Anton Chexov
164
Lekin ko‘p o‘tmay horg‘inlik va issiq qayg‘udan
ustun keldi... U uxlab qoldi. Xayolida itlar yu-
gurishib yurardi; bular orasida Kashtanka bu-
gun ko‘chada uchratgan ko‘ziga oq tushgan,
tumshug‘ining
yonini tikanakday jun bosgan,
baroq qari xonaki it ham bor edi. Fedyushka
bo‘lsa, qo‘lida uskuna bilan uni quvlab yurip-
ti, keyin o‘zi ham birdan it qiyofasiga kirib, ba-
roq jun bosdi, quvonib-quvonib vovulladi-da,
Kashtankaning yoniga kelib qoldi.
Kashtanka
ikkalovi oqko‘ngillik bilan bir-birlarining tum-
shuqlarini iskashdi-da, yugurib ko‘chaga chi-
qib ketishdi...
3
XUSH YOQADIGAN YANGI TANISHISH
Kashtanka uyg‘onganda tong yorishgan,
ko‘chadan esa faqat kunduzlari bo‘ladigan
g‘ovur-g‘uvur eshitilardi. Uyda hech kim yo‘q.
Kashtanka kerishdi, esnadi va achchig‘lanib
qovog‘i soliq holda xonada u yoqdan-bu yoq-
qa yurdi. U burchaklarni
va jihozlarni iskadi,
dahlizga kirib chiqdi, lekin bironta qiziqarli
narsa topmadi. Dahlizga chiqiladigan eshikdan
tashqari yana bir eshik bor edi. Biroz o‘ylab
ko‘rgach, Kashtanka ikki oyog‘i bilan eshik-
ni timdalab ochdi va ikkinchi xonaga chiqdi.
Kara votda buyurtmachi toifasidagi odam ko‘r-
paga burkanib uxlab yotardi. Kashtanka ke-
chagi notanish kishini tanidi.
Buqalamun
165
– Rrrr... – dedi Kashtanka, lekin shu zaho-
ti kechagi
ovqatlarni eslab, dumini likillatdi va
iskay boshladi.
Kashtanka notanish kishining kiyimlari,
etigini iskadi va ulardan ot hidi kelayotganini
aniqladi. Yotoqxonada allaqayoqqa chiqiladi-
gan yana bir eshik bo‘lib, bunisi ham yopiq edi.
Kashtanka shu eshikni timdaladi, ko‘kragi bi-
lan itarib ochdi va shu zamonoq g‘alati, juda
shubhali hidni sezdi. Ko‘ngilsiz bir uchrashuv-
ni oldindan his qilgan
Kashtanka irilladi va
atrofiga alanglab devorlariga yopishtirilgan
qog‘ozlar kir bo‘lib ketgan kichik uyga kirdi-da,
qo‘rqqanidan tislandi. Kashtanka ro‘parasi-
da sira kutilmagan va qo‘rqinchli bir narsani
ko‘rdi. Kulrang bir g‘oz bo‘yni va boshini yer-
ga egib, qanotlarini yozib va qig‘illab to‘g‘ri
Kashtanka tomonga bostirib kelardi. Undan
sal narida kichkinagina ko‘rpachada oppoq
mushuk yotardi; Kashtankani ko‘rishi bila-
noq u irg‘ib turdi, belini kamalak qilib, dumini
ko‘tardi, yungini hurpaytirdi va u ham pixilla-
di. Kashtanka juda qo‘rqib ketdi,
lekin sir boy
bermaslik uchun qattiq vovulladi va mushukka
tashlandi... Mushuk belini boyagidan ham bat-
tarroq egdi, pixilladi va panjasi bilan Kashtan-
kaning boshiga bir urdi. Kashtanka o‘zini chet-
ga oldi, cho‘nqaydi va mushuk tomon tum-
shug‘ini cho‘zib g‘inshidi va qattiq vovulladi;
shu vaqt orqa tomondan kelgan g‘oz Kashtan-
kaning yelkasini qattiq cho‘qidi. Kashtanka
sapchib tushdi va g‘ozga tashlandi...