Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Buqalamun
149
Qizlar ilgarilari xushchaqchaq va sergap 
bo‘lgan Volodyaning bu gal kam gapirishi-
ni, butunlay jilmaymaganini, uyga kelganiga 
suyinmaganday ko‘rinishini payqashdi. Choy 
ichib o‘tirishganida u singillariga faqat bir mar-
ta murojaat qildi, o‘shanda ham allaqayoqda-
gi gaplarni aytdi. U barmog‘i bilan samovarni 
ko‘rsatdi-da:
– Kaliforniyada choy o‘rniga jin degan ichim-
lik ichishadi, – dedi. U ham allaqanday xayollar 
bilan band edi. Ahyon-ahyonda do‘sti Cheche-
vitsin bilan ko‘z urishtirib qo‘yishiga qaraganda 
ularning fikri bir edi.
Choydan keyin hamma bolalar xonasiga kir-
di. Qizlar otalari bilan stol yoniga o‘tirib, bo-
lalar kelganda qolib ketgan ishni davom ettir-
di. Ular rang-barang qog‘ozlardan archa uchun 
gul va bezaklar yasashardi. Bu – qiziqarli va 
serg‘avg‘o ish edi. Har bir gul tayyor bo‘lgan-
da qizlar zavq lanib qichqirishar. Bu gul go‘yo 
osmondan tushayotgandek hatto vahima bi-
lan baqirishardi, otalari ham zavqlanar, ba’zan 
qay chining o‘tmasligidan nolib, yerga uloqtirar 
edi. Goh onalari yugurib kirar va tashvishlanib:
– Qaychimni kim oldi? Yana sen oldingmi, 
Ivan Nikolayevich? – deb so‘rar edi.
– E Xudoyim-e, hatto qaychini ham berish-
maydi, – deb javob qaytarardi Ivan Nikolaye vich 
yig‘lamsirab va stulning suyanchig‘iga o‘zini 
tashlab, yuziga xo‘rlangan tus berar, lekin ora-
dan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas yana zavqlanardi.


Anton Chexov
150
Oldingi gal kelganida Volodya ham archani 
bezash uchun bo‘lgan tayyorgarlikda ishtirok 
etar yoki izvoshchi bilan cho‘ponning qordan 
tepalik yasashganini tomosha qilish uchun 
hovliga yugurar edi. Lekin bu gal u ham, Che-
chivitsin ham rang-barang qog‘ozlarga par-
vo qilishmadi, otxonaga biron marta ham bo-
rishmadi, deraza yoniga o‘tirib olib allanarsa 
to‘g‘risida shivirlasha boshlashdi. Keyin ik-
kalovi  geografiya  atlasini  ochdi  va  allaqanday 
xari tani ko‘zdan kechira boshlashdi.
– Avval Permga... – derdi Chechevitsin. – U 
yerdan Tyumenga... Keyin Tomskka... keyin... 
keyin... keyin Kamchatkaga... U yerdan qayiq-
da Bereng bo‘g‘ozi orqali o‘tkazib qo‘yishadi... 
Qarabsanki, Amerikaga borib qolibsan... U yer-
da mo‘ynali yirtqich hayvonlar ko‘p.
– Kaliforniya-chi? – deb so‘radi Volodya.
– Kaliforniya pastroqda... Amerikaga yetib ol-
sak bo‘ldi, undan Kaliforniyaga qo‘l uzatsang ye-
tadi. Ovchilik va talonchilik bilan kun o‘tkazamiz.
Chechevitsin kechgacha o‘zini qizlardan 
chetga tortib yurdi, ularga faqat yer ostidan 
qarab qo‘yardi, shunday payt keldiki, kechki 
choydan keyin u besh daqiqacha qizlar bilan 
birga qoldi. Miq etmay yurishga o‘ng‘aysizlanib 
yo‘talib qo‘ydi, o‘ng kafti bilan chap qo‘lini ish-
qaladi, Katyaga xo‘mrayib qaradi-da:
– Siz Mayn-Ridning kitoblarini o‘qiganmisiz? 
– deb so‘radi.
– Yo‘q, o‘qimaganman... Menga qarang, siz 
konkida yurishni bilasizmi?


Buqalamun
151
O‘z xayollari bilan band bo‘lgan Chechevitsin 
bu savolga javob bermadi, faqat ikki lunjini 
shishirib juda isib ketgan kishidek uflab qo‘ydi. 
U yana Katyaga qaradi-da:
– Bizonlar podasi Pampas orqali yugurib keta-
yotganda yer titraydi, mustanglar esa qo‘rqqan-
laridan yer tepinib kishnaydilar, – dedi. 
Chechevitsin xomushlik bilan jilmaydi-da, 
qo‘shib qo‘ydi: 
– Shuningdek hindlar poyezdlarga hujum 
qiladi. Lekin iskab toparlar bilan termitlar 
hammasidan ham o‘tib tushadilar.
– Keyingisi qanday jonivor?
– Bular chumoliga o‘xshagan narsa, lekin qa-
notlari ham bor. Juda qattiq chaqadi. Mening 
kimligimni bilasizmi?
– Janob Chechevitsinsiz.
– Yo‘q. Men Montegomo Yastrebiniy Kogot, 
yengilmaslar yo‘lboshchisiman.
Oiladagi eng kichik qiz – Masha avval unga, 
keyin derazaga qaradi. Tashqarida qorong‘i 
tushmoqda edi. Qizcha biroz o‘ylanib turdi-da:
– Bizda kecha chechevitsadan
1
 ovqat 
pishirishgan edi, – deb qo‘ydi.
Chechevitsinning tushunib bo‘lmaydigan 
so‘zlari, doimo Volodya bilan shivirlashishi, 
Volodyaning esa o‘yinga aralashmay, nuqul al-
lanarsani o‘ylashi – mana shularning hammasi 
juda g‘alati va sirli edi. Shuning uchun ham 
ikki katta qiz – Katya bilan Sonya bolalarni 
kuzata boshladi. Kechqurun bolalar uxlashga 
1
  Chechevitsa – yasmiq.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish