giz kelsin, bu yerda meni uzzukun savalaydilar,
o‘lardek och qolaman. Shunday zerikdimki,
yig‘laganim-yig‘lagan. Qaysi kuni xo‘jayin qolip
bilan boshimga shunday urdiki, yiqilib tushdim,
zo‘rg‘a o‘zimga keldim. Turmushim har qanday
itnikidan ham battar... Alyonaga ham salom
ayting, g‘ilay Yegorkaga ham, izvoshga ham,
mening garmonimni hech kimga bermang, deb
nevarangiz Ivan Jukov, jon bobo, tezroq keling».
Vanka xatni to‘rt bukladi-da, bir kun oldin
bir tiyinga sotib olgan konvertga soldi... Biroz
o‘ylab, keyin peroni siyohga botirdi-da:
Bobom qishlog‘iga
deb manzil yozdi.
Keyin yelkasini qashib, biroz o‘ylab, «Kons-
tantin Makarichga tegsin» deb qo‘shib qo‘ydi. Hech
kim xalaqit bermasdan xat yozganidan xursand
bo‘lib, boshiga shapkasini kiydi va ko‘ylakchan
yugurganicha ko‘chaga chiqib ketdi...
Kunduz kuni so‘raganida qassoblar «xat
pochta qutisiga solinadi, qutilardan olinib,
Anton Chexov
138
mast yamshiklar mingan, qo‘ng‘iroqlar osilgan
aravalarda butun yer yuziga tarqatiladi» deb
aytishgan edi. Vanka eng yaqin pochta qutisi-
ga chopib bordi-da, qimmatbaho xatni qutiga
soldi.
Bir soatlardan keyin umidlar allasi ostida
qattiq uyquga ketdi... Tushiga pech kirdi. Pech-
da bobosi yalangoyoqlarini pastga osiltirib,
osh paz ayollarga xat o‘qib berib o‘tirganmish...
Pech yonida Vyun dumini likillatib aylanib yur-
ganmish...
Do'stlaringiz bilan baham: |